242
biriga birlashtirib bo‘lmaydi. Shu bois mazkur qismlar avval yagona
buyumni tashkil etganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun kesish
amalga oshirilgan asbob qirrasining izi hamda obyektni bo‘laklarga
bo‘lishgacha yuzaga kelgan belgilar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Asbob qoldirgan izlarni (chiziqlar)ni tekshirish ularni qiyoslashdan
boshlanadi. Bunda
ikkala yuzadagi izlar miqdori, ularning qirralarga
nisbatan joylashishi, trassalar orasidagi masofa va birlashish burchaklari
aniqlanadi. Agar sanab o‘tilgan belgilar bir-biriga mos kelsa, so‘ngra
chiziqlar tekshiriladi. Xususan, ular mikroskop yordamida hamda
kattalashtirilgan fotosuratlar yordamida o‘zaro mosligi taqqoslanadi.
Bundan tashqari trassalarning bir-biriga mosligini tekshirish uchun
diapozitiv tasvir yoki shaffof nusxalar bir-biriga qoplanadi.
Metall buyumlarda ularni yasashda qoladigan
izlarni tekshirish katta
ahamiyatga ega.
Masalan, kerakli diametrdagi sim maxsus kiryalaydigan uskunalarda
tayyorlanadi. Bu maqsadda ular (4-5) maxsus kalibrlangan teshiklardan
o‘tkaziladi. Mazkur teshiklarning ichki vkladishi qattiq metalldan yasaladi.
Qattiq ishqalanish va kalibrlash teshigiga turli qattiq zarralar (to‘pon,
qum) tushishi natijasida uning devorlarida g‘adir-budurlar yuzaga keladi.
Ularning sifati va hajmi cho‘zilgan simlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Chunonchi, kalibrlangan teshik devori almashtirilganda uning devorlari
birmuncha silliq bo‘ladi, ish kunining oxirida esa ularda tepalik va
chuqurlik ko‘rinishida g‘adir-budur joylar yuzaga keladi.
Kalibrlangan
teshik devorlaridagi g‘adir-budurlar sim yuzasida chiziqlar (trassa)lar
qoldiradi. Ularning miqdori, tabiati va chuqurligi kalibrlovchi teshikning
devorlaridagi g‘adir-budirlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur g‘adir-budirlar
o‘zgarganligi bois sim sirtidagi chiziqlarning xususiyati o‘zgaradi.
Eng chuqur tasmalar (tilim)lar 25 metrgacha bo‘lgan uzunlikdagi sim
maydonida, undan maydalari 10 metr uzunlikdagi sim maydonida
saqlanadi. Simni 100 metrgacha cho‘zishda izlarning
tasviri butunlay
o‘zgaradi (namunalar oddiy temir simdan yasaladi).
Sim bo‘laklarini qiyoslash jarayoni stvol kanali qattiq ifloslangan
quroldan otilgan ikkita o‘q uzish bilan qiyoslashga teng.
Metalldan yasalgan qiyoslanuvchi obyektlarda yagona bo‘linish
chizig‘i bo‘lmagan, shuningdek buyum sirtida morfologik xususiyatlar
yetarli darajada emasligi sharoitida ichki tarkibiy tuzilishini tadqiqotning
fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy, metallshunoslik usullarini qo‘llagan holda
tekshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qora metalldan yasalgan qismlar va qotishmalarni aniqlash uchun
guruhiy tegishliligini tadqiq etishda qoldiq magnitlanish va koersitiv kuch
kattaligini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Mazkur me’yorlar
kattaligi
243
obyektlarning kimyoviy tarkibi, mikrotarkibiga bog‘liq bo‘lib, mahsulotga
mexanik va termik ishlov berish orqali aniqlanadi.
Metall obyektlarni sifat va miqdori bo‘yicha element tarkibi bo‘yicha
o‘xshashligi va farqlarini aniqlash uchun Rossiya Ichki ishlar Vazirligi
ekspert laboratoriyalarida emission spektral, atomli adsobsiyalovchi, lazer
nurli, mikrospektral, rentgenospektral flyuoressent tahlil qilish amalga
oshiriladi. Metallar va qotishmalarni tadqiq etish ko‘rsatkichlari
tasnif
qilish va identifikatsiya qilish vazifalarini hal qilish uchun qo‘llaniladi.
Ularning yuqori darajada ta’sirchanligi va aniqligi elementlarning yuqori
intervalda konsentratsiyasini aniqlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu o‘z
navbatida qotishmalar navini aniqlashga imkon beradi.
Identifikatsiyalovchi tadqiqot sharoitid asosiy (legirlovchi) va
aralashma elemenlarning tarkibi qiyoslanayotgan obyektlarning guruhiy
tegishliligini aniqlashga imkon beradi.
Boshqa belgilar (mikro tarkibiy tuzilish, nuqsonlarning borligi,
qattiqlik va hokazo) bilan bir qatorda mahsulotlar kelib
chiqishining
yagona manbaini aniqlash imkoni yuzaga keladi (texnologik jarayon).
Metallar va qotishmalar mikro tarkibiy tuzilishi ularni ishlab chiqarish,
qayta ishlov berish usuli va ekspluatatsiya qilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Bir xil kimyoviy tarkibga ega metall buyumlarning identifikatsion
belgilarini ekspert tekshiruvida turlicha haroratda, biroq bir xil ish tartibi
va turli texnologik sharoitda ishlov berilgan metallarda identifikatsion
belgi sifatida quyidagilar olinadi:
– metall bo‘lmagan qo‘shimchalarning sifat va miqdor xossasi;
– qutblangan nurda ko‘zdan kechirishda
anizotropligi va izotropligi;
– zarralarning kattaligi (ishlab chiqarish usuli – oksidlanishga bog‘liq
bo‘ladi);
– tarkibiy tuzilmalarning dispersligi.
Do'stlaringiz bilan baham: