-§. Xalqaro huquqning qo‘shimcha manbalari
Huquqning umumiy prinsiplari — xalqaro huquq manbai.
Huquqning umumiy prinsiplari har qanday huquq tizimida amal
qilaveradigan prinsiplardir. Ulaming tarkibi haqida turlicha fikrlar mavjud.
Ayrim huquqshunos olimlarning fikricha, ular «qilmishiga yarasha jazo
olishi kerak» yoki «keyingi norma awalgisini bekor qiladi» deganga
o'xshash yuridik-texnikaviy qoidalardan iborat. Boshqa olim larning
uqtirishiga qaraganda, huquqning umumiy prinsiplari qatoriga adolat-
parvarlik yoki vijdoniylik kabi prinsiplami kiritish o'rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |