A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


bo‘linish chiziqlari orqali mos kelishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
bo‘linish chiziqlari orqali mos kelishi. 
 
Metalldan ishlangan buyumlar tekshirishning o‘ziga xos xusu-
siyatlari
1

Metall  qismlar yog‘och qismlar kabi buzilish, kesilish yoki arralash 
chizig‘iga ko‘ra solishtirilayotgan qismlar yuzasidagi shikastlangan va qatlam-
qatlam bo‘lgan joyini hisobga olgan holda solishtirish mumkin.  Bunda 
predmetga ishlov berilgan asbob tomonidan buyum sirtida qoldirilgan izlarga
shuningdek solishtirilayotgan qismlar sirtidagi turli nuqsonlar (g‘ovaklar, 
yoriqlar, chiziqlar, qayrash izlari)ga e’tibor berish zarur. 
Uzilish va sinish natijasida yuzaga kelgan obyektlar sirtida konform 
relyeflar yuzaga keladi. Mazkur holatda mazkur relyeflarni solishtirish va 
bo‘laklarga bo‘lish joyini  taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi (4-rasm). 
 
 
 
4-rasm. Kalit o‘zagini sindirilgan chizig‘i bo‘yicha qiyoslash. 
 
Yog‘ochni chopish yoki kesishda bo‘laklar sirti deformatsiyalanadi va 
buning natijasida ular konform xususiyatga ega bo‘lmay qoladi. Ularni bir-
                                         
1
  Пластмасса  ва  резинадан  тайёрланган  нарса  қисмлари  айнан  шундай 
услубга кўра текширилади. 


 242 
biriga birlashtirib bo‘lmaydi. Shu bois mazkur qismlar avval yagona 
buyumni tashkil etganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun kesish 
amalga oshirilgan asbob qirrasining izi  hamda obyektni bo‘laklarga 
bo‘lishgacha yuzaga kelgan belgilar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Asbob qoldirgan izlarni (chiziqlar)ni tekshirish ularni qiyoslashdan 
boshlanadi. Bunda ikkala yuzadagi izlar miqdori, ularning qirralarga 
nisbatan joylashishi, trassalar orasidagi masofa va birlashish burchaklari 
aniqlanadi. Agar sanab o‘tilgan belgilar bir-biriga mos kelsa, so‘ngra 
chiziqlar tekshiriladi. Xususan, ular mikroskop yordamida hamda 
kattalashtirilgan fotosuratlar yordamida o‘zaro mosligi taqqoslanadi. 
Bundan tashqari trassalarning bir-biriga mosligini tekshirish uchun 
diapozitiv tasvir yoki shaffof nusxalar bir-biriga qoplanadi. 
Metall buyumlarda ularni yasashda qoladigan izlarni tekshirish katta 
ahamiyatga ega. 
Masalan, kerakli diametrdagi sim maxsus kiryalaydigan uskunalarda 
tayyorlanadi. Bu maqsadda ular (4-5) maxsus kalibrlangan teshiklardan 
o‘tkaziladi. Mazkur teshiklarning ichki vkladishi qattiq metalldan yasaladi. 
Qattiq ishqalanish va kalibrlash teshigiga turli qattiq zarralar (to‘pon, 
qum) tushishi natijasida uning devorlarida g‘adir-budurlar yuzaga keladi. 
Ularning sifati va hajmi cho‘zilgan simlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
Chunonchi, kalibrlangan teshik devori almashtirilganda uning devorlari 
birmuncha silliq bo‘ladi, ish kunining oxirida esa ularda tepalik va 
chuqurlik ko‘rinishida g‘adir-budur joylar yuzaga keladi. Kalibrlangan 
teshik devorlaridagi g‘adir-budurlar sim yuzasida chiziqlar (trassa)lar 
qoldiradi. Ularning miqdori, tabiati va chuqurligi kalibrlovchi teshikning 
devorlaridagi g‘adir-budirlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur g‘adir-budirlar 
o‘zgarganligi bois sim sirtidagi  chiziqlarning xususiyati o‘zgaradi. 
Eng chuqur tasmalar (tilim)lar 25 metrgacha bo‘lgan uzunlikdagi sim 
maydonida, undan maydalari 10 metr uzunlikdagi sim maydonida 
saqlanadi. Simni 100 metrgacha cho‘zishda izlarning tasviri butunlay 
o‘zgaradi (namunalar oddiy temir simdan yasaladi). 
Sim bo‘laklarini qiyoslash jarayoni stvol kanali qattiq ifloslangan 
quroldan otilgan ikkita o‘q uzish bilan qiyoslashga teng. 
Metalldan yasalgan qiyoslanuvchi obyektlarda yagona bo‘linish 
chizig‘i bo‘lmagan, shuningdek buyum sirtida morfologik xususiyatlar 
yetarli darajada emasligi sharoitida ichki tarkibiy tuzilishini tadqiqotning 
fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy, metallshunoslik usullarini qo‘llagan holda 
tekshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Qora metalldan yasalgan qismlar va qotishmalarni aniqlash uchun 
guruhiy tegishliligini tadqiq etishda qoldiq magnitlanish va koersitiv kuch 
kattaligini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Mazkur me’yorlar kattaligi 


 243 
obyektlarning kimyoviy tarkibi, mikrotarkibiga bog‘liq bo‘lib, mahsulotga 
mexanik va termik ishlov berish orqali aniqlanadi. 
Metall obyektlarni sifat va miqdori bo‘yicha element tarkibi bo‘yicha  
o‘xshashligi va farqlarini aniqlash uchun Rossiya Ichki ishlar Vazirligi 
ekspert laboratoriyalarida emission spektral, atomli adsobsiyalovchi, lazer 
nurli, mikrospektral, rentgenospektral flyuoressent tahlil qilish amalga 
oshiriladi. Metallar va qotishmalarni tadqiq etish ko‘rsatkichlari tasnif 
qilish va identifikatsiya qilish vazifalarini hal qilish uchun qo‘llaniladi. 
Ularning yuqori darajada ta’sirchanligi va aniqligi elementlarning yuqori 
intervalda konsentratsiyasini aniqlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu o‘z 
navbatida qotishmalar navini aniqlashga imkon beradi. 
Identifikatsiyalovchi tadqiqot sharoitid asosiy (legirlovchi) va 
aralashma elemenlarning tarkibi qiyoslanayotgan obyektlarning guruhiy 
tegishliligini aniqlashga imkon beradi. 
Boshqa belgilar (mikro tarkibiy tuzilish, nuqsonlarning borligi, 
qattiqlik va hokazo) bilan bir qatorda mahsulotlar kelib chiqishining 
yagona manbaini aniqlash imkoni yuzaga keladi (texnologik jarayon). 
Metallar va qotishmalar mikro tarkibiy tuzilishi ularni ishlab chiqarish, 
qayta ishlov berish usuli va ekspluatatsiya qilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bir xil kimyoviy tarkibga ega metall buyumlarning identifikatsion 
belgilarini ekspert tekshiruvida turlicha haroratda, biroq bir xil ish tartibi 
va turli texnologik sharoitda ishlov berilgan metallarda identifikatsion 
belgi sifatida quyidagilar olinadi: 
– metall bo‘lmagan qo‘shimchalarning sifat va miqdor xossasi; 
– qutblangan nurda ko‘zdan kechirishda anizotropligi va izotropligi
– zarralarning kattaligi (ishlab chiqarish usuli – oksidlanishga bog‘liq 
bo‘ladi); 
– tarkibiy tuzilmalarning dispersligi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish