Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Zamonaviy xalqaro  huquq,  uuing  amal



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

4-§.  Zamonaviy xalqaro  huquq,  uuing  amal 
qilish  doirasi  va  asosiy  maqsadlari
Xalqaro  huquq  nazariyasida  hozirgi  zamon  xalqaro  huquqi  ikkinchi 
jahon  urushidan  keyin  shakllana  boshlagan,  deb  hisoblanadi.  Zamo­
naviy  xalqaro  huquqning  asosi  Birlashgan  Millatlar Tashkilotining  Us- 
tavi  bo‘lib,  u  mazkur  nufuzli  tashkilotning  1945-yil  iyunda  San-Fran- 
siskoda bo'lib o'tgan konferensiyasida qabul qilingan.  Shu paytdan bosh­
lab  BMT Ustavi zamonaviy xalqaro huquqning poydevori bo‘lib qolgan. 
BMT  Ustavida  ta’sischi  davlatlar  zamonaviy  xalqaro  huquqning  umu­
miy  maqsad  va  vazifalarini  belgilab  qo'ygan  va  ular  bu  jabhadagi  eng 
asosiy  tizimlashtiruvchi  omillar  sirasiga  kiradi.
Huquqning,  shu  jumladan  xalqaro  huquqning  har  qanday  tizimi 
muayyan  doira  (soha)da  amal  qiladi.  Xalqaro  huquqning  amal  qilish 
doirasi  deganda,  muayyan  ijtimoiy  munosabatlar  sohasi  tushuniladi  va 
bunda  tasarrufdagi  obyektlarga  nisbatan  ta’sir  o‘tkazishning  xalqaro- 
huquqiy  vositalaridan  foydalaniladi.
Xalqaro  huquq  quyidagi  uchta  asosiy  sohada  amal  qilishi  mumkin: 
birinchisi  —  subyektlik  sohasi  (subyektga  oid  soha); 
ikkinchisi  —  obyektlik  sohasi  (obyektga  oid  soha); 
uchinchisi  —  hududiy  soha  (hududga  oid  soha).
Subyektlik  sohasi  xalqaro  huquq  normalari  ta ’sirida  bo'lgan  sub­
yektlar  doirasini  qamrab  oladi.
Obyektlik  sohasi  huquqiy  munosabatga  kirishuvchi  subyektlarning 
huquq  va  majburiyatlariga  yo'naltirilgan,  tomonlar  xalqaro-huquqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


munosabatlarga  kirishishi  uchun  omil  hisoblanuvchi  barcha  jihatlar 
demakdir.  Obyektlik sohasi subyektlik sohasi bilan o'zaro bog'liq, chunki 
unga  xalqaro  huquq  subyektlari  o'rtasidagi  munosabatlargina  mansub 
bo'lib,  ularning  barcha  ishtirokchilarini  qamrab  olmaydi.
Hududiy soha yoki xalqaro huquq amal  qilishining hududga, makonga 
oid sohasi amaliyot nuqtayi nazaridan juda muhim bo'lib, bu o'rinda xalqaro 
huquq  amal  qiladigan  huquq  subyektlari  o'z  huquq  va  majburiyatlarini 
ro'yobga  chiqaradigan  hududlar  —  quruqlik,  suv,  havo,  fazo  makonlari 
xususida so'z bormoqda. Bunda xalqaro va milliy huquqiy tizimlar ta’sirining 
hududiy sohalarini cheklash muammosi kun tartibida turishini unutmaslik 
lozim.  Ta’kidlash joizki,  davlat  o'ziga  tegishli  hudud  doirasida  o'zining 
to'liq  va  istisnosiz  suverenitetini joriy  etadi.  Xalqaro  huquqda  bu  borada 
muhim  bir qoida  mustahkamlab  qo'yilgan bo'lib,  unga ko'ra, jismoniy va 
yuridik shaxslarning xalqaro  makonlar (havo,  fazo,  ochiq dengiz,  Antark- 
tika)  dagi  faoliyati  milliy  huquq  asosida  tartibga  solinadi,  tabiiyki,  bunda 
xalqaro  huquq  doirasidagi  qoidalar ham  inobatga  olinadi.
BMT  Ustavida  hozirgi  zamon  xalqaro  huquqining  quyidagi  asosiy 
maqsadlari  belgilab  qo'yilgan:
birinchidan,  tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlash; 
ikkinchidan,  do'stona  munosabatlarni  rivojlantirish; 
uchinchidan,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  va gumanitar xususiyatga 
ega  bo'lgan  xalqaro  muammolami  hal  etishda  hamda  inson  huquqlari 
va  erkinliklariga  nisbatan  hurmatni  rag'batlantirish  va  rivojlantirish bo- 
rasida  hamkorlikni  amalga  oshirish;
to'rtinchidan,  shartnomalar  va  xalqaro  huquqning  boshqa  m an­
balaridan  kelib  chiqadigan  majburiyatlaiga  nisbatan  odillik  va  hurmat- 
e’tibomi  ta’min  etishga  qaratilgan  shart-sharoitlar  yaratish1.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish