Qadimgi dunyo xalqaro huquqi davri.
Bu bosqich
davlatlar bilan xalqaro huquq paydo bo'lgan paytdan to V asrgacha
bo'lgan uzoq davom etgan davrni qamrab oladi.
Ikkinchi bosqich:
0 ‘rta asrlar xalqaro huquqi davri.
Bu bosqich V—
XVI asrlami o 'z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich:
Klassik xalqaro huquq davri.
Bu bosqich XVII—
XX asming birinchi yarmiga xosdir.
T o'rtinchi bosqich:
Zamonaviy xalqaro huquq davri.
Bu bosqich ik
kinchi jahon urushidan keyin boshlanib, to hozirgi kunga qadar davom
etmoqda.
Dunyoning turli mintaqalarida davlatlarning paydo bo'lishi bilan
biqja ulam ing o'zaro munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquq
normalari ham paydo bo'lgan. Qadimgi davrda xalqaro huquq ikki daryo
oralig'i bo'lgan Bobil va Misrda, Xitoy va Hindistonda, Markaziy Osi
yoda1, qadimgi Gretsiya va Rimda taraqqiy etgan. Bu m intaqalarda
o'ziga xos xalqaro-huquqiy institutlar rivojlangan. Masalan, M isr fir’avni
Ramzes II va Xettlar shohi Xattushil III qullar qo'zg'aloniga qarshi
kurash bo'yicha harbiy ittifoq tuzish haqidagi shartnomani imzolagan-
lar. U shbu sh artno m ag a k o 'ra, qochoq q ullar qaytarib berilgan.
Eramizdan awalgi XXIII asrda tuzilgan Akkadlar shohi Naramsin bilan
Elam hukmdorlari o'rtasida tuzilgan xalqaro shartnom a hozirgi kunga
qadar yetib kelgan. Rim huquqshunoslari qadimgi xalqaro huquq, ya’ni
«xalqlar huquqi»ga katta hissa qo'shganlar. Rim huquqshunosi Ulpian
«xalqlar huquqidan barcha xalqlar foydalanadi va u tabiiy huquqdir»
degan.
Qadimgi dunyo xalqaro huquqining o'ziga xosliklari quyidagilardan
iborat bo'lgan:
birinchidan, xalqaro huquq juda sodda bo'lib, yagona tizimga ega
bo'lm agan va mintaqaviy xususiyat kasb etgan, chunki u turli jo'g'rofiy
mintaqalar doirasida rivojlangan;
1 Bu haqda qarang: Rtveladze E.V., Saidov A.X. O 'zbekiston hududida eng qadimgi
davrda diplom atik m unosabatlam ing rivojlanishi. — T, 2001; Сарсенбаев M.A. Меж-
дународно-правовы е вопросы в истории Казахстана и С редней А зии (с XV века
по настоящ ее время). — Алма-ата, 1991.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikkinchidan, xalqaro huquq asosan odat huquqi norm alaridan ibo
rat bo'lib, diniy xususiyat kasb etgan;
uch in chidan , qadimgi dunyoda zam onaviy xalqaro huquqning
a n ’anaviy institutlari va sohalari paydo bo'lgan hamda ular hozirga qa
dar o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Bular qatoriga urush olib borishning
qonunlari va odatlarining adolatli bo'lishi, urushda jabr ko'rganlarni
himoya qilish, shartnomalarga rioya qilish, chet elliklarga nisbatan
m ehm ondo'st munosabatda bo'lish, ajnabiylami himoya qilish, xorijiy
davlatlar elchilarini haqorat qilmaslik, chet elliklar bilan nikoh tuzm as-
lik kabi institutlar kiradi.
O 'rta asrlarda xalqaro huquq o 'z taraqqiyotining navbatdagi bos-
qichiga ko'tarilgan. O 'rta asrlar xalqaro huquqining o'ziga xos jihatlari
quyidagilardan iborat:
birinchidan, xalqaro huquq va uning ta ’limotlariga dinning ta ’siri
katta bo'lgan, xristianlik keng tarqalgan davlatlarda din davlatlararo
munosabatlarda yetakchi mavqega ega bo'lgan, musulmon xalqaro hu
quqi paydo bo'lgan;
ikkinchidan, xalqaro huquq rivojiga salb yurishlari, diniy-harbiy it-
tifoqlar sezilarli ta ’sir ko'rsatgan;
uchinchidan, xalqaro savdo va iqtisodiy m unosabatlaming rivojla
nishi ta ’siri ostida xalqaro huquqning yangi institutlari va sohalari, ju m
ladan, xalqaro dengiz huquqi rivojlangan;
to'rtinchidan, xalqaro huquq rivojlanish markazlari yangi mintaqalar-
ga, ya’ni G'arbiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy, musulmon Sharqi
va Amerika qit’asiga ko'chgan;
beshinchidan, xalqaro huquq turli xil davlat boshqaruvi shakllariga
mos ravishda rivojlangan;
oltinchidan, xalqaro huquqning a n ’anaviy institutlari va sohalari
yanada taraqqiy etgan.
Xalqaro huquq davlatlar amaliyotida davlatlararo munosabatlarni
tartibga soluvchi yuridik vosita sifatida o'rta asrlar oxirlariga kelibgina
e ’tirof etilgan. Tarixiy shart-sharoit taqozosi o'laroq, dunyo miqyosida
xalqaro huquq yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyat va yetarli zamin
tayyorlangan eng asosiy mintaqa Yevropa bo'lgan.
Xalqaro huquqning tiklanish jarayoni bir qadar og'ir kechgan. Ak-
sariyat hollarda xalqaro normalarning huquqiy m azm un-m ohiyati ras-
man e’tirof etilsa-da, amalda tan olinmagan, hurmat qilinmagan.
XIX
asr bashariyatga tsivilizatsiya va m adaniyatni tuhfa etgan, dey-
dilar. Xalqaro huquq ana shu tsivilizatsiya va madaniyatga bevosita taal-
luqlidir. XIX asming birinchi yarmiga kelib, ilk bora ko'p tom onlam a
shartnom alar tuzish zarurati yuzaga kelgan. 1815-yilda Yevropaning
to 'q q iz davlati tom onidan diplom atik m artab alar to 'g 'risid a Vena
www.ziyouz.com kutubxonasi
reglamenti qabul qilingan. Xalqaro transport va aloqa vositalari faoli
yatini huquqiy tartibga solish muammosi qat’iy yechimini kutgan. 1856-
yilda Parij deklaratsiyasiga muvofiq, savdo kemalarining urush davrida
harakatlanish rejimi belgilangan. Savdo kemalarining xalqaro daryolar
— Yevropadagi Reyn, Dunay, Elba, Amerikadagi Missisipi va M u-
qaddas Lavrentiy, Afrikadagi Kongo va Niger daryolari bo'ylab erkin
harakatlanish rejimi shakllangan.
1874-yilda Butun jahon pochta ittifoqini ta ’sis etish to ‘g‘risidagi
aktning imzolanishi unga a ’zo davlatlar hududidan xat va jo ‘natm alam i
erkin tranzit qilish tartibi o ‘rnatilishiga asos bo'lgan. 1875-yilda esa
Telegraf ittifoqi to ‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan. 1890-yili Tem ir
yo‘1 bo'yicha ko‘p tom onlam a konvensiya imzolandi, chunki xalqaro
iqtisodiy aloqalam ing rivoji ushbu sohada huquqiy tartibga solishni faol-
lashtirishni taqozo etgan.
XIX asr oxirida yaqinlashib kelayotgan katta urushning halokatli
nafasi sezilgan. 1899-yilda birinchi Gaaga tinchlik konferensiyasi cha-
qirilgan. Rossiya qurolli kuchlar va harbiy budjetni muzlatib qo‘yish
taklifi bilan chiqqan, zero bu og‘ir yuk uni hamm adan ko‘ra ko‘proq
qiynayotgan edi. Ammo ushbu taklif qo'llab-quw atlanm agan va qurol-
lanish poygasini cheklash g‘oyasi barbod bo'lgan. Uning o ‘rniga urush
olib borish qonunlari va odatlari kodifikatsiya qilingan. 1907-yilgi ik
kinchi Gaaga tinchlik konferensiyasida bu sohada nisbatan to ‘liq kodi-
fikatsiyalash amalga oshirilgan. Mazkur konferensiya xalqaro huquq rivo-
jida muhim qadam bo ‘lgan. Ayniqsa, konferensiyada Nizolami tinch
yo‘l bilan hal etish to ‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingani va hakamlar
sudining doimiy palatasi ta ’sis etilganini alohida ta ’kidlash o'rinlidir.
Shunday qilib, XX asr boshida xalqaro huquq kuch qo'llash uchun
keng imkoniyatlar ochgan, urush esa siyosatning qonuniy quroliga ay
langan.
Huquqiy tartibga solish xalqaro munosabatlarni tartibga solishning
mustaqil turi sifatida juda sekin rivojlanib borgan. Aksariyat hollarda u
tartibga solishning boshqa (siyosiy, diniy, axloqiy) turlari bilan birlashib
ketgan. Shunga qaramay, bu sohadagi siljishlar sezilarli bo'lgan. Xalqaro
huquq kattagina hajmdagi xalqaro munosabatlaming zarur tartibga soluv-
chisiga aylangan.
XX asr boshida kishilik jamiyati amalda siyosat, ayniqsa xalqaro
siyosatni istisno etganda, barcha sohalarda yuqori darajadagi taraqqiyotga
erishgan. Shu bilan birga, jamiyat hayotini baynalmilallashtirish bay
nalmilal siyosatni taqozo etgan. Natijada xalqaro munosabatlarni boshqa
rish mexanizmiga tub o'zgarishlar kiritishni talab qiluvchi keng miqyos-
dagi jam oatchilik harakatlari yuzaga kelgan. Ular 1919-yilda Birinchi
jahon urushining g'olib davlatlari M illatlar Ligasini tuzish va uning Sta-
www.ziyouz.com kutubxonasi
tutini tasdiqlash yuzasidan qaror qabul qilishda muayyan o ‘rin tutgan-
lar. Shu tariqa davlatlar o'rtasida tinchlik va hamkorlikni ta ’minlashga
qaratilgan dastlabki umumiy siyosiy tashkilot ta ’sis etilgan.
Statutda «adolat hukmronligini o'rnatish va birlashgan xalqlarning
o'zaro munosabatlari bo'yicha shartnom alarda yuklangan barcha maj-
buriyatlarga vijdonan amal qilish» vazifasi qo'yilgan. Mustamlaka xalqlar
va m am lakatlar xalqaro huquq ta ’siri doirasidan tashqarida edi. Statut-
ga muvofiq, 1922-yili birinchi doimiy xalqaro sud — Xalqaro odil sud-
lovning doimiy palatasi ta ’sis etilgan.
M illatlar Ligasi Statutining asosiy kamchiliklaridan biri u, hatto
jahon urushidan so'ng ham, xalqaro m unosabatlarda kuch qo'llashni
g'ayriqonuniy deb hisoblamagan. Aksincha, Statut mustamlakachilik
siyosatini amalda qonuniylashtirgan.
1928-yilda Milliy siyosat quroli sifatida urushdan voz kechish
to'g'risidagi Parij pakti (Brian-Kellog pakti) imzolanishi hozirgi zamon
xalqaro huquqi tom on qo'yilgan muhim qadam bo'lgan. M azkur huj-
jatga ko'ra urushga faqat baynalmilal siyosat quroli sifatida, ya’ni dav
latlarning umumiy manfaatlari uchungina yo'l qo'yilgan, barcha kelish-
movchiliklami tartibga solish esa faqat tinch vositalar bilan amalga
oshirilmog'i lozim bo'lgan.
Ana shu paytda dunyo yangi jahon urushi tom on ketm oqda edi.
1939-yilda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan II jahon urushi bosh
langan. Urushdan oldingi davrdan farqli o'laroq, Ikkinchi jahon urushi
davomida aksilgitlerchilik koalitsiyasi davlatlari o'rtasida izchil hamkorlik
yo'lga qo'yilgan. 1945-yil fevralida uch davlat rahbarlarining Yalta kon-
ferensiyasi bo'lib o'tgan va unda urushdan keyingi tartibga solishning
bir qancha (Germaniya istilosi va uning ustidan nazorat o'rnatish; repa-
ratsiyalar (tovon to'lash), Yevropada urushdan keyingi tartibga solish-
lar; Polsha, Yugoslaviya) masalalari hal etilgan.
1945-yilning iyunida San-Fransiskoda Birlashgan M illatlar Kon-
ferensiyasi hozirgi zamon xalqaro huquqiga asos solgan muhim hujjat
— BMT Ustavini qabul qilgan.
Ijtimoiy jihatdan BMT Ustavi umuminsoniy m anfaatlarni hamda
davlatlarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bilan tinchlik va farovon-
likni ta ’minlash mumkinligiga ishonchni o'zida mujassam etgan. Siyo
siy jihatdan hamkorlik prinsipi xalqaro huquqning negiziga aylandi. Ustav
klassik xalqaro huquqqa xos bo'lgan mustamlakachilik siyosatini qonu-
niylashtirishga barham berdi. BMT Ustavi zamonaviy xalqaro huquqqa
xos umumiy maqsadlar va prinsiplarni belgilab bergan. Bularning bar-
chasi xalqaro huquqda yangi institut — imperativ norm alarning paydo
bo'lishi uchun muayyan darajada xizmat qildi. Xalqaro huquqning im
perativ normalari shunday normalarki, ular xalqaro hamjamiyat tom o-
www.ziyouz.com kutubxonasi
nidan yaratiladi va davlatlar, hatto o'zaro kelishuv bo'yicha ham, bun
day normalardan chekina olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |