Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  «Xalqaro  huquq  tizimi»  tushunchasi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

8 -§ .  «Xalqaro  huquq  tizimi»  tushunchasi
Xalqaro  huquq  tizimi  asosan  yagonaligi,  shu  bilan  birga,  nisbatan 
mustaqil  tarkibiy qism lar  (institutlar va  tarmoqlar)  tarzida  tartibga  kel­
tirilgan  bo'lim   ekani  bilan  ajralib  turuvchi  yuridik  norm alar  majmua- 
sidir.
Barcha  davlatlar  uchun  majburiy  hisoblangan  umumiy  xalqaro  hu­
quq  ushbu  tizim ning  o'zagini  tashkil  etadi.  U  subyektlar,  yaxlit  xalqaro 
hamjamiyat,  ya’ni  yetarli  miqdordagi  va  nafaqat  son jihatidan  nufuzli 
bo'lgan davlatlarning yalpi sa’y-harakatlari bilan yaratiladi va o'zgartirib 
boriladi.  U  eng  asosiy  siyosiy  va  huquqiy  tizim lam i,  shuningdek,  bar­
cha  qit’alarni  namoyon  etishi  shart.  Umumiy  xalqaro  huquq  odat  nor- 
m alaridan  tashkil  topadi  va  butun  xalqaro  ham jam iyatning  huquqi 
hisoblanadi.  Shu  bois,  har  qanday  davlat,  jum ladan  yangi  tashkil  to p ­
gan  davlatlar  ham   bu  huquqni  hurmat  qilishga  majbur.
Bundan tashqari,  bir guruh  davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni  tar­
tibga  soluvchi  mintaqaviy  xalqaro-huquqiy  m ajm ualar  ham   mavjud. 
Amaldagi  norm alam ing  aksariyat  qismi  ikki  tom onlam a  m unosabatlar­
ni  tartibga  solishga qaratilgan.  Mintaqaviy va  ikki  tom onlam a  norm alar 
um umiy  xalqaro  huquqqa  mos  kelishi  kerak,  ular  birgalikda  global 
xalqaro-huquqiy  tizim ni  tashkil  etadi.
X alqaro  h u q u q   tiz im i  xalqaro  huquq  (so h a la ri,  ta rm o q la ri, 
institutlari)ning  mustaqil  qismlari  borligini  va  ayni  chog'da  uning  tar­
tibga  solingan  bo'linm alarini  tavsiflovchi  yuridik  norm alar  majmuyini 
ko'zda  tutadi.  Xalqaro  huquq  tizimi  xalqaro  huquqning  bir-biri  bilan 
bog'liq  bo'lgan  sohalari  mujassamligidirki,  ular  o 'z   prinsiplariga  ega 
ham da xalqaro  huquqning  amaldagi  normalaridan  tashkil  topuvchi  ins­
titutlar va  tarm oqlarga  ajraladi.
X alqaro-huquqiy  norm alar  xalqaro  huquq  tizim ining  birlam chi 
elem enti  sifatida subyektlar doirasi jihatidan  (umum iy,  barcha davlatlar 
uchun  majburiy va  mahalliy,  davlatlarning  muayyan  doirasi  uchun  maj­
buriy)  hamda  ularning  yuridik  kuchi  bo'yicha  (dispozitiv  va  imperatid) 
bir  xil  emas.
Xalqaro  huquq  tizimiga  uning  uchun  xos  bo'lgan  tuzilm a,  ya’ni 
ichki tarkib,  undagi elementning joylashishi va biriashishi,  ulaming o'zaro 
aloqalaridagi  m azm un-m ohiyat  mos  va  xosdir.  Xalqaro  huquq  norm a­
lari  o'zaro  bog'liq  va  shu  tufayli  ulardan  har  birining  m azm uni  butun 
xalqaro  huquq  tizimi  sifatida  o'rganilmog'i  lozim.
Xalqaro  huquqning  tarkib  topgan  asosiy  prinsiplari  majmuyi  ilgari 
tarqoq  holda  bo'lgan  norm alar  guruhlarini  birlashtirdi,  tarkiblashtirdi
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  bir-biriga  bo'ysundirdi.  Tizimning  yangi  bir  alomati  —  norm alar 
ustunligi,  ulaming  bo ‘ysunuvchanligini  belgilash  tartibi  yuzaga  keldi. 
Xalqaro  protsessual  huquq  izchil  shakllanmoqdaki,  bu  huquqiy  tizim 
yetukligining  dalolatidir.
Obyektiv xalqaro huquq tizimi o'zida xalqaro huquqning asosiy prin- 
siplarini  hamda  uning  sohalarini:  xalqaro  shartnom alar  huquqi;  diplo- 
matiya  huquqi;  xalqaro  dengiz  huquqi;  xalqaro  fazo  huquqi;  konsullik 
huquqi;  inson  huquqlari  bo‘yicha  xalqaro  huquq;  xalqaro  tashkilotlar 
huquqi;  xalqaro  nizolarni  tinch  yo'l  bilan  hal  etish  vositalari;  xalqaro 
gum anitar huquq;  xalqaro  xavfsizlik  huquqi;  xalqaro javobgarlik  huquqi 
va  boshqa  huquq  sohalarini  mujassam  etadi.
Xalqaro  huquq  tizim ining  o ‘ziga  xosligi  undagi  dinamizm  bo‘lib, 
uning  uchun bir vaqtning  o ‘zida  nisbatan  ham   barqarorlik,  ham  uzluk­
siz  rivojlanish  xos  hisoblanadi.  Xalqaro  huquqning  ta ’sir  ko'rsatish  so­
hasi, ham subyektlar doirasi  bo ‘yicha,  ham   u  tartibga soladigan  masala- 
lar  obyekti  nuqtayi  nazaridan  m untazam   kengayib  borayotgan  ekan, 
demak,  xalqaro  huquq  tizimi  ham  rivojlanib  bormoqda.  Bu  jarayon 
xalqaro  huquqning  m avjud  sohalari  ravnaq  topishi  evaziga  ham , 
shuningdek,  yangi  sohalarning shakllanish  yo‘li  bilan  ham  yuz  bermoq- 
da.
«Yangi sohalar»  sifatida xalqaro  xavfsizlik  huquqi,  xalqaro javobgar­
lik  huquqi,  inson  huquqlari  bo'yicha  xalqaro  huquq,  xalqaro  iqtisodiy 
huquq,  atrof-muhit  huquqi,  xalqaro  atom   huquqi  va  boshqa  shu  kabi 
huquqlami  ko'rsatish  mumkin.
Shunday qilib,  xalqaro  huquq  tizimini  ichki  bog'liqlikdagi  elem ent­
lar:  um um e’tirof etilgan  prinsiplar,  shartnomaviy  va  odat  huquq  nor­
malari,  tarmoqlar,  xalqaro  tashkilotlar  rezolyutsiyalari,  xalqaro  sudlov 
organlari  qarorlarining,  shuningdek,  xalqaro  tan  olish,  huquqiy vorislik, 
xalqaro  javobgarlik  va  boshqa  shu  kabi  xalqaro  huquq  institutlarining 
amaldagi  obyektiv  yaxlitligi  sifatida  ta ’riflash  o'rinlidir.  Har  qaysi  soha 
xalqaro  huquq tizimining yaxlit,  yagona doiradagi  tarm og'i  hisoblanishi 
mumkin  bo'lgan  muayyan  tizimdan  tashkil  topadi.
Xalqaro  huquq  tizim ini  xalqaro  huquq  fani  tizimi  bilan  bir  xil  deb 
qarash,  ularni  tenglashtirish  mumkin  emas.  Chunki  xalqaro  huquq  fani 
tizimi turli xil ilmiy maktablar va yo'nalishlar tom onidan yaratiladi  hamda 
bu  tizim  subyektiv  xususiyatga  egadir.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish