2. Qon izlarining tadqiqoti
Shaxsga qarshi jinoyatlarni aniqlashda qon izlari katta ahamiyatga ega
bo‘lib, bunda qon izlari orqali gumonlanuvchilar ichidan ayblanuvchini
aniqlash, jinoyat qurolini aniqlash, jinoyat vaqti va usulini aniqlash
imkoniyatlarini beradi, shunigdek, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtdagi
jinoyatchi va jabirlanuvchining harakatlarini aniqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari shaxsi aniqlanmagan murdalarni va yashiringan
jinoyatchilarni qon guruhlarini aniqlash orqali ularni shaxsini aniqlash
imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
305
Qon izlarini aniqlashda ularni oqishi tezligi, miqdori va rangi, alohida
ahamiyatga ega, shuningdek qon tekkan buyumlar kimyoviy tarkibi va
yuza qatlami e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan obyektlar hisoblanadi.
Qon izlari oqish tezligiga ko‘ra, tomchi yoki dog‘ shaklida, sachrash
ko‘rinishida, oqish holatida va ko‘lmak bo‘lib uchraydi.
Qon tomchisi, tomishi natijasida dumaloq iz hosil bo‘ladi. Tomchi
izlar hosil bo‘lishi ularni qancha balandlikdan tomishi va qanday
tekislikdagi qatlamga tushishiga bog‘liq. Tomchi tomish balandligi 10 sm
balandlikda oddiy dumaloq, 20–40 sm balandlikda dumaloq atrofida
qirralar paydo bo‘la boshlaydi, 50 sm ikkilamchi tomchilar ajrala
boshlaydi, bunday ajralish 2 metrgacha davom etadi, 3 metrga yetganda
tomchilar parchalanishi kamayadi va qirralashadi.
Qon tomchilari harakatda, tomsa uzunchoqsimon aylana hosil qiladi
va o‘zida harakat tomoniga qaragan qirra qoldiradi.
Qon tomchilarining tomishi tekis turmagan yuzaga tushganda, tekis
joyga tushgan alomatlar ikkilamchi sachrashlar, qirralarni hosil bo‘lishi
qolishi mumkin lekin yuza qatlam qaysi tomonga og‘gan bo‘lsa qon
tomchilari shu tomonga oqadi va izli oqish hosil qiladi.
Qon tomchilari singuvchi yuzaga tekkanda shimilish yoki shu yuzaga
singishni keltirib chiqaradi bular yumshoq va par matolar, qog‘oz, tuproq,
qum kabilar bo‘lishi mumkin.
Qon dog‘lari, tomchiga nisbatan ko‘p qon tomishida va qon
yo‘qotayotgan shaxs harakatlanish natijalarida hosil bo‘ladi. Chunki
harakatlanish bo‘lmasa quyulish yuzaga kelib bir joyda ko‘lmak hosil
qiladi. Bunday izlar murdalarni qo‘zg‘atilsa yoki bir joydan boshqa joyga
qo‘zg‘atilganda shuningdek og‘ir yaralangan shaxslarni harakatlanish
yo‘nalishlarida ham iz qoldiradi. Qon dog‘lari surkalish va teginishlarda
ham yuzaga keladi va hodisa sodir bo‘lgan joyidagi harakatlardan darak
beradi. Ular iz qoldiruvchi yuza qism va iz oluvchi yuza qismlarning
shaklidan ko‘rinishidan ham darak beradi.
Qonni sachrab iz qoldirishi, bunda qon tomchisi o‘z og‘irlik kuchidan
tashqari harakatlanish yoki tashqi ta’sir kuchiga asosan sachralishni
keltirib chiqaradi. Bunday ko‘rinishda qon sachrashi o‘zida mayda
tomchilarni va keng joyga yoyilgan sachrashni hosil qiladi.
Qon sachrashidagi izlar, shaklining ko‘rinishi va joylashuvi qon
tomchisi to‘g‘ri tushganda dumaloq shakilchalarni hosil qiladi, biror
tomonga qarab tomidan qolgan izda esa o‘sha tomonga nisbatan cho‘zilish
bo‘ladi.
306
Bundan tashqari, qon sachrashi arterial qon yo‘qotishda, qonga kuchli
ta’sir tegishida, murdalarni maydalashdagi og‘ir harakatlarda, qonga har
qanday tashqi ta’sir orqali ta’sir ko‘rsatishda bo‘lishi mumkin.
Qon oqishi, qon uzluksiz oqishi natijasidagi holatini anglatadi,
bundan tashqari qon oqqan joylardagi hosil bo‘lgan izlarda o‘zining aksini
qoldiradi. Qon izlarining oqishidan qolgan izlarga ko‘ra qon oqish hosil
bo‘lgan tomon, qon oqqan yuza tekisligi yoki qiya joylashgani izlarni hosil
bo‘lish jarayonidan darak beradi va qon oqish jarayonida bo‘lgan
harakatlarni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari qon oqish izlari,
jarohat olgan va hushini yo‘qotgan shaxsni jarohatlaridan oqqan qon
izlarini hosil bo‘lishini ularni bir joyda ko‘lmak bo‘lishi yoki har joylarda
ko‘lmak bo‘lishi orqali aniqlanadi.
Qon izining ko‘lmak hosil qilishi, tanasida qon mavjud bo‘lgan trik
jonizotlardan qon oqishi yoki tomishi natijasida tekis yuza qatlamda
ko‘lmak hosil bo‘lishini anglatadi. Qon oqishida ko‘lmak hosil bo‘lishi,
qon aylanish doirasidan tashqi ta’sir yoki ichki zo‘riqish, shuningdek biror
o‘tkir qasallik natijasida qon oqishi oqibatida hosil bo‘lishi mumkin.
Ko‘lmak hosil qilib qon oqish jarayoni, qon chiqayotgan jarohat va
qon oqishi borib tegayotgan yuza qatlam orasidagi masofa oralig‘iga
bog‘liq, bunda yaqin masofada 1–20 smlarda sachrashlar asosan kuzatil-
maydi, 20sm oshgan oraliqlarda qon ko‘lmak atrofiga sachrash izlari
kuzatiladi.
Shuningdek qon oqayotgan yuza qatlam holati, qonni to‘planishiga
sharoit yaratadigan bo‘lishi ham katta e’tiborga ega, chunki qiya yuzalarda
qon bir joyga to‘planmaydi va qiyalik tomonga oqadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joylarida topilgan murdani joylashuvi, qon
oqish joylashuvi va tarkibi bir-biriga muvofiq kelishi lozim aks holda, bu
qon izi yoki tarkibi, murdaga tegishli emasligidan darak beradi. Bunday
holatlarda murdani joyi o‘zgartirilganini aniqlash, keyingi ishlarni davom
ettirishda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.
Qon izlarini qayd etish, hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechi-
rishda bayonnomaga qayd etiladi va JPKning 91-moddasi talablaridan
kelib chiqqan holda, tasvirga tushuriladi va bayonnomaga ilova qilinadi.
Qon izlarini hodisa sodir bo‘lgan joyida tasvirga olishda, foto
qurilmalar va video qurilmalar vositalari orqali (fotosuratga olish qoidalari
bo‘yicha) keng ko‘rinishli, alohida buyumlarga bog‘lab, qismlarga ajratib
va o‘lchamli tasvirga (panorama) olish tavsiya etiladi. Qon izlarini keng
ko‘rinishli va alohida buyumlarga bog‘lab tasvirga olishda qon izlari
ta’sirlangan harakat tomoniga qaratib, raqamli belgilar bilan balgilab
qo‘yiladi.
307
Qon izlarini qismlarga ajratib va ulchamli tasvirga olishda, qon izlarini
alohida ajratib yo‘nalishli ko‘rsatkich raqamlar bilan qo‘shib tasvirga olish
mumkin. Bundan tashqari, qon izlarini ulchamli tasvirga olishda,
yo‘nalishli raqamlar bilan birga ulchagich qo‘yib, kattalashtirib tasvirga
olish mumkin. Bunday tasvirga olishda qon izlarining asl qo‘rinishi,
atrofidagi sachragan qon izlari bundan tashqari tegishli har qanday element
tasvirga olinishi va qayd etilishi lozim. Tasvirga olishda shuni alohida
e’tiborga olish kerakki tasvirlar ketma ketligi, ko‘rinish maydoni va
tiniqlik sifatli bo‘lishi, keyinchalik ish holatlari bilan tanishishda, hodisa
sodir bo‘lgan joyni asl ko‘rinishini aniqlashga imkon beradi.
Qon izlari yoki unga o‘xshash izlarni qayd etishda quyidagilarga
etibor berish lozim:
— nomini to‘g‘ri tanlash;
— shaklini to‘g‘ri yoritish;
— o‘lchamini aniq ifodalash (izlar dorirasi va qon oqqa joygacha);
— joylashuvini to‘g‘ri belgilash (iz oluvchi va qoldiruvchini);
— qon tekkan yuzani aniq ifodalash (qum, mato, nam, quriq,);
— qon izidagi qonni quruqlik darajasini ko‘rsatish;
— oqish tomonini aniq belgilash;
— qon yoki boshqa modda ekanini va undagi o‘zga moddalarni aniq
tasvirlash.
Qon izlarini topish va ular bilan ishlash, sinchkovlikni talab etadi va
qon yoki qonga o‘xshash izlarni ko‘zdan qochirmaslikni talab etadi.
Buning uchun hodisa sodir bo‘lgan joyini tekshirishda, sinchkovlik bilan
qon yoki qonga o‘xshash izlarni aniqlashda, qizil rangli dog‘lar, qizg‘ish
yoki sarg‘ish rangli dog‘lar mavjudligiga e’tibor qaratish lozim. Chunki
qon izlari har xil rangda (tuq jigarrang, kulrang, qoramtir, och sariq,
yashilga o‘xshash) bo‘lishi mumkin.
Eski qon izlari kulrang, qoramtir tus oladi, yangi qon izlari qizil, to‘q
qizil rangda ko‘rinadi biroz turib qolish oqibatida, qon izlari jigarrang
ko‘rinishga kiradi, shuningdek mog‘orlash oqibatida qon izlarida
yashillashish ro‘y beradi.
Asosan, hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirishda, oddiy ko‘z
bilan tekshiruv o‘tkaziladi, ammo mayda va to‘q rangli buyumlardagi qon
izlarini aniqlash uchun maxsus yoritkichlar va qon izlarini kattalishtirib
ko‘rish imkonini beradigan texnik vositalar ijobiy natijalarga erishish
imkonini beradi.
Qon izlarini boshqa buyumlar bilan birga yoki buyumlar zarralari
bilan aralash kelganda, qon analizlari o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
308
Bunda qon izi mavjud deb taxmin qilingan izni laboratoriya tekshiriuvi
uchun tibbiyot mutaxassislariga jo‘natish lozim.
Hodisa sodir bo‘lgan joyini o‘zida, qon yoki qonga o‘xshash izlarni
kimyoviy vositalar bilan ta’sirlantirib, qon izligini aniqlash tavsiya
etilmaydi, chunki qon izlari labaratoriya tekshiruvlaridagina mukammal va
to‘lik tadqiq etish natijalarini beradi. Shuningdek, kimyoviy ta’sirlar qon
tarkibiga jiddiy ta’sir etib keyingi labaratoriya tadqiqotlariga yaroqsizlikni
keltirib chiqarishi ham mumkin.
Dalil sifatida qon izlarini olish, to‘liqlik va bezararlikni talab etadi.
Qon izini olishda uni qanday buyumdaligi katta ahamiyatga ega, chunki
qon izini olishda qon iziga zarar keltirmay, uning joylashuv holatini
buzmasdan harakat qilish kerak. Agar qon izini alohida o‘zini olishni iloji
bo‘lmasa, qon izi tekkan buyum bilan birga yoki buyumdagi qon tekkan
joyni o‘zi buyumning bir qismi bilan olinishi mumkin.
Agarda qon izini tekkan buyum bilan olishni iloji bo‘lmasa,
tozalangan suvda, qon iziga teng quruq tozalangan dokadani namlab, qon
iziga yaxshilab ishqalash va qon shimilishiga erishish lozim, shundan
so‘ng qon izi shimitilgan doka bo‘lagini, xona haroratida quritib, qog‘oz
konvertga o‘raladi.
Qon izlari qorda qumda tuproqda yoki boshqa qatlamda nam, hul
holatda uchrasa, xona haroratida quritiladi va daliliy ashyo sifatida maxsus
idishga joylanadi yoki qog‘oz konvertga o‘raladi. Shuningdek, qon izi
tekkan qatlam moddasidan nazorat uchun tekshirishga olish mumkin.
Qon izlarini politelin idishlarga olish tavsiya etilmaydi, chunki qon
zichligi buziladi, namlig ajralishi o‘zgaradi. Shuning uchun qon izlarini
alohida qog‘oz konvertlarga joylashtirib hodisa sodir bo‘lgan joyning
tavfsiloti va olingan iz, iz joylashgan buyum, iz haqidagi ma’lumotlarni
ushbu jarayondagi ishtirokchilar – xolislar, ekspert, tergovchi birgalikda
imzo chekib, sanani belgilab, muhrlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |