7. Kiyim izlarining trasologik ekspertizasining metodikasi
Ushbu turdagi ekspertizalar trasologik ekspertizalarning umumiy
metodikasi asosida o‘tkaziladi. Ammo, kiyimlarning izlari bilan ishlashda
bir qator o‘ziga xos xususiyatlar mavjud.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olinayotgan obyektlar, ushbu
obyektlardagi izlar buzilib yoki yo‘qolib ketmaydigan qilib o‘rab–
joylashtirilishi lozim.
Olinayotgan obyektlarda aniqlangan mayda zarrachavlar va tolalarni
probirkalarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kiyim izlari
mavjud bo‘lgan obyektlarni o‘rab–joylashtirish uchun ixtiyoriy matodan
foydalanish mumkin emas.
Kiyimlar izlarining kriminalistik tadqiqotlarining obyektlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi: iz mavjud bo‘lgan buyumlar, izlarning yopishqoq
tasmalarga ko‘chirilgan turli nusxalari, izlarning modellari — gips va
polimer materiallardan tayyorlangan quyma nusxalari, shuningdek
fotosuratlar.
Ushbu turdagi ekspertizaga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
1. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlar, kiyim izlarimi?
2. Izlarda, kiyimlarning qanday materiali turi aks etgan?
4. Izlarda aks etgan kiyimlarning o‘lchami va tuzilishiga oid
xususiyatlari qanday?
5. Izlar bir yoki bir nechta kiyimlardan hosil bo‘lganmi?
6. Tekshirilayotgan izlar, tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlar yoki
ularning muayyan sohalaridan qoldirilganmi va ularning hosil bo‘lish
mexanizmi qanday?
Ekspertlar oldiga qo‘yilgan savollar va izlardagi mavjud ma’lumot-
larga bog‘liq ravishda, kiyimlar izlarining tadqiqotlari identifikatsion yoki
noidentifikatsion hususiyatga ega bo‘ladi.
Kiyimlarning identifikatsion tadqiqotlari, iz qoldirgan aniq bir kiyim
predmetini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Noidentifikatsion tadqiqotlar esa quyidagilarni aniqlash maqsadida
o‘tkaziladi:
— hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlarning asosiy xusu-
siyatlarini;
283
— iz hosil bo‘lish mexanizmi hamda jinoyat hodisasi bilan iz hosil
bo‘lish mexanizmi orasidagi sababiy bog‘liqlikni;
— iz hosil qiluvchi obyektlarning guruhiy taallluqligini.
Tekshirilayotgan obyektlarning guruhiy taalluqliligini aniqlashda,
tekshirilayotgan obyektning o‘ziga o‘xshash obyektlar turkumiga tegishli
ekanligi yoki bir guruh obyektlarning kelib chiqish manbalarining bir
xilligi bo‘yicha savollarga javob berilishi zarur. Birinchi holatda hodisa
joyidan olingan obyektning belgilari o‘rganiladi va keyin ekspertga
oldindan ma’lum bo‘lgan obyektlarning belgilari bilan solishtiriladi.
Ikkinchi holatda har bir obyektning belgilari alohida o‘rganiladi va keyin
o‘zaro solishtiriladi.
Tadqiqotlar natijalari tekshirilayotgan izlar kiyimlarning qanday qismi
yoki detalidan qolganligini va izlarning hosil bo‘lish mexanizmini
aniqlashga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, izlarning o‘zaro joylashishi va
ularda aks etgan belgilar o‘rganiladi. Kiyimlarning izlarda aks etgan
sohalari (detallari)ni aniqlash uchun, barcha tegishli ma’lumotlardan, ya’ni
jinoyat ishining mohiyati, hodsa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga
oid materiallar, jinoyatchi shaxsning jismoniy ma’lumotlaridan foyda-
lanish zarur. Ushbu ma’lumotlar hodisaning mexanizmini modellashtirish
imkonini beradi.
Kiyimlarning iz hosil qilgan sohalari va detallarini aniqlash uchun
izlardagi aks etgan barcha belgilarni batafsil va diqqat bilan o‘rganish
zarur. Izlardagi belgilar (naqshlar, to‘qilishning zichligi va shu kabilar)
kiyim matosining turi va aynan shu material hayotimizning qay sohalarida
ko‘proq qo‘llanilishini aniqlashga imkon beradi.
Kiyi izlarining identifikatsion tadqiqotlari quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
— dastlabki tadqiqotlar;
— alohida tadqiqotlar;
— tadqiqotlar natijalarini baholash;
— ekspertiza materiallarini rasmiylashtirish.
Dastlabki tadqiqotlar jarayonida ekspert jinoyat ishi materiallari bilan
tanishadi, tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarning mavjudligi va ularning
ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishini
aniqlaydi va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni aniqlashtirib oladi.
Jinoyat ishi bo‘yicha materiallardan izlarni olish va saqlash sharoitlarini,
ularni hosil bo‘lish vaqti va ekspertizaga yuborish sharoitlarini o‘rganadi;
so‘ng ko‘rinmaydigan izlarni aniqlashga kirishadi va keltirilgan
materiallarni taqqoslash tadqiqotlari uchun yetarliligni aniqlash bo‘yicha
savolga javob beradi.
284
Ekspertizaga keltirilgan materiallarni ko‘zdan kechirish va dastlabki
tanishish jarayonida, ekspert birinchi navbatda amalga oshiradigan vazifa
— bu kiyim izlarining, shu izlarni hosil qilgan obyektlarni identifikatsiya
qilish uchun yaroqliligi haqida masalalani hal qilishdir. Kiyimlarni
identifikatsiya qilish uchun izlarning yaroqliligi haqidagi masala faqat
taqqoslash tadqiqotlari natijasidagina hal etilishi mumkin.
Alohida tadqiqotlar o‘z navbatida uch bosqichga bo‘linadi: detal
tadqiqotlar, ekspert tajribasi (eksperimenti) va taqqoslash tadqiqotlari.
Detal tadqiqotlar jarayonida tadqiqotga taqdim etilgan izlar va
namunalarhar bir obyektga xos bo‘lgan belgilar – individuallashtiruvchi
xususiyatlarni aniqlash maqsadida batafsil tekshiriladi. Avval iz hosil
bo‘lish mexanizmi aniqlanadi, so‘ng kiyimning izlar hosil qilgan sohalari
aniqlanadi. Masalan, tekshirilayotgan izlar qanday qo‘lqop va qaysi
barmoq bilan qoldirilgan savolga javob berishda, izlarning o‘zaro
joylashishi, egilish qatlamlar va choklarni tekshirish natijalariga asoslanish
lozim. Qo‘lqoplardagi egilish qatlamlarning holati qo‘l barmoqlarining
falangalar aro qatlamlarining holatiga mos keladi. Qo‘lqoplarning ikkinchi
va to‘rtinchi barmoqlarida yuqori egilish qatlamlari uchinchi barmoqning
o‘rta falangasining yarmigacha bo‘ladi. Qo‘lqopning beshinchi
barmog‘ining eng yuqori qismi (chegarasi) to‘rtinchi barmoqning yuqori
egilish qatlamining darajasida joylashadi. Qo‘lqopning birinchi barmog‘i,
boshqalardan farqli ravishda, faqat ikkita egilish qatlamiga ega bo‘ladi.
Qo‘lqoplar barmoqlarining uchlari izlarda oavlsimon yoki to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklda aks etadi.
Taqqoslash tadqiqotlarini o‘tkazish uchun eksperimental namunalar
olish kerak. Kiyim izlarining eksperimental nusxalari umumiy qoidalar
asosida olinishi kerak — eksperimental namunalar tekshirilayotgan izlarga
o‘xshash bo‘lishi shart. Shuning uchun, eksperiment tajribalarini
o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyda izlar hosil bo‘lgan sharoitlarni
maksimal darajada hisobga olish shart. Masalan, ekspert tajribalarini
o‘tkazishda, tekshirilayotgan kiyimlarni kiyish va undan keyingina
eksperimental namunalar olinishi kerak. Ammo, ta’kidlash joizki,
eksperimentator (ekspert tajribasida ishtirok etayotgan va tekshirilayotgan
kiyimlarni kiyib, tegishli harakatlarni amalga oshiradigan shaxs) bilan
gumon qilinuvchining antropometrik xususiyatlari to‘liq mos kelishi shart
emas. Masalan, eksperimentatorning qo‘llari tekshirilayotgan qo‘lqopdan
kattaroq bo‘lsa, ushu qo‘lqopning izda aks etadigan belgilari o‘zgarishi
mumkin. Dekin ko‘p hollarda, izlarda aks etadigan belgilar deyarli
o‘zgarishsiz bo‘ladi va shuning uchun, tajriba jarayonidagi kichik
285
chetlashish va og‘ishlarni inobatga olgan holda, ayniyat bo‘yicha masala
ijobiy hal etilishi mumkin.
Eksperimental namunalar rangli va rangsiz bo‘lishi mumkin. Kiyim
detallarini bo‘yash uchun kukunsimon bo‘yovchilar va tipografiu
bo‘yodan foydalanish mumkin.
Eksperimental namunalarni olishda quyidagi qoidalarga rioya etish
zarur:
— eksperimental namunalarni turlicha kattalikda kuch bilan ta’sir
qilib olish kerak, chunki, kiyim matolarining egiluvchanligi izlarda
ularning belgilarini aks etishiga ta’sir ko‘ratishi mumkin;
— iz qabul qiluvchi obyektning sirti tekis, ya’ni belgilarni sifatli
o‘tkazishga yaroqli bo‘lishi kerak. Shisha, plastik, qog‘oz va shu kabilar
tajriba uchun yaroqli bo‘ladi;
— tajriba o‘tkazishda, kiyim materialining holati, tekshirilayotgan
izlar hosil bo‘lgandagi holatiga mos kelishi kerak.
Agar tadqiqotga taqdim etilgan kiyimlar ifloslangan bo‘lsa, uning
sirtini suv bilan yuvish va keyin to‘g‘rilangan hoda quritish lozim.
Charmdan tayyorlangan buyumlar tozalanganidan so‘ng, ularning
elastikligini tiklash maqsadida, sirtiga yog‘li moddalar (kosmetik krem va
shu kabilar) bilan ishlov berish kerak
Tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarni kimiyoviy usul bilan tozalash,
mexanik yuvish va dazmollash mumkin emas, chunki bunda kiyim matosi
deformatsiyalanishi va natijada izlarning belgilari o‘zgarishi yoki yo‘qolib
ketishi mumkin.
Taqqoslash tadqiqotlari tekshirilayotgan obyektlarning umumiy identi-
fikatsion belgilarni solishtirishdan boshlanadi. Ushbu jarayonda aniqlan-
gan farqlar, ayniyat bo‘yicha salbiy (rad etuvchi) xulosa chiqarishga sabab
bo‘ladi. Ammo, tekshirilayotgan mato sirti tuzilishi yoki kiyim tashqi
qoplamasining ifodalovchi belgilarning o‘xshashligi ayniyat haqida xulosa
chiqarishga asos bo‘la olmaydi, chunki ushbu belgilar guruhiy ahamiyatga
ega bo‘lib, individual yig‘indini hosil qila olmaydi.
Tekshirilayotgan obyektlarning xususiy identifikatsion belgilari
umumiy belgilarni solishtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan farqlar
aniqlanmaganda boshlanadi.
Xususiy belgilarni solishtirishdan oldin eng yaxshi ifodalangan belgi
— oriyentirni aniqlab olish kerak. Oriyentirni aniqlagandan so‘ng, u bilan
yonma–yon joylashgan boshqa belgilar, kiyimning detallari tekshiriladi.
Taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan, o‘zaro o‘xshash bo‘lgan
umumiy va xususiy belgilarni baholashda, ushbu jarayonda aniqlangan
286
farqlarni ham albatta inobatga olish kerak. Ushbu farqlarning mavjudligi iz
hosil
bo‘lish mexanizmi, vaqtga doir o‘zgarishlar va jinoyat ishining shart–
sharoitlari bilan izohlanishi mumkin.
Juda ko‘p hollarda, taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan farqlarni
izohlash uchun, tajribalar jarayoniga, jinoyat ishi mohiyatini o‘rganish
jarayoniga qayta murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatda ekspert–
trasolog aniqlangan farqlarning hosil bo‘lish sabablarini aniqlashi va ularni
tushuntirib bera olishi kerak. Farqlarni aniqlash va ularning kelib chiqish
sabablarini tushuntirish, ayniyat bo‘yicha masalalarni hal etishda xuddi
o‘xshash belgilar yig‘indisini aniqlash kabi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekspertning xulosasi tadqiqotlar jarayonida anqlangan o‘xshash va
farq qiluvchi belgilarni baholash asosida shakllantiriladi. Bunda ekspert
o‘zining butun tadqiqotlar davomida shakllanadigan ichki ishonchi va
ilmiy qoidalarga tayanadi. Ayniyat haqida xulosa chiqarish uchun
tekshirilayotgan obyekt va izlarni ifodalovchi belgilar yig‘indisi o‘zaro
mos kelishi (o‘xshash bo‘lishi) hamda qarama–qarshiliklar bo‘lmasligi
kerak. Undan tashqari, taqoslashda aniqlangan farqlarni hosil bo‘lishi
ilmiy asoslangan holda tushuntira oladigan bo‘lishi lozim.
Ekspertiza materiallari umumiy qoidalar asosida rasmiylashtiriladi.
Tekshirilayotgan obyektlardagi o‘xshash belgilarni ko‘rsatish (belgilash)
uchun quyidagilardan foydalaniladi:
— aks etgan qatlamlar punktir (uzuq–uzuq chiziqlar) bilan belgila-
nadi;
— poralarning aksi va charm mahsulotlardagi mereyalarning belgilari
ko‘rsatkichlar (strelkalar) yoki nuqtalar bilan belgilanadi;
— choklarning va turli nuqsonlarning aks etishlari aylanasiga chiziq
bilan o‘rab qo‘yiladi yoki ko‘rsatkichlar (strelkalar) bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |