Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


Xalqaro  sudlar  va  arbitrajlar  qarorlari  —  xalqaro  huquqning  man-



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Xalqaro  sudlar  va  arbitrajlar  qarorlari  —  xalqaro  huquqning  man-
bai.
Xalqaro  sudlar  va  arbitrajlaming  qarorlari  nizoda  o'ziga  nisbatan 
qaror  chiqarilayotgan  tom on  uchungina  majburiy  kuchga  ega  bo'ladi. 
Ammo  BMT Xalqaro sudining qarorlari,  odatda,  yangi  normalarni  ish­
lab  chiqishda  e’tiborga  olinadi,  sudlar  va  arbitrajlaming  dalil-isbotlari 
esa  ko'p  hollarda bunday  nizolarda  tom onlam ing  pozitsiyasini  asoslash 
uchun  ishlatiladi.
9-§.  Davlatlarning  bir  tomonlama  hujjatlari
Davlatlarning bir tomonlama aktlari  miqdor jihatidan xilma-xil bo'lib, 
ular  xalqaro  huquq  ijodkorligida  muhim  o'rin  tutadi.  Bu  aktlarni  bir 
necha  guruhga  ajratish  mumkin.
Birinchi guruh: davlat tomonidan  chiqariladigan  va boshqa  davlatlar 
uchun  muayyan  oqibatlarga  ega  bo'lishi  mumkin  bo'lgan  aktlar.  Buni 
davlatlarning Jahon okeanida o'z huquqi va yurisdiksiyasini o'rnatishiga 
qaratilgan  bir  tom onlam a  aktlar  misolida  tushuntirish  mumkin.  M asa­
lan,  davlat  okean  orqali  o'tadigan  (xuddi  Rossiyaning  Kamchatka shar­
qiy  sohili  bo'ylab  o'tgan  dengiz  chegarasi  kabi)  o 'z  chegara  chiziqlarini 
e’lon  qiladi.  Bu  aktning  ta ’sir  kuchi  asosida  sohilbo'yi  davlati  ochiq 
dengizdan,  ya’ni  davlatlar  umum  foydalanadigan  dengiz  maydonidan 
tegishli  qismini  egallab  oladi.  Ayni  chog'da,  ana  shu  hududga  bevosita 
tutash boshqa davlat mavjud bo'lmasa,  demak sohilbo'yi davlati bu borada 
qo'shim cha  muzokaralar  o'tkazishga  majbur  emas.  Shu  bilan  birga, 
sohilbo'yi  davlatining  ushbu  akti  boshqa  davlatlar  uchun  baliq  ovlash, 
boshqa  xil  tabiat  zaxiralariga  egalik  qilish,  shuningdek,  hududiy  dengiz 
deb  e ’lon  qilingan  suvlarda  suzish  chog'ida  sohilbo'yi  davlati  qonun- 
chiligiga  amal  qilish  kabi  majburiyatlarni  yuzaga  keltiradi.
Ammo  sohilbo'yi  davlatining  tegishli  tartibda  chop  etilgan  mazkur 
aktiga  nisbatan  boshqa  davlatlar  tom onidan  noroziliklar  kelib  tushm a-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan  taqdirdagina  xalqaro  huquqning yangi  normasi  vujudga  kelgani  ha­
qida  gapirish  mumkin.  Bunday  hollarda  sohilbo'yi  davlatining  bir  to ­
m onlama  akti  e ’tirozsiz  tan  olinganining  qayd  etilishi  o'rinli  bo'ladi. 
Bu  —  bir tom onlam a akt bilan o 'z-o'zidan normalar darrov yaratilaver- 
maydi,  deganidir.  Bu  holda  ham  norma  bitim  yordamida  yaratiladi, 
bitim  esa  bir  tom ondan,  bir tomonlam a  akt  tuzilishi,  ikkinchi  tom on­
dan,  uning  sukut  saqlash  ko'rinishidagi  tan  olishi  tufayli  tashkil  topadi.
Xalqaro-huquqiy  amaliyot  shuni  ko'rsatmoqdaki,  davlatlar  o'zlari 
uchun yuridik oqibatlarga ega bir tomonlama aktlar, agar mavjud xalqaro 
huquq normalariga asoslangan bo'lsa, bunday aktlami tan olishga ko'proq 
moyildir.  Aytaylik,  12 dengiz  mili  kengligida,  BMTning  Dengiz  huquqi 
bo'yicha  konvensiyasida  ko'zda  tutilganidek,  hududiy  dengiz  chega­
ralarini belgilash yoki odatiy huquqda mustahkamlanib qolganidek,  che­
gara daryosining o'rtasidan chegara chizig'i o'tkazish biron-bir e ’tirozga 
sabab  bo'lmaydi.
Ikkinchi guruh:  bayonotlar,  notalar,  davlat  rahbarlarining  chiqish- 
lari  va  boshqalar.  Bunday  aktlardan  istalgani  davlatning  zimmasiga  ba- 
yonot  berilganiga  muvofiq  tarzda  yo'l  tutish  bo'yicha  muayyan  maj­
buriyatlar  yuklaydi.  Tinch  okeani  orollaridagi  Fransiya  yadro  quroli 
sinovlari  bo'yicha  ishni  ko'rib  chiqishda  BMT  Xalqaro  sudi  fransuz 
hukumati  sinovlami  to'xtatish  to'g'risida  bergan  bayonotning  yuridik 
ahamiyatiga e ’tibor qaratdi.  Sud  tomonidan  fransuz  hukumati  bayonoti 
uning  uchun  xalqaro-huquqiy  majburiyatni  yuzaga  keltirishi  belgilandi. 
Bu  kabi  bayonotlar  yuridik  yoki  faktik  holatlarga  nisbatan  huquqiy 
m ajburiyatlar  yaratishga  qodirligidan  kelib  chiqib,  ushbu  holatning 
um um e’tirofga  molik  ekani  ta’kidlandi.
Bayonot berayotgan davlatning  maqsadi  ushbu bayonot  uning shart- 
lariga  muvofiq  tarzda  majburiy  tus  olishidan  iborat  bo'lgan  hollarda 
tegishli  bayonot  yuridik  majburiyat  hisoblanadi.  Biroq  bu  m utlaqo  — 
davlatning  xohish-irodasiga  bog'liq  va  u  o 'z   majburiyatlarini  o'zi  ista- 
gan  paytda  bemalol  bekor  qilishi  mumkin,  degani  emas.  Sud  tom oni­
dan huquqiy majburiyatlaming yaratilishi va ijro etilishini tartibga soluvchi 
prinsiplardan  biri  halollik,  vijdoniylik  prinsipi  ekani  qayd  etildi.
Shunday  qilib,  manfaatdor davlatlar bir tomonlama  deklaratsiyalar- 
ni  e ’tiborga  olishi  va  ularga  ishonch  bildirishi  mumkin  va  shu  tariqa 
yuzaga  keladigan  majburiyatlar  hurmat  qilinishini  talab  etishga  haqli- 
dir.
Bunday  aktlar bayonot  bergan  davlat  uchun  majburiyatlarni  yuzaga 
keltirishi  barobarida,  boshqa  davlatlarga  huquq  va  shu  huquqdan  foy­
dalanish  shartlarini  vujudga  keltiradi.  Huquqdan  foydalanishga  rozilik 
bildirgan  tom onlar  tegishli  shartlarni  ham  bajarishga  majburdir.
Xalqaro-huquqiy amaliyot boshqa davlatlar o'zlariga qo'yilgan shart -
www.ziyouz.com kutubxonasi


larni  buzgan  hollarda  bir  tomonlam a  majburiyatdan  bosh  tortishning 
qonuniyligidan  kelib  chiqadi.  Misol  uchun  Sobiq  SSSR,  AQSH  ham  
shu  yo‘ldan  borishi  sharti  bilan  yerosti  yadro  sinovlarini  amalga  oshir- 
maslik  yuzasidan  o ‘z  zimmasiga  bir  tom onlam a  majburiyat  olgandi. 
Q o‘shma Shtatlar tom onidan yadro sinovlari o'tkazilganidan so‘ng SSSR 
hukumati  1986-yil  aprelida  bundan  keyin  o ‘zini  zimmasiga  olgan  maj- 
buriyatidan  ozod,  deb  hisoblashi  to ‘g‘risida  bayonot  berdi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish