A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasini



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
3. Qismlar orqali yaxlitni aniqlash trasologik ekspertizasini 
o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Yog‘ochdan ishlangan buyumlar bo‘laklarini tekshirishning o‘ziga xos 
xususiyatlari. Yog‘ochdan ishlangan buyumlar sindirish, arralash va kesish 
orqali bo‘linishi mumkin. Shu bois, topilgan bo‘laklarning bir predmetning 
o‘ziga tegishliligini aniqlash uchun eng avvalo, buzilish chiziqlarining 
konturi va ko‘ndalang kesilgan qirra relyefining tuzilishi o‘rganilishi 
kerak. Bunda bir-biriga qo‘shilgan yuzalarning nafaqat bo‘linish chizig‘i 
va relyefi, balki yog‘och po‘stlog‘ining tuzilishi, alohida bo‘laklarning 
rangi va taxta qatlami, hamda daraxt yuzasida bo‘ladigan shikastlanish va 
qatlam bo‘lib qolgan joylarining xususiyati orqali aniqlanadi. Taxta-
yog‘ochning bo‘linishi uning chekka yuzasida ko‘p miqdordagi payraha 
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar bo‘lingan buyumning bo‘laklari 
yig‘ilganda va payraha bo‘laklari bir-biriga mos kelsa, bu avval bu qismlar 
yaxlit bir butun bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Yuqorida 
ko‘rsatilgan bir-birini  qoplash usuli juda jo‘ndir. 
Daraxtda umumiy bo‘linish chizig‘i bo‘lmagan hollarda tizimli-
tarkibiy belgilarga yillik xalqalar kiradi. Ular dendroxronologik usul 
yordamida tadqiq etiladi. 
Agar tekshirilayotgan yog‘och obyektlari (parchalari)  to‘g‘ri  qatlamli 
taxta zonalarga ega bo‘lsa, u holda ularning o‘zaro bir-biriga aloqadorligi 
yillik xalqalarni qiyoslash yordamida erishiladi. Bu maqsadda  ko‘ndalang 
kesimlar yuzasi tozalanadi (silliqlanadi, yaltiratiladi) Yillik xalqalar 
bevosita obyektlar yoki fotosuratlarda qiyoslanadi. Bunda bir namunadagi 
yillik xalqalar, ikkinchi namunadagi y illik  xalqalarga  mos  kelishi, har  bir 
qatlam ichida erta va kech yog‘och-taxta zonalari bir-biriga mos kelishi 
kerak. Bunda farqlar faqat to‘g‘ri qatlamli yog‘ochdan tashqarida – 
poyaning markazida bo‘lishi mumkin. 
To‘g‘ri qatlamli yog‘ochda mazkur zonalar bo‘lmagan taqdirda yoki 
ularning uzunligi va qalinligi unchalik ko‘p bo‘lmasa, daraxtning 
rivojlanishi va daraxt poyasiga qarab yillik xalqalarning kengligidagi 
o‘zgarishlar qonuniyatiga asoslangan dendroxronologik identifikatsiya 
usulidan foydalaniladi. Daraxt poyasining o‘sishi mobaynida ularning 
qiyosiy kengligi mazkur namunadagi boshqa xalqalarga nisbatan 
o‘zgarmaydi (ingichka qatlamlar, ingichkaligicha, keng qatlamlar 
kengligicha qoladi. Identifikatsiya qilish uchun o‘sishning yarimlogarifmik 
egri chizig‘iga asoslaniladi. 


 237 
Shishadan yasalgan buyumlar bo‘laklarini tekshirishning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
Singan shisha buyumlarning qismlaridan ekspert tekshiruviga 
avtoulovlar yoritgichlarining siniqlari (shuningdek, avtoulovdagi boshqa 
yoritish uskunalari (podfarnik, orqa signal chirog‘i) hamda tekis qurilish 
oynasi (deraza va vitrina oynalari) taqdim etiladi. Bunda bu kabi turdagi 
moddalarni ekspertiza qilish shisha kabi mo‘rt jismlar (chinni, sopol 
kabilar)ga ham taalluqlidir. 
Shishaning yirik siniqlari bo‘linish chizig‘i (sinish chizig‘i) bo‘yicha 
qalinligiga qarab, birmuncha maydalari – bo‘linish yuzasining relyefi 
bo‘yicha solishtiriladi. Bu maqsadda bir yuzani boshqasiga qoplash yoki 
bo‘linish chiziqlarini solishtirish orqali amalga oshiriladi. Agar shisha 
sinig‘i sirtida mayda chuqurchalar va g‘o‘lalar ko‘rinishidagi relyef bo‘lsa, 
tekshirish qiyoslash usuli orqali amalga oshiriladi. 
Shisha sindirilganida uning ba’zi parchalari butun eni bo‘ylab 
sinmasdan, sirtidan ko‘chib tushadi. Bunda bo‘linish natijasida yuzaga 
kelgan konturlar, shuningdek siniq parchaning konformligi va chuqurligi 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Shisha siniqlari qirralari relyefini mikroskop ostida tekshirish va 
sur’atga tushirish bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p 
miqdorda vaqt sarflanishini talab qiladi. Shu bois eng oson usul - 
tekshirilayotgan qirralarning polimer nusxalarini qiyoslash va solishtirish 
tavsiya qilinadi. 
Avtoulov yoritgichi siniqlari solishtirilganda hoshiyasining relyefi 
ham inobatga olinishi kerak. Ularni tadqiq etish o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. 
Avvalo ular botiq tomoni bilan tashqariga qaratilib taxlanadi. Relyef 
tasvir elementlarini o‘zida saqlab qolgan yirik siniqlar bo‘lsa, ular birinchi 
navbatda tekshiriladi. So‘ngra qirralarida zavodda ishlov berilgan qirralar 
(bortiklar) bo‘lgan shisha siniqlari tanlab olinadi. Taqsimlash uchun 
tegishli markali va shunday diametrga ega fara yoritgichi uchun botiq 
ishlangan maxsus gips shakldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Yoritgich siniqlarining yagona yaxlit bo‘lakka tegishliligini aniqlash 
uchun shisha sinishi paytida yuzaga kelgan belgilardan tashqari kelib 
chiqishi ishlab chiqarishga tegishli belgilar ham o‘rganiladi. Xususan, 
matritsa relyefi, g‘ovaklilik va bolg‘alanish. 
Matritsani identifikatsiya qilishga yordam beruvchi izlar guruhiy 
taalluqlilik (guruhiy ahamiyatga ega) belgilaridan iborat bo‘ladi, zero bitta 
matritsada ishlab chiqarilgan muayyan yoritqichlar tuo‘plamiga mos 


 238 
keladi. Bolg‘alanish va g‘ovaklilik – shishaning ishlab chiqarish 
nuqsonlariga kiradi. Ular turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelib, har bir 
yoritgich uchun alohida hisoblanadi. 
Birinchisi, o‘yiq kabi joylashgan do‘nglar bo‘lsa, ikkinchisi shisha 
ichida va sirtida yuzaga kelgan chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. G‘ovaklilik 
yoritgich (siniqlari)ni qiya yo‘nalgan akslanuvchi nur yordamida 
tekshirilganda ko‘rinadi. Deraza oynasini ishlab chiqarishda yuzaga 
keladigan izlarni tekshirish maqsadga muvofi hisoblanadi. 
Bir qator hollarda ekspertizaga keladigan oyna, ko‘zgu, fara, lampa, 
butilka va boshqa turdagi shisha va shisha mahsulotlar siniqlarini tashqi 
tuzilishi xususiyatlarini o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Bunday 
xususiyatlarga shisha buyumarni quyib ishlashda yuzaga kelgan mexanik 
ishlov berish belgilari (g‘ovak, bo‘rtiq)larni o‘rganish zarurati yuzaga 
keladi. Mazkur trasologik tadqiqot shisha siniqlari umumiy bo‘linish 
chizig‘i bo‘lmagan taqdirda yaxlit bir butun bo‘lganmi degan masalani hal 
etishga qaratiladi. 
Shishadan yasalgan buyumlarni tadqiq etish davomida shishaning 
normal tarkib topgan qismida yuzaga kelgan o‘zgarishlardagi optik xilma 
xillikda ifodalanadi. Mazkur o‘zgarishlar texnologik jarayonlarga 
asoslangan bo‘lib, singuvchi yorug‘lik nuri ostida turli darajada sinishning 
ipsimon yoki qavatsimon qatlamlarini o‘zida aks ettiradi. (1-rasm). 
 
 
 
1-rasm. Bo‘lingan shisha siniqlarini ichki tuzilishini solishtirishning 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish