301
yuzaga kelgan oqibatlarga qaratilgan tomonlarni o‘rganishga katta e’tibor
qaratadi. Bunda avvalo ekspertiza tadqiqotlariga quyidagi savollar
qo‘yiladi:
O‘lim mexanik bo‘g‘ilishdan kelib chiqqanmi?
O‘lim sirtmoqdan bo‘g‘ilishdan kelib chiqqanmi?
Agar murdaga sirtmoq o‘limdan keyin solingan bo‘lsa o‘limning
sababi nima?
Murdada sirtmoqning xolati va joylashuvi qanday?
Bunda osilish yoki bo‘g‘ilish alomati bormi?
Sirtmoqda murda qancha vaqt bo‘lgan?
Sirtmoq qanday birikmadan yasalgan ( metal, rezina paxta tolasi, ipak,
va x.k.)?
Sirtmoq maqsadiga ko‘ra nimaga qaratilgan?
Sirtmoq qanday usulda bog‘langan?
Sirtmoqni xuddi shunday bog‘lash uchun alohida bilim talab
etiladimi?
Tadqiqotga berilgan sirtmoq bilan taqqoslashga berilgan
sirtmoq bir
xil bog‘langanmi?
Murda, o‘limiga qadar, ushbu sirtmoqni o‘zi bog‘lay olganmi?
Ekspertiza tadqiqotlariga sirtmoqli ashyolar, gumonlanuvchilar,
jabrlanuvchilar yoki mutaxassislar tomonidan o‘xshash qilib bog‘lash
orqali sirtmoqli bog‘lamni tadqiqotga jo‘natish yoki ilgarigi jinoyat
ishlariga aloqador sirtmoqli bog‘lamlar, tadqiqotga taqdim etilishi ham
mumkin.
Bunday sirtmoqli bog‘lamlarni tayyorlish, aynan o‘xshash material va
bir xil bog‘lam bo‘lishini talab qiladi. Shuningdek ilgari sodir etilgan
jinoyatlarga aloqador sirtmoqli bog‘lamlar yoki o‘xshash bog‘lamlar
tadqiqotga taqdim etilishi mumkin.
Sirtmoqlarni bog‘lashga doir ekspertiza o‘tkazish trasologik eksper-
tizaga taalluqli bo‘lib o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
– dastlabki tadqiqot;
– alohida tadqiqot;
– taqqoslash tadqiqoti;
–
xulosalarni shakillantirish;
– xulosani rasmiylashtirish.
Dastlabki tadqiqot bosqichida, qismida ekspert ekspertiza o‘tkazish
to‘g‘risidagi qaror bilan tanishadi va ekspertizaga taqdim etilgan ashyolar
butligini va ularga zarar yetmaganligini tekshiradi. Agar zarurat yuzaga
kelsa ekspert qo‘shimcha materiallari (hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan
302
kechirish bayonnomasini, murdani hodisa sodir bo‘lgan joyidagi
fotojadvalini yoki videoyozuvini) talab qilishi mumkin
Shuningdek ekspert tadqiqotga taqdim etilgan obyektni hodisa sodir
bo‘lgan joyidan topilganidagi asl holati o‘zgarmaganmi, sirtmoq bog‘lami
bo‘shatilmaganmi, bog‘lam o‘zgartirilmaganmi, bog‘lamni tadqiqotga
qadar saqlanish talab darajasida bo‘lganmi degan savollariga ekspertizaga
qaror jo‘natgan xodimdan javob olishi va o‘z
tadqiqotlariga oydinlik
kiritib olishi kerak.
Alohida tadqiqot bosqichida, obyektga umumiy va asosli tavsif beradi,
bunda sirtmoq yasalgan birikma, uning ko‘rinishi, turi, rangi, zichligi,
uzunligi, boshi va oxirining ko‘rninishlarini, uning alohida belgilarini va
sirtmoq bog‘langan arqonning bog‘langan joyi, uning qaysi qismida
joylashgani ko‘rsatiladi. Shuningdek arqonni umumiy chidamliligi va
bog‘lamni qanday darajada bog‘langan zichligini uning naqshlari bo‘lsa
naqshlari ko‘rinishini qo‘rsatib beriladi.
Sirtmoqni tadqiq etishda tekis toza joyda yetarli yorug‘lik bor xonada
ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq avvalo uni tasvirga olish lozim.
Shundan so‘ng bog‘lanish usulini tekshirish va bog‘lash amalga oshirilgan
uslubini aniqlash lozim bunda ung yoki chap tomondan boshlanganligini
aniqlash katta ahamiyatga ega. Shuningdek arqonning bo‘g‘imlarini unga
tegishli elementlarini, elementlarni katta kichikligi
masofasi va sonini
aniqlash lozim.
Sirtmoq bog‘langan usulni aniqlash uchun tegishli manbalar (qo‘llan-
malar, darsliklar va x.k.lar ) dan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sirtmoq bog‘langan uslubni aniqlash uchun eksperiment o‘tkazish va
mutaxassis yordamidan foydalanish lozim.
Sirtmoq bog‘lash usullarining keng tarqagani oddiy sirtmoqlar bo‘lib
ular turlisa otma sirtmoq, tuzoq, osma sirtmoq kabilar bo‘lib dengizchi,
baliqchi, chorvadorlar va ovchilar ko‘p foydalanadi.
Murakkab sirtmoqlar turkumiga, tibbiyotda, alpinizmda, o‘t o‘chiruv-
chilikda, elektr quvvati xodimlari, ovchilar, chorvachilar tomonidan
qo‘llanadigan sirtmoqlar kiradi: kurmak,
siqma sirtmoq, dengizcha
sirtmoq, osma sirtmoq, baliqchi sirtmoq, tugun sirtmoq (qarang. 1-6-
rasmlar.).
1-rasm. Kurmak bog‘lash.