A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Kiyim izlarining hosil bo‘lish mexanizmi va tasniflanishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
6. Kiyim izlarining hosil bo‘lish mexanizmi va tasniflanishi 
 
Kiyimlarning turli qismlaridan hosil bo‘ladigan izlar trasologiyada 
hajmiy va sirtiy, statik va dinamik, rangli va rangsiz kabi turlarga 
bo‘linadi. 
Odatda, yuqoridagi izlarda kiyimlarning xususiy izlaridan tashqari, 
odam tanasining ayrim a’zolarining anatomik belgilari, shuningdek 
kiyimlarni kiyishning funksional belgilari (qatlamlari, sinishlari)ning 
xususiyatlari aks etishi mumkin.  
Qo‘lqoplar va qo‘l izlarining hosil bo‘lish mexanizmi bir xil bo‘ladi. 
Ular yakka yoki guruhiy izlarga bo‘linadi. Barmoq falangalari, ularning 
o‘zaro joylashishi, falangalar orasidagi qatlamlar hamda fleksor 
qiziqlarning mavjudligi va joylashishiga ko‘ra, ushbu belgilar qanday 
ta’sir (obyektni siqib ushlash, tegib ketish yoki bosish) natijasida hosil 
bo‘lganligini aniqlash mumkin. Bir panjali qo‘lqoplarning izlarida, 


 277 
qo‘lqopning barmoqlararo sohalari materialining tuzilishi aks etishi 
mumkin. 
Qatlamli tushuvchi izlar ko‘rinadigan, yaxshi ko‘rinmaydigan (ko‘rish 
qiyin bo‘lgan) va ko‘rinmaydigan bo‘lishi mumkin. Ko‘rinadigan izlar 
kiyim sirtini birorta bo‘yovchi modda (masalan, qon) bilan bo‘yalish 
natijasida paydo bo‘ladi. Yaxshi ko‘rinmaydigan izlar turli moddalar, 
masalan ter–yog‘ yoki yog‘ moddalarini qatlamli tushishi natijasida hosil 
bo‘ladi (yog‘li moddalarga oziq–ovqat moyi, moylash matenriallari 
kiradi). 
Chram mahsulotlarida yog‘ moddalarning mavjudligi ushbu mahsu-
lotlarda charm xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi bilan bog‘liq. 
Charmdagi yog‘ning miqdori charmning turi va mo‘ljallangan maqsadi 
bilan aniqlanadi. Masalan, qo‘lqoplar tayyorlash uchun mo‘ljallangan 
charmda yog‘ miqdori 13%dan oshmasligi, kiyim tayyorlash uchun 
mo‘ljallangan charmda esa 12%dan oshmasligi kerak. 
Rezina va sun’iy charmdan tayyorlangan qo‘lqoplarning ko‘rinmay-
digan izlari, qo‘lqop bilan yog‘ yoki bo‘yovchi moddalarga, shuningdek 
odam tanasining ayrim sohalariga tegish natijasida hosil bo‘ladi. Xususan, 
bunday qo‘lqoplarni kiyishda, odam qo‘lida mavjud bo‘ladigan ter–yog‘ 
moddalari va turli ifloslanishlar bu qo‘lqoplarga o‘tib qolishi mumkin. 
Yuqoridagi izlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun, hodisa sodir bo‘lgan 
joyning sharoitlarini inobatga olgan holda, jinoyatchining harakatlarini 
hayoliy modelini tasavvur qilish (shakllantirish) va uning kiyimlari 
ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini aniqlash lozim. Undan 
tashqari, izlarning hosil bo‘lish mexanizmi va sharoitlari bilan birga, ularni 
aniqlashning eng ma’qul variantlarini tanlash va buning uchun zarur texnik 
vositalarni qo‘llay bilish kerak. 
Kiyim izarini aniqlash, qayd etish va olish uchun qo‘l izlari va turli 
qattiq buyumlardan qoladigan izlar bilan ishlashga mo‘ljallangan juda ko‘p 
vositalarni tavsiya qilish mumkin (optik, fizikaviy va kimiyoviy metodlar).  
Kiyimlarning daktiloskopik kukunlar bilan ishlov berilgan yoki 
changli sirtda hosil bo‘lgan sirtiy izlari daktiloskopik tasma yoki 
yopishqoq tasmaga ko‘chirib olinishi mumkin. 
Kiyimlarning hajmiy izlaridan turli sintetik material yoki gips 
yordamida quyma nusxalar olish mumkin. 
Izlarga qo‘shimcha qayta ishlov berish (masalan, kontrastini 
kuchaytirish uchun tegishli kukunlar bilan bo‘yash)dan oldin, ularni 
fotosuratga olish zarur. 


 278 
Kiyim izlarini qayd etish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: 
— hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida 
ta’riflab yozish; 
— fotosuratga olish; 
— sirtiy izlarning nusxasini yopishqoq tasmalarga ko‘chirish; 
— hajmiy izlarning quyma nusxalarini olish. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida 
kiyimlarning izlarini ta’riflashda, ularni to‘liq va quyidagi ketma–ketlikda 
bayon etish lozim: 
— buyumning nomi; 
— izlar aniqlangan sirtining xususiyatlari; 
— izlar aniqlangan joylar, ularning ko‘rinishi va o‘lchamlari; 
— izlarning tekshirilayotgan obyektda joylashish tartibi; 
— izlarni aniqlash usullari, kiyimning izlarda aks etgan belgilari
— izlarni qayd etish va olish usullari; 
— izlar mavjud bo‘lgan obyektlarni o‘rab–joylashtirish usullari. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida 
quyidagilar aks ettiriladi: iz hosil qiluvchi obyekt relyefining belgilari va 
to‘qilish naqshlari; choklarining turi; kiyim elementlari (to‘qasi va 
boshqalari)ning kattaligi va joylashishi, furniturasi, shuningdek turli 
nuqsonlari. 
Kiyim izlarini fotosuratga olish masshtabli suratga olish qoidalariga 
binoan amalga oshiriladi. Xususan, tugunli (uzlovoy) fotosuratga olish izli 
obyektlarni atrof–muhitga nisbatan holatini qayd etishga, detal suratga 
olish esa izlarning belgilarini sifatli aks ettirishga yordam beradi. Izlarning 
belgilarini fotosuratga olishdan oldin raqamlash va bu haqida bayon-
nomaga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim. 
Kiyimlarning sirtiy izlarini boshqacha usulda olishning imkoni 
bo‘lmaganda, ularni yopishqoq tasmalarga olinadi. Bunday izlar oldin 
tegishli kukunlar bilan bo‘yaladi va keyin daktiloskopik tasma yoki texnik 
yopishqoq tasmalarga ko‘chiriladi. Bir necha izlarning joylashish tartibini 
saqlab qolish uchun bir yopishqoq tasmaga ko‘chirish lozim. 
Agar kiyimlarning izlari noteksi sirtda joylashgan bo‘lsa, u holda 
ularning quyma nusxalarini olish mumkin. Kiyimlarning hajmiy izlarini 
modellashtirish uchun polimer materiallar yoki gipsdan foydalangan 
ma’qul. Ushbu quyma nusxalar umumiy qoidalarga binoan tayyorlanadi. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda, kiyimlarning qayd 
etilgan izlari olinishi lozim. Aniqlangan izlar mustaxkam bo‘lmagan 
moddalar (masalan, chang, bo‘r, qurum, kul va shu kabilar) bilan hosil 


 279 
bo‘lganda, ularni saqlab qolish choralarini ko‘rish kerak. Bu maqsadda 
kiyimlarning izlari laksimon modda (soch uchun lak, rangsiz mebel laki va 
shu kabilar) yoki lavsan asosli yopishqoq shaffof tasma yordamida 
mustaxkamlanashi lozim. 
Ta’kidlash joizki, kiyimlarning izlarida juda mayda o‘lchamli 
elementlar mavjud bo‘ladi, shuning uchun ushbu mayda elementlarga 
nisbatan extiyotkorona munosabatda bo‘lish lozim. Aks holda, izlar 
buzilishi mumkin. 
Kiyimlarning izlarida o‘ziga xos identifikatsion belgilar ham mavjud 
bo‘ladi. Kiyimlarning asosiy xususiyatlarini o‘rganish natijasida ularning 
izlarida akslanadigan belgilarning quyidagi ikki guruhini ajratishga imkon 
beradi: 
— ishlab chiqarishga oid belgilar; 
— kiyish (ekspluatatsii) va ta’mirlash belgilari. 
Ishlab chiqarishga oid identifikatsion belgilar kiyimlarni ishlab chiqish 
(bichish va tikish) jarayonida hosil bo‘ladi. Ular kiyim materialining 
ko‘rinishi va turi, mahsulotning tuzilishidagi xususiyatlar va tayyorlanish 
usulini ifodalaydi. 
Kiyim materiali turini aniqlash tekshirilayotgan kiyimni muayyan 
guruhga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi. Masalan, 
tekshirilayotgan izlarda mato tuzilishini aks etishi, kiyimlar tekstil 
matodan tayyorlanganligini bildiradi. 
Tekstil matolarning turlari ularning iplari va tolalarining to‘tsilish 
sxemasiga ko‘ra aniqlanishi mumkin. Masalan, agar izlarda ikki astarli 
trikotaj to‘qilish izlari aks etgan bo‘lsa, ushbu izlar ro‘mol–sharf 
ma’sulotlaridan qoldirilgan deyishga imkon yaratishi mumkin, chunki 
ro‘mol–sharf mahsulotlarini aynan ikki astarli trikotaj to‘qilish usulda 
tayyorlanadi. 
Kiyim matosining xususiyatlarini ifodalovchi belgilar bilan birga, 
izlarda kiyimlarning yoki matoning nuqsonlari (ip va tolalarning 
nuqsonlari, matoni tayyorlashdagi nuqsonlar, to‘qilish nuqsonlari, bichish 
va tikishda vujudga kelgan nuqsonlar) ham aks etishi mumkin. 
Ip va tolalarning nuqsonlariga ip va tolalarning ingichkalashib yoki 
yo‘g‘onlashib qolishi, ular qalinligining turlichaligi kiradi. Ip va tolalar 
ingichalashib yoki yo‘g‘onlashib qolsa, matoning «mahalliy nuqsonlari» 
hosil bo‘ladi, ya’ni matoning ayrim sohalarining qalinligi yoki kamayib 
yoki kattayib ketadi.  
Matoni tayyorlashdagi nuqsonlari barcha matolar uchun bir xilda 
bo‘lishi mumkin va ular safiga quyidagilarni kiritish mumkin: 


 280 
a) blizna — matoning asosiy iplarini uzilib qolishi natijasida hosil 
bo‘ladigan teshiklar; 
b) prometka — matoning utok (bo‘ylama) iplarini uzilib qolishi 
natijasida hosil bo‘ladigan teshiklar; 
v) hoshiyalar — iplarning zichligi kamayishi hisobiga hosil 
bo‘ladigan, utok (bo‘ylama) iplar bo‘yicha joylashgan, uzunligi 2–3 sm 
bo‘ladigan chiziqlar; 
g) podpletina — bir necha asosiy iplarning uzilishi natijasida matoning 
to‘qilish naqshlarining buzilgan sohalari. Uzilgan asosiy iplar bo‘ylama ip 
(utok)lar bilan o‘zaro chigallashib qoladi.  
Yuqorida sanab o‘tilgan nuqsonlar izlarda vertikal va gorizontal 
chiziqlar kesib o‘tgan  hoshiyalar shaklida aks etishi mumkin; 
d) zaboina — bo‘ylama ip bo‘yicha keskin va iplarning zichligi ortishi 
bilan ifodalanadigan. Izlarda mato naqshlarining buzilishi ko‘rinishida 
akslanishi mumkin; 
ye) utok izlari — bo‘ylama ip (utok)larning keskin yo‘g‘onlashishlari; 
j) to‘qimachilik naqshlarining buzilishlari.  
To‘qilish izlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
a) yo‘g‘onlik va ingichkaliklar — mato iplari qalinliginining sezilarli 
o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan, sirtmoq qatorlari va usutnlari 
bo‘ylab joylashgan kichik sohalar. Izlarda iplarning qalinliklari o‘zga-
rishining tartibsiz birlashishi kuzatiladi; 
b) «zebra»lar — matoni qalinligi turlicha bo‘lgan iplar bilan to‘yishda 
hosil bo‘ladigan, ketma–ket joylashadigan qalin va ingichka hoshiyalar; 
v) sirtmoqlarning turlicha uzuniligi — matoning hoshiyadorligini 
keltiribchiqaradi; 
g) sirtmoq ustunlarining qiyshayishi — matoga ishlov berishda, uni 
turlicha cho‘zish yoki tortish natijasida hosil bo‘ladigan iplarning turlicha 
o‘qrilishi. 
Charm materiallarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ularda 
«mereya»ning mavjudligi hisoblanadi.  
Mereya — charm xom ashyosiga hos bo‘lgan, teridagi derma va 
poralarning notekisligi natijasida hosil bo‘ladigan oshlangan charmning 
naqshlari. Mereyaning detallari, xuddi papillyar naqshlar kabi individual 
xususiyatga ega bo‘ladi. Charm materialdan birorta mahsulot tayyorlashda
uning naqshlari ushbu mahsulotgagina xos bo‘ladi. Izlarda, mereyadan 
tashqari,charm mahsulotlarining nuqsonlari ham aks etishi mumkin. Ushbu 
nuqsonlar charm xaom ashyosiga ishlov berishda hosil bo‘lishi mumkin. 
bunday nuqsonlarga tirnalishlar, shilinishlar, teshiklar, yirtilish va 
yorilishlar, charm yuza qismining ajindorligi (setka) kabilar kiradi. 


 281 
Plenka materiallardan tayyorlangan kiyimlarning izlarda ishlab 
chiqarishga oid nuqsonlari aks etadi. Masalan, yupqa plenka materialdan 
tayyorlangan qo‘lqop kiyib birorta buyum maxakam siqib ushlansa, 
barmoqlarning papillyar naqshlari izlarda aks etishi mumkin. 
Kiyim mahsulotlarining tuzilishiga oid xususiyatlari bo‘lib ularning 
o‘lchamlari, shakli, detallarning o‘zaro joylashishi va miqdori, shuningdek 
turli nuqsonlari hisoblanadi. Ayrim hollarda aynan ular iz qoldirgan 
shaxsning jismoniy ma’lumotlarini aniqlash imkonini berishi mumkin. 
Ma’lumki, kiyimlarning tuzilishiga oid nuqsonlar, kiyimlarda 
bo‘ylama, ko‘ndalang va og‘ma qatlamlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Bo‘ylama qatlamlar mahsulotlarning orqa (yelka) qismida, reglan 
shaklidagi yenglarda, mahsulotning o‘rta choki sohasida hosil bo‘ladi. 
Ko‘ndalang qatlamlar mahsulotlarning orqa qismida, yenglarni 
shimarishda va shimlarning yon choklarida hosil bo‘ladi. Og‘ma qatlamlar 
yenglarning yonbosh va tirsak choklarida, shimlarning poychalarida 
(asosan tizzadan yuqori qismida) hosil bo‘ladi. 
Kiyimlarning tuzilishiga oid nuqsonlardan tashqari, izlarda kiyimlarni 
bichish va tikish belgilari ham aks etishi mumkin. 
Kiyimlarni bichish jarayonining belgilari kiyim detallari (yoqasi, 
cho‘ntaklari, yenglari va fasonidagi detallar)ning simmetriyasi haqida fikr 
yuritishga imkon beradi. Ammo, ularni tadqiqot qilishda, ushbu 
detallarning joylashishini iz hosil bo‘lish jarayonida o‘zgarib qolishini 
inobatga olish zarur. Bichish jarayonidagi nuqsonlar bo‘lib detallarning 
qiyshayib qolishi yoki kaltaligi, ularning o‘zaro ismmetriyasining buzilishi 
hisoblanadi. 
Kiyimlarni tikish yoki ularning detallarini o‘zaro birlashtirish 
nuqsonlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
— choklarning qiyshiqligi va nosimmetrikligi; 
— propuski stejkov; 
— detallarning notekis qirqilishi; 
— mahsulot yengi va etaklarining notekis bukilishi; 
— kiyim izmalari va furniturasining notekisligi; 
— iplar va sirtmoqlarining cho‘zilishi; 
— yelimlangan choklarning ajralib ketishi. 
Kiyim mahsulotlarining kiyilish (ekspluatatsiya) belgilari guruhiga 
quyidagilar kiradi: 
mato relyefining tekislanib qolishi; tekstil matodan tayyorlangan 
mahsulotlarnig ayrmi sohalaridagi iplarning tolalarga ajralishi; kesilishlar, 
yorilish va yirtilishlar, teshiklar, yamoqlar  va shu kabilar. 


 282 
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarining barchasi birgalikda kiyim 
mahsulotlarining individualligini ta’kidlaydi va ularni izlar bo‘yicha 
farqlash imkonini beradi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish