Odat — xalqaro huquq manbai.
Odat BMT Xalqaro sudi statutining 38-moddasida «huquqiy norma
sifatida qabul qilingan umumiy amaliyot»ning dalili, deb belgilangan.
B unda ikkita xususiyatini — um um qabul qilingan xulq -atv orni,
shuningdek, uning yuridik norm a (opinio juris) sifatida tan olinganini
ko'rish mumkin.
Xalqaro odat normasi — ko'p yillar davomida hamma tom onidan
qo'llanib kelinayotgan yurish-turish qoidalaridir. Xalqaro odatning uch
asosiy xususiyati mavjud:
birinchisi, xalqaro odat normalari uzoq vaqt davomida qo'llanilgan;
ikkinchisi, xalqaro odat normalari xalqaro huquq subyektlari to m o
nidan tan olingan;
uchinchisi, xalqaro odat normalari huquqiy majburiyligi tan olingan.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida odat normalarining ikkita turi
mavjud.
Birinchisi, a n ’anaviy, am alda yozma holda bo'lmagan, biroq yu
ridik kuchi tan olingan odatdagi qoidalardan iborat.
Ikkinchisi — xalqaro odatning yangi turi bo'lib, uning tarkibiga
uzoq m uddatli amaliyot davomida yaratiladigan emas, balki bir nechta,
hatto bitta hujjatda mavjud bo'lgan va qoida sifatida tan olingan nor
m alar kiradi.
Ikkinchi turga m ansub n o rm a lar avval sh artno m alarda yoxud
xalqaro kengashlar va tashkilotlar qarorlari kabi nohuquqiy hujjatlarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
shakllanadi, keyinchalik esa ularning um um iy xalqaro huquq n o rm a
lari degan m aqom i e ’tiro f etiladi. Yuridik jihatdan bu norm alar odat
sifatida mavjud b o ‘lsa-da, tegishli hujjatlar ular m ohiyatining dalili
bo‘lib xizmat qiladi.
Xalqaro tashkilotlar aktlari odatlarga yangi kuch bag‘ishladi. Ana
shu aktlar ko‘magida odat normalari shakllanadi, qayd qilinadi, talqin
etiladi, hayotda qo'llaniladi. Ular tufayli odatning qator an ’anaviy nuq-
sonlarini bartaraf etishga muvaffaq bo'lindi. Endilikda odat anchagina
tez, puxta va pishiq shakllarda yaratiladigan bo'ldi, uning m azm uni
ham ham m a uchun tushunarli tus oldi. Xalqaro tashkilotlar rezolyutsi-
yalari odatning amaldagi tasdig'ini topishida ko'maklashadi, uning m az-
m un-m ohiyatini yangi shart-sharoitga shunday moslashtiradiki, nati-
jada odatning hayot bilan bog'liqligi m ustahkamlanib boradi.
Odatning shakllanish jarayonini anglash uchun ikkita asosiy tushun-
chani aniqlashtirib olish kerak:
birinchidan, amaliyotni;
ikkinchidan, yuridik kuch (opinio juris) sifatida e ’tirof etilishini.
Amaliyot subyektlar, ular organlarining harakatini yoxud harakat-
dan tiyilishini anglatadi. Amaliyot yetarlicha aniq, bir xil bo'lishi kerak
ki, toki undan umumiy qoida chiqarish mumkin bo'lsin. Odatni belgi-
lashda subyektlar pozitsiyasi, nuqtayi nazari yetarlicha aniq-ravshan ifoda
etilgan amaliyot shakllari (bayonot, nota, kommyunike, xalqaro tashki
lotlar rezolyutsiyalari) tobora katta ahamiyat kasb etayotir.
Amaliyotning davomiyligi odatni tan olishda hech qachon hal etuv
chi ahamiyat kasb etmagan. Ko'p narsa aniq shart-sharoitga bog'liq
bo'ladi. Keskin o'zgarishlar yuz bergan va paysalga solmay hal etishni
taqozo qiluvchi yangi m uammolar paydo bo'lgan paytlarda odat nor
masi yagona pretsedent, hodisa natijasida ham shakllanishi mumkin.
Ilk Yer sun’iy yo'ldoshining uchirilishi va bunga nisbatan davlat-
larning sukut saqlashi chet davlatlar hududlari ustidan fazoda (kosmos-
da) bezarar parvoz etish huquqi to'g'risida odat normasining paydo
bo'lishiga olib keldi. Natijada amaliyot va opinio juris munosabatlarida
o'zgarish yuz berdi. Agar ilgari ulardan birinchisi muhim mavqe egallab
turgan bo'lsa, endilikda bu mavqega ikkinchisi egalik qila boshladi.
Xalqaro huquqning umumiy normalarini shakllantirishda protest (no-
rozilik) alohida ahamiyat kasb etadi. Protest bildirilmadimi, demak,
davlat yangi odat normasiga rozi.
Xalqaro-huquqiy amaliyotda xalqaro shartnom alar eng aniq va n u
fuzli dalil sifatida xizmat qiladi. Kodifikatsiyalash odat huquqini siqib
chiqarish va shartnom a huquqi bilan almashtirishga olib kelmaydi. Odat
normasi kodifikatsiya konvensiyasiga kiritilganidan keyin ham o'zining
awalgi shaklida mavjud bo'lib qolaveradi. Bunday hollarda m azmunan
www.ziyouz.com kutubxonasi
bir-biriga muvofiq ikkita norma — shartnoma va odat normalarining
yonm a-yon mavjud bo'lishi va amal qilishini kuzatish mumkin.
Amaliyotni belgilash, odat normalarini shakllantirish borasida BMT
Xalqaro sudi alohida o 'rin tutadi. Davlatlar sudlarining xalqaro huquq
normalarini qo'llashdagi mavqei ham o'sib bormoqda. U lar faoliyati
ning natijasi o'laroq, amaliyot odat normalarining dalili sifatida tobora
katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Jami xalqaro-huquqiy tizimlaming o'zagi hisoblangan va ta ’sir doirasi
barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni qamrab olgan umumiy xalqaro
huquq odat norm alaridan iboratdir.
Shuningdek, partikulyar, ya’ni ayricha odat ham mavjudki, u chek-
langan doiradagi davlatlarning alohida m anfaatlarini ifodalaydi. Shu
bois bunday xalqaro-huquqiy odatning shakllanishi barcha m anfaatdor
davlatlarning roziligini taqozo etadi.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro-huquqiy odat deganda, xalqaro
amaliyotda shakllanib ulgurgan va xalqaro huquq subyektlari to m o n i
dan yuridik majburiy ekanligi tan olingan yurish-turish qoidasi tushuni
ladi. Xalqaro odat aynan davlatlar amaliyoti natijasida tashkil topadi,
bunda u huquqiy norm a sifatida tan olinishi orqali xalqaro-huquqiy
odat normasi, degan mazmun kasb etadi. Bunday norm a xalqaro odat
shaklida o'zining tashqi ifodasiga ega bo'ladi.
Xalqaro-huquqiy normalar yaratishning shartnomaviy shaklidan farqli
o'laroq, xalqaro-huquqiy odat tegishli qoidalar shakliga mos holda aniq
ifoda etilgan yuridik hujjat sifatida namoyon bo'lm aydi. U xalqaro hu
quqning barcha yoki ayrim subyektlari o'rtasida takrorlanadigan xalqaro
harakatlar samarasi o'laroq, yuzaga keladi va aniq shaklga ega nor-
m adan ko'ra muayyan xulq timsolida ko'proq namoyon bo'ladi. Bu
ning natijasida davlatlarning ziddiyatli va m untazam o'zgarib turadigan
amaliyotida xalqaro odat huquqi normalarini bo'laklarga ajratish aksar
hollarda o 'ta qiyinchilik bilan kechadi.
Xalqaro-huquqiy odatga xos jihatlarga uning uzoq muddat qo'llanishi
va xalqaro m unosabatlar ishtirokchilari uchun yuridik majburiy kuchga
egaligiga nisbatan ishonch mavjudligi kiradi. Bunda xalqaro huquq sub
yektlari amaliyotining uzoq muddatliligi nisbiy ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zam on xalqaro munosabatlarida odat normalarini (masalan,
xalqaro kosmik huquq) qisqa muddat oralig'ida yaratish tajribasi mavjud.
Xalqaro-huquqiy odat xalqaro huquq manbayi sifatida tan olinishi
nuqtayi nazaridan universal (umumiy) yoki cheklangan doiradagi xalqaro
m unosabatlarda tan olinishi nuqtayi nazaridan partikulyar (mintaqaviy
yoxud mahalliy) bo'lishi mumkin. Oxirgi holatda xalqaro-huquqiy odat
xalqaro huquqning um um e’tirof etilgan prinsiplariga (jus cogens) zid
kelmasligi kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi zamon xalqaro huquqida odat normalarining ikki turi mavjud.
Birinchisi a n ’anaviy bo'lib, amaliyotda yozilmagan qoida sifatida shakl-
langan va yuridik kuchga egaligi tan olinadi. Ikkinchisi — yangi tur,
unga uzoq muddatli amaliyot chog'ida yaratiladigan emas, balki bir
necha yoki bitta hujjatdagi qoidalarni xuddi shu m azm unda tan olish
orqali yuzaga keladigan normalardir. Xalqaro odatlar birinchi navbatda
davlatlar amaliyotida yaratiladi. Odat normalarining yaratilishida hozirgi
davrda xalqaro tashkilotlar qarorlari ham muhim rol o'ynaydi. Xalqaro
tashkilotlar o 'z faoliyati jarayonida odat norm alari yaratilishi uchun
ham ko'm aklashishi mumkin. Bunga misol sifatida BM T Xavfsizlik
kengashi doimiy a ’zolarining ovoz berishdan tiyilib turish amaliyotini
aytsak bo'ladi.
Xalqaro-huquqiy odatni xalqaro-huquqiy odatiylikdan farqlash lo
zim. Xalqaro huquq nazariyasida odatiylik deganda, davlatlarning yu
ridik majburiy kuchga ega bo'lmagan um umiy amaliyoti tushuniladi.
Odatiylik asosan ayni shu jihati bilan xalqaro-huquqiy odatdan farqla
nadi. Xalqaro takalluf ko'rsatish normalari ham odatiylikka kiradi. Elchi-
lik va dengiz tantanali marosimlari (xususan, davlat rahbari yoki huku-
mat boshlig'ini kutib olish tantanali marosimi; ochiq dengizda kema-
lam ing o'zaro mushakbozligi) odatiylikka yana bir misoldir. Odatiylik
xalqaro huquq normasi sifatida namoyon bo'lishi mumkin (ya’ni, bar
cha xalqaro muomala ishtirokchilari uchun yuridik majburiylik kuchiga
ega xulq qoidasi sifatida namoyon bo'lishi m umkin). Buning uchun
odatiylik xalqaro-huquqiy odatga yoki huquqning shartnomaviy nor-
masiga aylanishi kerak bo'ladi.
T a ’kidlash joizki, hozirgi zamon xalqaro huquqi aslida ko'p jihat
dan shartnoma huquqi hisoblansa-da, xalqaro-huquqiy odat baribir uning
xalqaro huquq manbayi sifatidagi ahamiyatini saqlab qolmoqda. Hozir
gi zam on xalqaro munosabatlarida shartnoma va odat huquqlari o'rtasida
o'zaro bog'liqlik kuzatiladi.
Odat normalari o'zlarining xalqaro shartnom alarda mustahkamlab
qo'yilishi orqali shartnoma huquqi normalariga aylanadi. Bunda ular
ko'pincha shartnomaviy yo'l bilan bekor qilinadi, o'zgartiriladi yoki
rivojlantiriladi (masalan, xalqaro huquqni kodifikatsiyalash va ilg'or rivoj-
lantirishga doir xalqaro shartnomalarda). Bundan tashqari, shartnoma
normasi, agar u hamma tomonidan e ’tirof etilib, odat huquqining umum
tan olingan normasiga aylansa, tegishli shartnom ada ishtirok etmayot-
gan davlatlar uchun ham odat sifatida nam oyon bo'lishi mumkin. Ma
salan, 1968-yildagi Yadroviy qurollarni tarqatm aslik to'g'risidagi shart
nom ada hozircha dunyoning barcha davlatlari ishtirok etmayapti, ammo
uning aynan barcha davlatlar uchun majburiy norm alar sifatidagi qoi
dalarini tan olish tobora kengroq tasdig'ini topm oqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi zamon xalqaro huquqi va xalqaro m unosabatlar amaliyoti
tahlilidan xulosa qilish mumkinki, ayni bir masala yuzasidan shartnom a
normalari bilan birga odat normalari ham amal qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |