Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquqning  obyekti  va  predmeti



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3-§.  Xalqaro  huquqning  obyekti  va  predmeti
«Xalqaro  huquq  obyekti»  tushunchasi  keng  ma’noda  davlatlarning 
tamomila  ichki  vakolatlariga tegishli  bo'lmagan,  ular yuzasidan  xalqaro 
huquq  subyektlari  huquqiy  munosabatga  kirisha  olishi  mumkin  bo'lgan 
barcha  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlami,  xatti-harakatlardan  tiyilib 
turishni  anglatadi.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro  huquq  obyekti  xalqaro  huquq­
ni sohalarga va  institutlarga  ajratish  asnosida  hisobga  olinadi.  Masalan, 
xalqaro  iqtisodiy  huquq  nafaqat  davlatlarning  savdo-sotiq  sohasidagi 
munosabatlarini  tartibga soluvchi  normalar,  prinsiplar va  institutlar gu- 
ruhidan  iborat,  shu  bilan  birga,  u  davlatlarning savdo-iqtisodiy birlash­
malari maqomini ham belgilab beradi.  Xalqaro havo huquqi havo hudud- 
laridan  foydalanish  bo'yicha  huquqiy  munosabatlarni  qamrab  olish  bi- 
langina cheklanmasdan, balki xalqaro havo aloqalari  («havo erkinligi»)ni 
amalga  oshirish  chog'ida  savdo  huquqini  ham  belgilaydi.
Shunday qilib, xalqaro huquqqa ta ’sir ko'rsatishi  mumkin bo'lmagan 
har qanday narsa  ham  xalqaro  huquq  obyekti  hisoblanavermaydi.  Misol 
uchun,  milliy  qonunchilik  —  xalqaro  huquq  obyekti  emas,  chunki  uni 
qabul  qilishda  davlatlar  uzil-kesil  o'zining  suverenitetiga  asoslanadi.
Xalqaro  huquq  obyektini  xalqaro  huquq  predmetidan,  ya’ni  xalqaro 
huquqiy  munosabatlaming  o'zidan  farqlash  lozim.  Shuningdek,  xalqaro 
huquq  fanining  predmeti  degan  tushuncha  mavjud  bo'lib,  u  xuddi  shu 
fan o'rganadigan narsalami nazarda tutadi.  Bunda, birinchi holatda, xalqaro 
huquq  obyektidan  foydalanish jarayonida  xalqaro  aloqalarda  yuzaga  ke-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ladigan munosabatlar tartibga solish uchun ajratib olinadi, ikkinchi holatda 
esa  —  ilmiy  (nazariy)  bilimga  ega  bo‘lish  uchun  xalqaro  huquqshunos 
olimlar  xalqaro  huquqning  turli  muammolarini,  shu  jumladan,  xalqaro 
huquq  fanining  predmeti  xalqaro  huquq  predmetiga  nisbatan  anchayin 
umumiy  tushuncha  ekanligi  haqidagi  masalani  tadqiq  etadilar..
Xalqaro  huquq  predmeti  deganda,  odatda,  xalqaro  huquq  subyekt- 
lari  o‘z  huquq  va  majburiyatlarini  ro‘yobga  chiqarishlari jarayonida yu­
zaga  keladigan  xalqaro  munosabatlar tushuniladi.  Bunday  munosabat­
lar xalqaro  huquqning  umume’tirof etilgan  prinsiplari  va  normalari bi­
lan  tartibga  solinadi.
Xalqaro  huquqning  predmeti  asosida  xalqaro  huquqning  obyekti 
bilan  birga xalqaro  huquqni  sohalarga ajratish  ham  muhim hisoblanadi. 
Masalan,  xalqaro  shartnomalar  (xalqaro  shartnomalar  huquqi)  tuzish, 
ularning  amal  qilishi  va  to'xtatilishi  borasidagi,  dengiz  va  okeanlardan 
foydalanish sohasidagi (xalqaro dengiz huquqi),  fazoviy hudud va samoviy 
jismlardan  foydalanish  hamda  ularni  tadqiq  etishdagi  (xalqaro  kosmik 
huquqi)  va boshqa  o'rinlardagi  huquqiy  munosabatlar  farqlanadi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish