Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


am a liy o tig a   aloh id a  e ’tibor  qaratilgan



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

am a liy o tig a   aloh id a  e ’tibor  qaratilgan.
Talabalar,  aspirantlaH  ilm -fa n   va  am aliyot  bilan  sh u g ‘u llan u vch i  hu q u q - 
sh u n oslar  ham da  xalqaro  huquq  bilan  qiziquvchi  keng  kitobxonlar  om m asiga 
m o'ljallan gan .
67.412
L86
Lukashuk  I.I.,  Saidov A.X.
H o zirg i  zam on   xalqaro  huquqi  nazariyasi asoslari:  Y uridik o liy  o ‘quv yurt­
lari  u ch u n   d a rslik /  1.1.  Lukashuk,  A .X .  Saidov;  - Т . :   O 'zb ek iston   faylasuflari 
m illiy jam iy a ti  nashriyoti,  2007.  392  b.
I.  S aid ov  A .X .
BBK  67.41 lya73
ISBN  978-9943-319-38-7
©   L u k ash u k   1.1.,  2007. 
©   Said o v   A .X .,  2007. 
©   0 ‘zb ck isto n   faylasuflari  m illiy ja m iy a ti  n a sh riy o ti,  2007.
www.ziyouz.com kutubxonasi


K IR IS H
XXI  asr  kishilik  jamiyati  hayotining  baynalmilallashuvidek  tarixiy 
qonuniyatning  kuchayishi  bilan  ajralib  turadi.  Davlat  chegaralarining 
mavjudligi va har xilligiga qaramay,  xalqaro  munosabatlarda  mamlakat- 
larning  o'zaro  aloqalari  rivojlanib  bormoqda.  Xalqaro  munosabatlar 
nafaqat  davlatlar,  balki  har bir inson hayotiga katta ta ’sir ko‘rsatmoqda.
Xalqaro  munosabatlar tizimi  huquqning  muayyan  sohasi  —  xalqaro 
huquq  bilan  tartibga  solinadi.  U  davlatlarning,  jismoniy  va  yuridik 
shaxslarning  turli-tuman  aloqalariga  u  yoki  bu  darajada  ta’sir  qiladi. 
Xalqaro  huquqning  milliy  huquqqa va  davlat  ichki  hayotiga  ham  ta ’siri 
kuchaymoqda.  Shu  bois  bugungi  kunda  huquqni  bilish  nafaqat  xalqaro 
munosabatlar  bilan  bevosita  shug'ullanuvchi  mutaxassislar,  balki  iqti- 
sodchilar va  tadbirkorlar,  hatto  oddiy  fuqarolar  uchun  ham  ahamiyatli 
bo‘lib  bormoqda.
Xalqaro  huquq  normalari  asta-sekin  milliy  huquqiy  tizimning  bir 
qismiga  aylanib  bormoqda.  Uning  asoslarini  bilish jismoniy  va  yuridik 
shaxslarning  o'z  huquqlarini  mamlakat  ichida  himoya  qilishlari  uchun 
ham  zarurdir.
Afsuski,  hozirgi  paytda  omma  o'rtasida  xalqaro-huquqiy  bilimlar 
darajasi  nihoyatda  past.  Bu  o'rinda turli  davlatlarning  huquqni  himoya 
qiluvchi  organlari  xalqaro  normalarning  milliy  huquqiy tizimdagi  yangi 
vazifasiga  tayyor  emasligini  alohida  ta’kidlash  lozim.  Xalqaro-huquqiy 
bilimlarning  past  darajadaligi,  hatto  aksariyat  mamlakatlarning  yurist- 
lari  uchun  ham  xosdir.  O'zbekistonda  ham  bu  muammo  dolzarb  bo'lib 
turibdi. Albatta, buning o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. 
Birinchidan,  sobiq  SSSR  huquqiy  tizimining  xalqaro  huquq  bilan  alo- 
qasida  faollik  farqlanmas  edi.  Ikkinchidan,  yuridik  oliy  o ‘quv yurtlarida 
xalqaro  huquq kursi  asosan umumiy ta’lim  sifatida  o‘qitilar edi.  Uchin- 
chidan,  boshqa  yuridik  fanlar  o'qitilayotganda,  muayyan  huquq  soha- 
sining  xalqaro  huquq  bilan  bog'liqligiga  e’tibor  berilmas  edi.
Shu bois bugungi kunda milliy huquqning xalqaro huquq bilan o'zaro 
aloqasini  yorituvchi o'quv adabiyotlarini tayyorlash juda muhim hisobla­
nadi.  Bundan  tashqari,  amaliyotchi  yuristlar  uchun  katta  ahamiyatga
www.ziyouz.com kutubxonasi


ega  bo'lgan,  xalqaro  iqtisodiy  huquq,  xalqaro  jinoyat  huquqi  singari 
xalqaro  huquqning  boshqa  sohalariga  ham  alohida  e ’tibor  qaratish 
maqsadga  muvofiq.
Albatta,  barcha  yuristlarni  xalqaro  huquq  bo'yicha  yetuk  mutaxas- 
sisga  aylantirib  bo'lmaydi.  Buning  sabablari  haqida  mashhur  italyan 
professori  B.  Konforti  shunday  yozadi:  «Xalqaro  huquqning  mazmuni 
shu  qadar  kengaydiki,  uni  umumiy  kurs  darajasida  yoritish  mumkin 
emas»1.  Bugun  hatto  xalqaro  yurist  ham  xalqaro  huquqning  hamma 
sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'la olmaydi.  Shuning uchun  bizning 
vazifamiz  milliy  huquq  sohasi  mutaxassislarining  xalqaro  huquq  asos- 
larini  bilishlari  uchun  ularga  ko'maklashish  hisoblanadi.
Bu  o'rinda shuni  alohida ta ’kidlash  lozimki,  xalqaro huquqning  har 
bir  sohasini  mufassal  bilish  nazariy jihatdan  muhim  hisoblanadi.  Shu 
bois  ushbu  darslikda  xalqaro  huquqning  umumiy  va  maxsus  qismlariga 
alohida  e’tibor berildi.
«Umumiy qism» xalqaro huquqning yuridik tabiatini yoritishga, uning 
normalarini  yaratish va amalga oshirish  mexanizmiga,  xalqaro  va  milliy 
huquqning  o'zaro  aloqasi  kabi  masalalarga  bag'ishlangan.  Xalqaro  hu­
quqning  umumiy  mazmunini tashkil  etuvchi  va oliy yuridik  kuchga ega 
bo'lgan asosiy prinsiplaiga alohida e ’tibor berildi. «Davlatlarning xalqaro- 
huquqiy  subyektligi»  instituti  mazkur  muammolar  bilan  chambarchas 
bog'liq  ravishda  ko'rib  chiqildi.
Xalqaro  huquqning  umumiy  o'ziga xos  tabiatini bilib olgach,  uning 
u yoki bu sohasini qiyinchiliksiz o'zlashtirish mumkin,  umumiy prinsiplar 
bilan  sohaga  oid  normalaming  o'zaro  aloqasini  aniqlash  ancha  oson 
kechadi.  Shu  bois  «Maxsus  qism»da  xalqaro  huquqning  asosiy  sohala­
riga  alohida  e ’tibor qaratildi.  Bu  orqali  darslik amaldagi  xalqaro  huquq 
tizimiga  nihoyatda  yaqinlashtirildi.
Darslik xalqaro huquq bo'yicha mamlakatimizda qabul qilingan o'quv 
dasturlarining  barcha  mavzularini  qamrab  oladi.  Faqat  xalqaro  huquq 
n azariy asi  m u a m m o la rid a n   ib o ra t  b o 'lg a n   u ch in c h i  b o 'lim  
noan’anaviydir.  O'ylaymizki,  bu bo'limning kiritilishi ham  nazariy,  ham 
amaliy  nuqtayi  nazardan  yetarlicha  asoslangan.
Darslik hajmini xalqaro huquq sohalari bo'yicha taqsimlashda asosiy 
qiyinchilikka  duch  kelindi.  Gap  shundaki,  xalqaro  huquq  asosiy  nor- 
malarining  oddiy  bayoni  darslikning  umumiy  hajmini  oshirib  yuboigan 
bo'lardi.  Bundan tashqari,  huquqning alohida sohalariga, masalan, dengiz 
va  havo  huquqiga  ko'p  jildlik  asarlar  bag'ishlangan.  Shuning  uchun 
bunday  hollarda  xalqaro  huquqning  zaruriy  tizimini  idrok  qilish  uchun
1 Qarang: Conforti  B.  International  Law the  Role o f Domestic  Legal  Systems.  D ordrecht, 
1993.  P. 125.
www.ziyouz.com kutubxonasi


umumiy  tasawur  berildi.  Bunday  yondashuv  amaliyotchi  yurist  uchun 
xalqaro  huquq  sohalarini  batafsil  o‘zlashtirish  imkoniyatini  beradi.
Ko‘p yillar davomida «Xalqaro huquq» kursi umumiy ta ’lim  sifatida 
o‘qitilib, ichki huquq doirasidagi amaliyotchi yurist faoliyatiga to ‘g‘ridan 
to‘g‘ri  bog'liq  emas  edi.  Endilikda  xalqaro  huquq  har  qanday  ixtisos- 
likdagi  yurist  uchun  alohida  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  xalqaro 
huquqqa  amaliy  nuqtayi  nazardan  qarash,  uni  o ‘rganish  va  o ‘qitish  to- 
bora  katta  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shu  bois  nafaqat  xalqaro  yurist, 
balki konstitutsiyaviy,  m a’muriy,  fuqarolik, jinoyat,  oila va boshqa ichki 
huquq sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislaming ham ehtiyoji hisob­
ga  olindi.
Xalqaro huquqqa faqat kasbiy nuqtayi nazardan yondashib bo'lmaydi. 
Xalqaro  huquq  —  ko‘p  asrlik baynalmilal  tajribani  o ‘zida  aks ettiruvchi 
umuminsoniy  madaniyatning  muhim  elementidir.  U  baynalmilal  ong 
rivojiga,  insonlarni  barcha  millatlarga  hurmat  ruhida  tarbiyalashga 
ko'maklashadi.  Bu  o'rinda  xalqaro-huquqiy  madaniyat  milliy  va  etnik 
ziddiyatlarni  bartaraf  etishda  katta  ahamiyat  kasb  etishini  alohida 
ta’kidlash  lozim.
Hozirgi  paytda  xalqaro  huquqni  o'rganish  shu  qadar  dolzarb 
bo'lganligi  bois  BMT  ham  unga  alohida  e’tibor  bermoqda.  BMT  xal­
qaro  huquq  o'n  yilligida  (1990-1999)  xalqaro  huquqni  o'rganish  va 
o'qitishni  rag'batlantirishga,  uning  ahamiyatini  tushunishga  hamda 
xalqaro-huquqiy  bilimlar ko'lamini  kengaytirishga jiddiy  e’tibor  qarat- 
di. Xalqaro-huquqiy bilimlarni  o'rganish va o'qitishga yordam  ko'rsatish 
bo'yicha  BMTning  alohida  Dasturi  qabul  qilingan.
Ushbu  darslikni  yozishda  aksariyat  davlatlar va  xalqaro tashkilotlar 
amaliyotidagi  dastlabki  manbalardan  foydalanildi.  Xalqaro-huquqiy 
norma  sifatida  BMTning Xalqaro sudi  qarorlariga  alohida  e’tibor beril­
di. Albatta, ko'p hollarda O'zbekiston Respublikasining amaliyoti hisobga 
olindi.  Xorijiy  mamlakat  olimlarining  eng  yangi  asarlaridan  foydalanil­
di.  Darslik  rejasini  tuzishda  shu  turdagi  nashrlarning xalqaro  tajribasiga 
ham  e ’tibor  berildi.  Darslikda  xalqaro  huquqning  ayrim  dolzarb 
muammolari  birinchi  marta  yoritilmoqda.  Bu  o'quvchining  o'ziga  u 
yoki  bu  nuqtayi  nazarning  asosliligiga  nisbatan  mustaqil  xulosa  chiqa­
rish  imkonini  beradi.  Chet  el  va  mamlakatimizning  oliy  o'quv  yurtla­
rida  xalqaro  huquq  fani  o'qitilishining  ko'p  yillik  tajribasiga  tayanib, 
mualliflar  kitobxonlar  doirasini  kengaytirish  maqsadida  mavzulami 
mumkin  qadar sodda  va  tushunarli  bayon  qilishga  harakat  qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish