A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Hayvon izlarining tasnifi va dastlabki tadqiqoti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
2. Hayvon izlarining tasnifi va dastlabki tadqiqoti 
 
Zoologiyada qabul qilingan tizimlashtirishdan kelib chiqib, hayvonot 
olamining muhim  taksonomik (taksonomicheskim) elementlariga guruh, 
tip, sinf, otrad, oila, zot va tur kiradi. Bular, o‘z navbatida,  yana mayda 


 290 
tasnifiy birliklarga bo‘linadi (hayvonlarning tasniflanishi haqida to‘liq 
ma’lumot zoologiyaga oid maxsus adabiyotlarda berilgan). 
Hayvonlar izlarining kriminalistik tasnifi uchun asos (trasologiya 
sohasida) iz hosil qiluvchi obyektning o‘ziga xosligi hisoblanadi. Ushbu 
holatda hayvon izlari quyidagi uchta asosiy guruhga ajratiladi: 
— hayvonlarning qo‘l-oyoq izlari (tuyoq, panjalar, tirnoq va h.k.); 
— metall taqalar izi; 
— jag‘ apparati izlari (tishlar, jag‘larning o‘zi, tumshuqlar va boshq.); 
— hayvon tanasining boshqa qismlari izlari (teri qoplamasi, organik 
qoldiqlar, shoxlarning qismlari va h.k.). 
Bundan tashqari, hayvonlarning qo‘l-oyoq izlarini quyidagilarga 
ajratish zarur: 
— toq tuyoqlilar oyoq izlari (otlar, eshaklar va shunga o‘xshash); 
— juft tuyoqlilar oyoq izlari (sigirlar, echkilar va boshq.); 
—boshqa sut emizuvchilar oyoq va panja izlari (itlar, bo‘rilar, 
chiyabo‘rilar, ayiqlar va h.k.); 
qushlar va hayvonot olamining boshqa vakillari qo‘l-oyoq izlari. 
Tadqiqotning ushbu turida, shuningdek, kriminalistik trasologiyada 
qabul qilingan izlarning hosil bo‘lish mexanizmi bo‘yicha, ya’ni izlarni 
hajmli va yuzaki, statik va dinamik, qatlam va qatlam-qatlam, lokal, ya’ni 
mahalliy va sirtqiga ajratib tasniflash tatbiq qilinadi. Shunga o‘xshash 
odam tishlari izlari bilan hayvonlarning jag‘ apparati va tishlari izlari hosil 
bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, tishlab uzib olingan va tish tekkan joyga 
ajratiladi. Hayvon tishlari izlarining obyektda hosil bo‘lish belgilariga 
ko‘ra tish naqshi, aynan jag‘ apparati, tumshuq va boshqa izlarga 
bo‘linadi. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyda hayvon izlari topilganda, avvalo, ularning 
jinoyat hodisasi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanadi. Hodisa joyini ko‘zdan 
kechirishda dastlabki tekshiruvning vazifasi nafaqat qoldirilgan hayvon 
izlarining jinoyat hodisasi bilan bog‘lovchi faktlarni aniqlash, balki ularni 
keyinchalik trasologik ekspertiza doirasida tadqiq qilish imkoniyati ham 
aniqlanadi. Bunda asosiy e’tibor hayvon izlari kelib chiqishi vaqtining 
uzoqligi haqida guvohlik beruvchi belgilarga, ularning hodisa sodir 
bo‘lgan  joy atrof-muhitiga nisbatan o‘zaro joylashuvi, izlar hosil bo‘li-
shining sharoitlari va mexanizmiga qaratiladi.  Masalan, izlarning qordagi  
qoldirilgan vaqtini aniqlashdagi qiyinchiliklar qorning ustki qismi 
xossalarining barqaror emasligi bilan bog‘liq. Bunday holatda  hayvon-
larning izlari noaniqligi bilan xarakterlanadi. Hatto eng yirik hayvonlar 
ham qorli joylarda chuqur, biroq qor bilan yarim yopilgan izlarni 
qoldiradilar. 


 291 
Hayvonlar izlarini ko‘zdan kechirishda ularning hosil bo‘lish 
sharoitlari va mexanizmlari, balki ushbu izlarni yuza qismida hosil 
qiluvchi makrorelf tashqi qurilishi va tuzilishining o‘ziga xos xarakterli 
tomonlari ham atroflicha o‘rganiladi. Ko‘zdan kechirish natijasida qaysi 
izlarni olish va o‘rash, shuningdek, hayvonlarning turlicha izlarini qayd 
etishning eng samarali metodlarini qo‘llash haqidagi masala ham hal 
etiladi. 
Hayvonlarning tegishli izlari olib, o‘ralgan va qayd etilgandan keyin 
kompleks yoki trasologik ekspertiza jarayoni uchun ekspert muassasasiga 
transportirovka qilish va yetkazishda ularning saqlanishi va ularga shikast 
yetkazilishi ehtimolining oldini olish borasidagi zarur choralar 
ko‘riladi.Hayvonlarning topilgan oyoq-qo‘l izlari hodisa joyini ko‘zdan 
kechirish protokolida texnik shaklda (suratga olish orqali, izlarni 
tayyorlash, daktotasma yordamida nusxa ko‘chirish va h.k.) tasvir shaklida 
qayd etiladi. 
Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlari bayonida (opisaniye) quyidagilar 
ko‘rsatiladi: 
— iz topilgan joyning atrof-muhit sharoiti (ochiq joy, bino)xususida; 
— izni qabul qilgan yuzaning ko‘rinishi (nam, qumli yer, qumoq 
tuproqli yer va h.k.); 
— hayvon oyoq-qo‘l izlarining soni, ularning o‘zaro joylashuvi; 
— izlar guruhi aks ettirilgan taqdirda yo‘lning belgilari, harakat 
yo‘nalishi haqida ma’lumot; 
— Izlarning ko‘rinishi (hajmli, yuzaki, qavat-qavat, bir qavat), 
ularning shakli, o‘lchami, farq qiluvchi belgilari, individual o‘ziga xos 
jihatlari; 
izlarni topish, olish va qayd etishning texnik vositalari, izli 
obyektlarni o‘rash usullari va qo‘llanilgan metodlar. 
Izlar bayoni grafik ko‘rinishidagi qarab chizilgan rasmlar bilan 
to‘ldirilishi mumkin (masalan, izlar yo‘li). 
Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlari masshtabli, detalli qayd etish qoida-
siga binoan rasmga olinadi. Hayvonlarning oyoq-qo‘l izlarini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ular joylashgan obyekt bilan birgalikda, tabiiy holda olish talab 
etiladi. Biroq, ularning modellarini ko‘pincha izlardan nusxa ko‘chi-
riladigan plyonkalarga nusxa ko‘chirish yoki qoliplarini tayyorlash kabi 
qayd etish usullarini qo‘llagan holda tayyorlashadi. Hayvonlarning yuzaki 
oyoq-qo‘l izlarini daktiloplyonkaga nusxa ko‘chirish yoki foto qog‘oz 
yordamida modellashtirish mumkin, bunda  emulsiya oldindan qayd etiladi 
va perxlorvinilning atsetondagi eritmasiga shimdiriladi. 


 292 
Hajmli sayoz va uncha chuqur bo‘lmagan izlarning qoliplari plastilin, 
mum, polimer pasta (xamirsimon modda)lar yordamida tayyorlanadi, katta 
izlar uchun gipsdan foydalaniladi. 
Hayvonlarning tish izlarini qayd etish, to‘plash ham chizish, suratga 
olish va ularning modellarini tayyorlash orqali bilan amalga oshiriladi. 
Hayvonlarning boshqa izlari bilan taqqoslash va ta’riflashda izlarning 
ko‘rinishi (tishlangan va tishlab uzib olingan), iz tashuvchi obyektlarning 
o‘ziga xos xususiyatlari kabi jihatlari qayd etiladi. Iz tashuvchi obyektlar 
oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, yog‘, mevalar va h.k.), inson tanasi yoki 
murda bo‘lishi mumkin. 
Hayvon tishlari izlarini topish, qayd etish va olishning usullari, yo‘llari 
va texnik vositalari, shuningdek, izli obyektlarni o‘rash usullari trasologik 
obyektlar uchun xos bo‘lib, umuman olganda , yuqorida qayd etilganidek, 
bir-biriga o‘xshash. 
Qayd etish lozimki,  hayvon tishlarining izlarini ular topilgan obyekt 
bilan yoki uning bir qismi bilan olish maqsadga muvofiqdir. Murdadagi 
tish ishlarini olish tergovchining topshirig‘i bo‘yicha o‘likxonada bevosita 
ekspert tomonidan amalga oshiriladi. 
Hayvon izlari  bilan ishlashning o‘ziga xos tomonlaridan yana biri 
shuki, izlar tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, sariyog‘ va 
h.k.), saqlash va transportirovka qilishda o‘zgarishlar va  deformatsiyaga 
uchrashi mumkin bo‘lgan predmetlarga qoldirilgan bo‘lsa, albatta suratga 
olingan bo‘lishi kerak. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari (pishloq, 
margarin, sariyog‘ va h.k.) yo sovuq suv, muzlatgichga joylashtiriladi yoki 
formalin eritmasidan foydalaniladi. Murdaning yumshoq qismi (yumshoq 
to‘qimalar) spirtli yoki 5% li formalin eritmali idish (yemkost)da 
saqlanadi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish