A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Xayvon izlari tadqiqotining kriminalistik ahamiyati



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
1. Xayvon izlari tadqiqotining kriminalistik ahamiyati 
 
Ekspert-kriminalistik amaliyotda hayvonlar izlari (tuyoq izlari)ning 
tadqiqoti kamdan-kam uchraydigan bo‘lib qoldi, bu, eng avvalo, jamiyat 
rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayoni va transport vositalaridan 
keng miqyosda foydalanish bilan bog‘liq. Bunday izlar bilan ishlash
ayniqsa, ular hayvonlar (ko‘proq otlarga taalluqli)ning taqa va oyoq 
izlariga tegishli bo‘lsa, qoidaga ko‘ra, qishloqlarda uchraydi. Shu bilan 
birga, biz tuyoq izlari tadqiqotiga nafaqat ulardan og‘ir yuklarni tashishda 
foydalanganda yoki o‘g‘irlab ketishganda, balki ularning o‘zi jinoyat 
ishtirokchisi aylanib qolganda (masalan, tishlash orqali og‘ir jarohat 
yetkazishi yoki o‘lim bilan tugashi) tez-tez ehtiyoj sezamiz. 
Tuyoq izlarining kriminalistik tadqiqotining ahamiyati haqida 
faqatgina kriminalistik tadqiqot emas, balki  sud-tibbiyot amaliyoti ham 
guvohlik beradi. Hayvonlar  insonga nafaqat hayotlik vaqtida shikast 
yetkazadi, balki murda badanining yumshoq joylari yoki suyagida o‘z 
izlarini qoldiradi. Uzoq vaqt ochiq joyda qolib ketgan murdalarga yirtqich 
qushlar, suvdan chiqarib olingan murdalarga esa baliqlar yoki suv 
hayvonlari shikast yetkazishi mumkin. 
Zamonaviy kriminalistika amaliyotining ko‘rsatishicha, oyoqlar, 
tishlar, soch, qon va shunga o‘xshash izlar ko‘rinishidagi hayvon izlari 
joylari mavjud bo‘lgan jinoyatlar soni kamayayotgani yo‘q. Bunday 
holatda trasologik tadqiqotlar hajmini oshirish zarurati ushbu amaliyot 
talabini namoyon qiladi, xolos. Ayrim holatlarda tuyoq izlarini o‘rganish 
trasologik tadqiqotlar bilan cheklanib qolishi mumkin emas, bu o‘rinda 
kompleks ekspertiza (sud-tibbiyot va trasolog ekspertlar hamkorligi) 
o‘tkaziladi. Bunday guruhlar orasida  it, mayda kemiruvchilar tishlari, it va 
mushuklarning tirnoqlari izlari ekspert tekshiruviga ko‘proq kelib tushsa, 
mushuklarning tish izlari kamroq uchraydi. 
Itlar va kemiruvchilar tishlarining izlari turli obyektlar: kiyimlar, 
joylanadigan va o‘raladigan materiallar va boshqalarda topilishi mumkin. 
Masalan, ekspertizalardan biriga jabrlanuvchining kiyimi tekshirish uchun 
taqdim etilgan bo‘lib, unda  yirtiq holda teshikli shikast yetkazish va chiziq 
shakldagi yuzaki shikast yetkazish mavjud edi. O‘tkazilgan tekshiruvlar 
natijasida yirtiq hayvon tishlari bilan hosil bo‘lgani, tirnalish 


 289 
ko‘rinishidagi yuzaki shikastlar esa it odamga tashlanganda tirnoqlari bilan 
tirnashi natijasida yuzaga kelgani aniqlangan. Yetkazilgan shikastning 
shakli va kengayib ketishining oldini olish orqali ular hosil bo‘lishining 
to‘liq mexanizmi aniqlangan. 
Amaliyot hayvonlar izlari tadqiqoti ularni farqlash, aniqlash va belgi-
larini baholash nuqtai nazaridan ham qiyinligini ko‘rsatadi. 
Ayolning yo‘qolishi bilan bog‘liq bir jinoyat ishida ekspertizaga yo‘l 
sumkasi, o‘rama (shokolod folgasidan qog‘oz o‘rama )  taqdim etilgan. 
Ekspert oldiga shunday savol qo‘yilgan: «Ko‘rsatilgan predmetlardagi 
qoldirilgan shikast izlari ayiq tishlari izlarimi? «. Ushbu taxmin tergovchi 
tomonidan ilgari surilgan edi, chunki ayol kelgan sihatgoh joylashgan 
o‘rmon hududida oxirgi paytlarda daydi ayiq paydo bo‘lgani ko‘zga 
tashlanayotgan edi. Taqdim etilgan obyektlarga yetkazilgan shikast va 
izlarni taqiq qilish hamda o‘rganish sumkaning yirtig‘i yaqinida 
materialining ustki qismi shikastlangan holda 40 sm. gacha cho‘zilgan yoy 
shaklida chiziq ko‘rinishidagi izlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ushbu belgilar 
shikastlanish hayvon tirnoqlari yordamida hosil bo‘lganligidan dalolat 
beradi. Shokolad qog‘ozi o‘ramasida juft holda joylashgan, kengligi 1–2 
mm. ga yaqin bosilgan izlar aniqlandi. Ayiqning tishlari va panjalarini 
o‘rganish ular o‘lchami o‘rganilayotgan predmetlardagi izlardan bir 
muncha katta ekanligini ko‘rsatdi. Izlarni shakli va  kattaligi  bo‘yicha 
mayda kemiruvchilar tishlari bilan taqqoslash orqali mos kelishi aniqlan-
gan, shunga asoslanib ekspertlar tegishli xulosa qilishgan. Qayd etish 
lozimki, ushbu ekspertizalarni o‘tkazishda ekspert  muayyan qiyinchilik-
larga duch kelingan.  Bu shu bilan bog‘liqki, ekspertga nafaqat mutaxassis-
zoologlardan malakali maslahatlar olish, balki zooparkda hayvonlarning 
tishlari, panjalari va tirnoqlarini ko‘zdan kechirish zarurati paydo bo‘lgan. 
Kriminalistik ekspertiza amaliyotida hayvonni tish izlari bo‘yicha 
identifikatsiya qilish juda kam uchraydi. Biroq, qayd etish lozimki,  
bunday turdagi tadqiqotlarda guruhiy mansublik yoki farqlanishlar 
darajasidagi masalalarning hal etilishi ham sud va tergov uchun  katta 
ahamiyatga ega. Masalan, ekspert tomonidan tish izlari kemiruvchilarga 
emas, balki it yoki mushukka tegishli ekanligini aniqlash va hokazo. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish