A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmaganida butunni qismlarga qarab



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
Umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmaganida butunni qismlarga qarab 
aniqlash. 
Yagona bo‘linish chizig‘iga ega bo‘lmagan obyektlarni tahlil qilishda 
ikki turdagi belgilar tahlil qilinadi: 
1. Obyektlar sirtidagi belgilar. 
2. Ichki tarkibiy tuzilishga ega belgilar. 
Obyektlar sirtidagi belgilar juda turli-tuman bo‘lib, ular turli 
sabablarga ko‘ra hosil bo‘lishi mumkin. Ular bo‘yicha aynanlikni aniqlash, 
asosan yetishmaydigan bo‘lakning hajmi emas, mazkur belgilarning 
ko‘lami, masofaga oidligi, belgilarga nisbatan bo‘linish izlarining 


 234 
yo‘nalganligiga asoslanadi (masalan, simda mayda izlar 10 mda, chuqur 
izlar – 25 mda o‘zgarib, 100mdan keyin ko‘rinish butunligicha o‘zgaradi). 
Barcha hollarda qiyosiy tahlil qilish identifikatsiya qilish uchun zarur 
bo‘lgan va turli qismlarda mavjud belgilarni bir-biriga qoplashdan iborat. 
Bunda an’anaga ko‘ra qiyoslash oddiy yoki malakali kuzatish, 
shuningdek mikroskop ostida ko‘rish yordamida amalga oshiriladi. 
Ba’zida mazkur belgilarni maxsus usullar yordamida aniqlashga to‘g‘ri 
keladi. 
Bunday hollarda mazkur belgilar ko‘pincha bevosita tekshirilmaydi, 
aksincha bir masshtabda sur’atga tushiriladi. Olingan tasvir fotosuratlar 
bilan taqqoslanadi. 
Bo‘laklarning o‘zaro bir-biriga aloqadorligi to‘g‘risida xulosaga kelish 
uchun alomatlar bir-biriga geometrik ravishda mos kelishi kerak, chunki 
ular bo‘lingan obyektning avval bir butun bo‘lgan qismlarini tashkil etadi. 
Mazkur o‘ziga xos xususiyatlar qatoriga butun buyumning tashqi 
tuzilishiga oid xususiyatlar kiradi: 
a) kelib chiqishiga ko‘ra o‘simlikka oid obyektlar – sirtining tuzilishi, 
rangi (mevalar, daraxtlar po‘stlog‘i va hokazo); 
b) anorganik jismlarda – texnologik belgilar (sopol, g‘ishtda – 
yoriqlar, mikroyoriqlar, qo‘lbola bajarilgan qilingan lak-bo‘yoq 
qoplamalar, turli tuman plastmassa mahsulotlarda – tasma, uzuq-yuluq 
dog‘lar va boshqalar) 
v) mahsulot sirtiga egov, abraziv material va boshqalar bilan ishlov 
berish izlari. 
Ishlov berish izlaridan   shisha, plastmassa, metall va qotishmalarda 
ular birgalikda ishlab chiqarilganda press-shakl yoki qoliplarga quyishdan 
qolgan izlarni farqlash zarur. Mazkur izlar obyektlarning guruhiy 
taalluqliligini aniqlash uchun qo‘llanishi mumkin, ya’ni ularning kelib 
chiqish manbai va hokazo; 
g) ekspluatatsiya qilish izlari (tirnalgan, chopilgan, kesilgan, yeyilgan 
joy)ning mavjudligi; 
d) saqlash izlari – turli tuman bo‘lib, ko‘p sabablarga ko‘ra yuzaga 
keladi: bu zanglash izlari, kirlanish, dog‘lar, burushiq va qatlangan, arngi 
o‘chgan joylar va hokazo); 
ye) bo‘lish qurollarining izlari – bo‘linish sirtida qoladi, agar butun 
jismlar yetarlicha qalinlikka ega bo‘lsa. Masalan arralangan joy: bunda 
detal relyefi bir-biriga mos kelmaydi. Biroq arralashda obyektning 
ko‘ndalang kesimiga nisbatan burchak ostida og‘adi. Bo‘linish sirtida arra 
vaziyatining o‘zgarishini aks etuvchi izlar qoladi. 


 235 
j) markirovka belgisi. Bo‘lingan obyektning ikkala qismida bir xil 
raqamlar qoladi. 
Mahsulotlar ichki tuzilishini tashkil etuvchi belgilar tadqiqot 
qilishning fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy va mexanik usullar bilan 
aniqlanadi. 
Qo‘shma obyektlar va komplekt yaxlit buyumlarning qismlari orqali 
butunni aniqlash. 
Qo‘shma yaxlit buyum bir-biri bilan  biriktirilgan detallar (kitob, 
bloknot) yoki ham o‘zaro birikkan, ham yon-yonma joylashgan va bir-
biridan mustaqil qismlardan iborat bo‘ladi. Bunda ularning alohida 
qismlari o‘zaro aloqador yuza bilan bir-biriga tegib turishi mumkin. 
Buyum qismlarining o‘zaro birikish usulidan qat’iy nazar, 
obyektlardagi birikish va ayrilish izlari, shuningdek o‘zaro aloqador 
yuzalardagi ishqalanish izlari identifikatsiyalovchi belgi bo‘lib 
hisoblanishi mumkin. 
Komplekt yaxlit buyumlar. Mazkur obyektlarni tadqiq etishda 
predmetlarni ekspluatatsiya qilishda yuzaga keladigan belgilar (qo‘njsiz 
botinka (maxsi)-kalish, ko‘ylak va kastimdagi siyoh izi va hokazo) dan 
foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega 
belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Predmetlar komplekti (to‘plami) ikki guruhga bo‘linadi: 
Turli maqsadlarda foydalaniladigan turli tuman buyumlar to‘plami 
(qurol-aslaha va g‘ilof, ko‘zoynak va futlyar). 
O‘z maqsadiga ko‘ra bir xil bo‘lgan buyumlardan iborat to‘plamlar 
(papiros qutisi, bir juft poyafzal). 
Har xil turga mansub predmetlar to‘plamini identifikatsiya qilish usuli, 
to‘plam (komplekt)ni tashkil qiluvchi narsalarni o‘rganish, ularning bir-
biri bilan bog‘lanish izlarini ajratish, mazkur izlarni taqqoslash va bevosita 
qiyoslash orqali ulardagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlashdan iborat. 
Birgalikda saqlash va ishlatish natijasida yuzaga kelgan belgilar muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi (dog‘lar, korroziya izlari va hokazo. 
O‘z maqsadiga ko‘ra bir xil to‘plamlarni identifikatsiya qilish katta 
qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Mazkur to‘plamlarni aniqlashda ular 
tarkibiga kiruvchi obyektlarning yagona manbaga ega ekanligi 
to‘g‘risidagi trasologik belgilar katta ahamiyatga ega. Masalan, sigaretalar 
bitta uskunada ishlab chiqarilgan. Bunday ma’lumotlar birgalikda saqlash 
natijasida yuzaga kelgan izlar topish bilan to‘ldiriladi (sigaretalardagi bir 
xil ifloslanish va hokazo). 
 


 236 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish