Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquqning  funksiyalari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

5-§.  Xalqaro  huquqning  funksiyalari
Xalqaro  huquqning  funksiyalari  xilma-xil  bo'lib,  zimmadagi  vazi- 
falar miqyosi  ortgani  sari  u  murakkablashib  boradi.  Xalqaro  huquqning 
quyidagi  funksiyalarini  ko'rsatish  mumkin:
Birinchi funksiya. Xalqaro huquqning bosh ijtimoiy funksiyasi mavjud 
xalqaro munosabatlar tizimini  mustahkamlash hisoblanadi.  Bunga asosan 
ushbu  tizimda  tegishli  darajada  tartibga  amal  qilishni  ta’minlash  orqali 
erishiladi.
Ikkinchi funksiya. Xalqaro huquqning bosh yuridik funksiyasi xalqaro 
munosabatlarni  huquqiy  tartibga  sol ishdan  iborat.  Unda  xalqaro-huqu­
qiy  ta’sir  ko'rsatishning  muhim  jihatlari  o'z  aksini  topgan.  Har  ikki
  Qarang:  BM T  Ustavi  / /  O 'zbekiston  Respublikasi  va  inson  huquqlari  bo'yicha xalqaro 
shartnom alar /   M as’ul  m uharrir A.X.  Saidov.  — Т.,  2002.  —12—19-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


funksiya  ham  tizimda  muayyan  tartibni  saqlash  uchun  mo'ljallangani 
tufayli  barqarorlashtiruvchi  va  muhofazalovchi  ahamiyat  kasb  etadi.
Uchinchi  funksiya.  Xalqaro  huquq  o'zining  maqsad  va  prinsiplariga 
zid bo'lgan yangi  munosabatlar va institutlar paydo bo'lishiga qarshi ta’sir 
ko'rsatish  funksiyasini  bajaradi.  Jumladan,  xalqaro  huquqda  kuch  bilan 
tahdid  qilish  yoki  kuch  ishlatish,  mustamlakachilik,  irqchilik  va  boshqa 
holatlaming g'ayriqonuniy  deb  tan  olingani  bunga  misol  bo'la  oladi.
T o 'rtin c h i  funksiya.  B aynalm ilallashtirish  funksiyasi  davlatlar 
o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishni ko'zda 
tutadi.  Bunda  xalqaro  huquqning  ijtimoiy  negizi  bo'lgan xalqaro  ham - 
jamiyat  mustahkamlanadi  va  natijada  uning  faoliyati  uchun  shart-sha- 
roit  yaxshilanadi.
Beshinchi  funksiya.  Xalqaro  huquqning  axborot-ma’rifiy  funksiyasi 
esa  davlatlarning  ibratli  xulq  atvori  bo'yicha  to'plangan  tajribalami  al- 
mashish,  huquqqa  va  huquq  himoyasidagi  manfaatlar  hamda  qadriyat- 
larga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash jarayonida huquqdan foydalanish 
imkoniyatlari  yuzasidan  ta’lim  berishni  nazarda  tutadi.
Xalqaro  huquq  yana  boshqa  qator  funksiyalami  ham bajaradi:
1)  muvofiqlashtirish  funksiyasi  —  xalqaro  huquqning  normalari 
ko'magida  davlatlar o'zaro  munosabatlarda  xulqning  um um e’tirof etil­
gan  andozalarini  belgilaydi;
2)  tartibga  solish  funksiyasi  —  davlatlar xulqning  qat’iy  belgilangan 
qoidalarini  qabul  qiladilarki,  bunday  qoidalarsiz  ana  shu  davlatlarning 
birga mavjud bo'lishi va hamjihatlikda faoliyat  ko'rsatishi  mumkin emas;
3)  ta ’min  etish  funksiyasi  —  xalqaro  huquq  davlatlami  xulqning 
belgilangan  qoidalariga  amal  qilishga  undovchi  normalarga  ega;
4)  muhofazalash  funksiyasi —  xalqaro huquqda davlatlarning qonu- 
niy huquq va manfaatlarini  himoyalashga qaratilgan mexanizmlar shakl- 
langan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish