Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  «Xalqaro  huquq»  atamasining ma’nosi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

2-§.  «Xalqaro  huquq»  atamasining ma’nosi
«Xalqaro huquq» deganda, odatda,  «xalqaro ommaviy huquq» («mej- 
dunarodnoe  publichnoe  pravo»,  «International  public  law»)  tushunila­
di.  Xalqaro  ommaviy  huquq  asosan  davlatlararo  munosabatlarni  tartib­
ga  soladi.  Xalqaro  ommaviy  huquqqa  qarama-qarshi  o'laroq,  «xalqaro 
xususiy  huquq»  ham  mavjud.  Xalqaro  xususiy  huquq  milliy  huquqiy 
tizimning  tarkibiy  qismi  bo'lib,  chet  el  elementi  bilan  bog'liq  ijtimoiy 
munosabatlarni  tartibga  soladi.
Ushbu  darslikda  «xalqaro  huquq»  deganda,  biz  «xalqaro  ommaviy 
huquq»ni  nazarda  tutamiz.
«Xalqaro  huquq»  atamasi  uch  m a’noda  qo'llaniladi.
Birinchi  ma’noda:  xalqaro  huquq  obyektiv  ma’nodagi  harakatdagi 
xalqaro-huquqiy  normalar  yig'indisidir.  Xalqaro  huquq  muttasil  rivoj­
lanayotgan  mustaqil  huquqiy  tizim  bo'lib,  davlatlararo  munosabatlarni 
tartibga  soluvchi  huquqiy  normalardan  tashkil  topadi.  Xalqaro  huquq 
davlatlar va  boshqa  xalqaro  huquq  subyektlarining  kelishilgan  irodasini 
ifodalovchi  huquqiy normalarning muayyan tizimidan  iboratdir. Xalqaro 
huquq  tizimi  xalqaro-huquqiy  normalar,  institutlar  va  uning  sohalari 
yig'indisidan  tashkil  topadi.
Ikkinchi  ma’noda:  «xalqaro  huquq»  atamasi  mustaqil  ijtimoiy  fan 
sohasini  anglatadi.  Xalqaro huquq fani ushbu  huquq tizimiga oid  ilmiy- 
nazariy muammolarni o'rganadi.  Bunday muammolar jumlasiga xalqaro
www.ziyouz.com kutubxonasi


munosabatlarni  xalqaro-huquqiy  tartibga  solish  mexanizmi,  xalqaro 
huquqning  ijtimoiy va yuridik  fanlar tizimida tutgan  o'rni va ahamiyati, 
xalqaro  huquqning  normalari,  institutlari  va  sohalari  nazariyasi  hamda 
boshqalar  kiradi.
Uchinchi  m a’noda:  «xalqaro huquq»  deganda,  mustaqil  o'quv kursi 
tushuniladi.  Hozirgi  kunda  xalqaro  huquq  o'quv  predmetining  yuridik 
ta’lim  tizimida  o'rni  va  ahamiyati  tobora  ortib  bormoqda.  Bu  o'quv 
fani  o'zining tizimiga  ega bo'lib,  uni  obyektiv ma’nodagi  xalqaro huquq 
tizimidan  farqlash  lozim.  Xalqaro  huquq  tizimi  xalqaro  huquq  o'quv 
fanining  asosini  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birga,  bu  ikki  tizim  aynan  bir 
narsani anglatmaydi.  Masalan,  xalqaro huquq o'quv fanini  ikki  —  umu­
miy  va  maxsus  qismga  bo'lib  o'rganish  qabul  qilingan.  Agar  xalqaro 
huquq o'quv kursining  «umumiy»  qismida xalqaro  huquqning  predme- 
ti,  ahamiyati,  tizimi,  o'rganilish  tarixi  va  uning  asosiy  tushunchalari 
hamda  institutlari  rganilsa,  «maxsus»  qismida esa,  xalqaro  huquqning 
turli  mustaqil  sohalari  (diplomatik  huquq,  xalqaro  shartnomalar huqu- 
qi,  xalqaro  iqtisodiy  huquq  va  boshqalar)  ko'rib  chiqiladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish