22
Birinchi, variantda tatqiqotchi noma`lum tilda, biroq ma`lum Yozuvda bitilgan xat yoki xujjatni tushunib olishi va
o’qishi kerak. Masalan, xett mixxtida yozilgan matn va etrusk tilini yoki bizga yanada tanishroq misol – Portugaliyada lotin
alifbosidan foydalanishni olaylik. Agar portugal lug’ati va grammatikasi bo’lmasa, portugalcha matnni qanday qilib o’qish
mumkin? Buning uchun tatqiqotchi so’zlarning ma`nosini tushunishi va gramatik formalarini bilishi lozim.
Ikkinchi
variantda,til aniq ma`lum yoki ma`lum deb xisoblanadiyu, lekin matn noma`lum Yozuv bilan bitilgan,
masalan, Kiprning tuginli sistemasida yozilgan Yunon Yozuvi yoki oddiy misol: siz nemischani tushunasiz,
biroq faqat
lotincha harf (shriftni) o’qiy olasiz va got harflarini bilmaysiz. Bu erda tatqiqotchiga bir xil belgilar sistemasini boshqa xil
sistemaga o’tkazishga to’g’ri keladi.
Nixoyat uchinchi, oxirgi variant sizga til ham, Yozuv ham noma`lum. Bu tatqiqot eng qiyin
biroq eng jozibali xol
albatta. Bunda tatqiqotchi bir xil Yozuv sistemasini boshqa sistemaga o’tkazishi va ma`nosini tushunib olishi lozim. Bu vaqtda
yordamchi fanlarning imkoni boricha barcha ilmiy vositalarining yordami zarur. SHuning uchun, mas alan, Xett mixxatida
yozilgan matnni o’qish bilan Misr ierogliflari yoki mixxatni o’qishni bir darajaga qo’yib bo’lmaydi.
Noma`lum matnni o’qish, ya`ni deshifrovka qilishning eng barakali vositasi –
bilingva dir, ya`ni
turli tillarda
yozilgan biroq ozmi-ko’pmi bir xil mazmunga ega bo’lgan ikki parallel matndir.
Masalan, rus va o’zbek tillarda yozilgan e`lonlar bunga misol bo’la oladi. Agar bilingva bo’lmaganid a Misr
ierogliflarini ham Bobil mixxat larini ham o’qib bo’lmas edi.
Agar bilingvalar bo’lmasachi, unda nima qilish kerak?
Bunda yuqorida ta`kidlaganimizdek tatqiqotchiga qo’l keladigan barcha variantlardan foydalaniladi.
Lekin Shunday xolatlar ham bo’ladiki, eng ishonchli bo’lib, ko’ringan bilingva ham Yozuvni o’qishga yordam
berolmaydi, masalan:
Bunday bir necha yil ilgari Likiya bilingvalari topildi. mil.avv. bir necha asr davomida bu po dsholik gullab
yashnagan. Bilingvalarning topgan tatqiqotchilarning quvonchi ichiga sig’mas edi. Axir shu paytgacha Likiyakiliklar Yozuvni
o’qish imkoni bo’lmagan edida. Biroq olimlar
bexuda quvonishgan ekan, topilgan narsalar bilingva emas,balki Likiyaliklar bir
necha so’zdan iborat yozib qoldirgan qabrtoshlarlar bo’lib chiqdiki, bu so’zlar lug’at tuzish uchun kamlik qilar edi.
1974 yili Turkiyaning Janubida Frants uz arxeologlari balandligi bir metrdan sal oshiqroq tosh devorni topishadi.
Dvorga ikki tilda emas, balki bir yo’la uch tilda:Likiyaliklar,qadimgi Misrliklar va Oromiy tilida bitilgan Yozuv –
tirilingva ni
ko’rib olimlarning sevinchi to’lib toshdi. Oromiy Yozuvi qadimgi Yunon Yozuvi kabi yaxshi o’rganilgan edi. U qadimgi Eron
imperiyasida davlat tili vazifasini o’tagan.
Shunday qilib, tatqiqotchi Yozuvni o’qishga kirishar ekan, avvalo Yozuv sistemasining
umumiy xususiyatini
aniqlaydi. U oxirgi satrning to’ldirilmay qolgan qismidan, Yozuvning yo’nalishini bilib oladi, so’zlarning bo’laklarga ajralishi
ajralmasligini
aniqlaydi, bo’laklarga ajratilgan taqdirda bo’laklar qanday belgilar: chiziqcha, nuqta, ikkita nuqta va xokazolar
bilan muntazam takrorlanayotganligiga e`tibor beradi.
So’ngra belgilar sonini belgilab chiqadi. SHunga qarab, u qanday Yozuv: harfli,bo’g’inli,
ideografik yoki aralash
Yozuv bilan ish ko’rayotganligini bilib oladi. ? Belgilari soni 30 tadan kam bo’lgan Yozuvning harfli sistema bo’lishidan
ko’ra, bir necha yuz belgidan iborat, Yozuvning esa murakkab bo’g’inli sistema bo’lishi aniqroqdir.
Tatqiqotchi atoqli otlarni bilingva yordamida (agar bo ’lsa) birinchi navbatda topadi. Ular olimni noma`lum
Yozuvga olib kiradigan so’qmoq yo’l bo’lib xizmat qiladi,masalan, V.Tomson Urxun Enisey bitigtoshlardagi Yozuvlar ichidan
birinchi bo’lib,
―Turk‖, ―Tangri‖ so’zlarni o’qiydi. Bilingva bo’lmagan xollarda noma`lm tilda yozilgan tekstni o’qib
tushunishi uchun quyidagi ikki usuldan foydalaniladi.
Birinchi - kombinatsiyaga asoslangan usul,bunda Yozuv o’qilayotgan ( lekin tarjima qilinmagan) , tekstidan kelib
chiqayotgan qonuniyatlar asosida tushuntiriladi va sharhlanadi.Turli guruxdagi belgilarning tuzilishi va o’zgarishini, umuman
tekstning tuzilishini, jumlaning asosiy bo’laklari qanday o’rin egallganligini
kuzata borib, keyin xulosa chiqariladi.
Ik k inchsi - etimologik usul. Bu usul o’qitilayotgan tekstdag i so’zlarni taxlil qilingan qardosh tildagi so’zlarga
taqqoslashga asoslangan, biroq bu usulni qo’llash uchun mazkur ikki tilning qardoshligini isbotlaydigan jiddiy dalillar zarur .
Harf (belgi)lar shaklining o’xshashligi etarli dalil bo’la olmaydi, masalan: ruscha ―N‖ bilan lotincha ―N‖ ning shakli bir xil
lekin ular har xil o’qiladi.
Yozuvchi har qanday kontekstda o’qish mumkin bo’lgandagina deshifrovkani nixoyasiga etgan deb xisoblash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: