Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquq  nazariyasi  ijtimoiy  fanlar  tizimida



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

2-§.  Xalqaro  huquq  nazariyasi  ijtimoiy  fanlar  tizimida
Xalqaro  huquq  nazariyasi  tarixining  ko'rsatishicha,  u  boshqa  bir 
qancha  ijtimoiy  fanlar  bilan  chambarchas  bog'liqdir.  Xalqaro  huquq 
fani  o'zining  ilk  bosqichlarida  falsafa  bilan  o'zaro  aloqador  holatda 
o'rganilgan.  Keyinchalik  esa  u  sotsiologiya  va  siyosatshunoslik  bilan 
hamkorlikda  o'rganila  boshlangan.  Haqiqatan  ham,  xalqaro  huquqning 
boshqa  ijtimoiy  fanlar  bilan  o'zaro  aloqasi juda  ham  zarur.  Tajribaning 
ko'rsatishicha,  barchaga  yaxshi  m a’lum  bo'lgan  huquq  nazariyasi  faqat 
o 'z  doirasida  chegaralanib  qolsa,  salbiy  natijalarga  olib  keladi,  ijtimoiy 
munosabatlarni  tor doirada tartibga  soladi.  Huquq  nazariyasiga bo'lgan 
bunday yondashuvda xalqaro huquqning  mazmun-mohiyati va tabiatini 
ko'rsatib  bo'lm aydi,  har  tom onlam a  asoslangan  nazariyani  yaratib 
bo'lmaydi.  Xalqaro  huquqning  majburiyligini  asoslash  maqsadida  xu- 
doning  irodasiga va  huquqiy ongga  murojaat  qilingan  yoki bo'lmasa,  bu 
huquqning o'rganish obyektiga  kirmaydi deb  hisoblangan. Asosiy e’tibor 
normalarni  sharhlashga  qaratilgan,  huquqning  real  hayotga  ta ’siri  esa 
tan olinmagan.  Shu bilan birgalikda rasmiy yuridik xususiyatga ega bo'lgan 
ayrim  asarlarda  sotsiologik jihatlar  ham  qisman  hisobga  olingan.
1  United  States v.  Smith  / /   U.S.  Reports.  18.  (5  W heaton),  1820.  P.53,  160-161.
-  In  re  Piracy Jure  G entium   (1934).
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buning ta ’sirida ayrim  sotsiologik  huquqqa  yondashuvchilami  «hu­
quq sotsiologiyasi» kabi maktablari ham paydo b o ‘lgan.  Ijtimoiy va tabiiy 
fanlaming  rivojlanib  borishi  natijasida  huquq  nazariyasi  ham   ijtimoiy 
hayotning  real  jarayonlarini  o ‘zida  aks  ettirib  borgan.  1960-yillardan 
boshlab  ko'pgina  huquqshunoslar  huquq  nazariyasi  xalqaro  huquqni 
tartibga solishga kam  e ’tibor qaratayapti,  deb  hisoblashgan va bu  masa- 
lalarga  huquq  nazariyasi  alohida e ’tibor qaratishi  lozim,  degan g'oyalar 
ilgari  surilgan.  Bu  haqda  D.B.  Levin  shunday  deb  yozgan:  «Xalqaro 
huquqning obyektiv ijtimoiy  qonuniyatlarini  kashf etish va  rivojlantirish 
xalqaro  huquq  fanining  eng  muhim  vazifasidir»1.
O 'tgan  davrning  sodda  va  oddiy  huquqiy tartibga  solish  mexanizmi 
jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlarini  oldindan  bilishni  talab  qilmas  edi. 
Bu  qonuniyatlardan  faqat  amaliyotda  foydalanilardi,  odamlar ularning 
amal  qilinishiga  moslashar edi,  xolos.  Nazariya  to'plangan  tajribalarini 
tahlil  qilib,  umumlashtirib,  amaliyot  orqasidan  harakat  qilar  edi.  XXI 
asming boshi xalqaro  munosabatlar tizimi va dunyoda sodir bo'layotgan 
integratsion jarayonlardagi  m uammolami  m a’lum  bir qoida asosida  hal 
qilish  mumkin  bo'lm ay  qoldi.
Xalqaro  munosabatlar taraqqiyoti  qonuniyatlarini  va  ularning  rivoj­
lanish yo'nalishlarini  hamda ularga ta ’sir qilish vositalarini  nafaqat hozir, 
balki  kelajakda ham o'rganish muhim ahamiyatga ega.  Bugun  amaliyot- 
ning  o'zi  xalqaro  huquq  fanining  rivojlanishidan  o 'ta  manfaatdordir. 
Faqat  shunday  bo'lgandagina  xalqaro  huquq  fani  amaliyotga  bevosita 
xizmat  qilishi  mumkin.
Bunda xalqaro huquqning u yoki bu sohasini  dabdurustdan  o'rganish 
kerak  emas,  balki  yangi  sharoitlar  tizimli  ravishda  atroflicha  chuqur 
o'rganish  lozim.  Kelajakda  paydo  bo'luvchi  muammolarni  hal  qilish 
normalarini  yaratish  xalqaro  hayotning  kundan-kunga  o'sayotgan  di- 
namizmi  sharoitida  alohida  ahamiyatga  egadir.  Faqat  shu  omillarni 
nazarga  olgandagina  muhim  amaliy  m uam molarni  huquqiy  hal  qilish 
imkoniyati tug'iladi.  Xalqaro  huquq fani  xalqaro  munosabatlarga huquq­
ning  ta ’sir  qilish  imkoniyatlarini  va  bunday  ta ’sir  usullarini  aniqlashga 
yordam  berishi  lozim.  Bu  yo'ldagi  m uam mo  ilmiy  bilishning  siyosiy, 
iqtisodiy  va  mafkuraviy  hayotga  singdirish  mexanizmini  ishlab  chiqish- 
dan  iborat.  Buning  hammasi  xalqaro  huquq  fanining  vazifalari  kenga- 
yishidan,  ijtimoiy  ahamiyatining  oshishidan  dalolat  beradi.
Shunday qilib,  hozirgi  paytda xalqaro huquqni o'rganish katta ahami­
yatga  ega.  Xalqaro-huquqiy  tartibga  solishning  xarakteri,  uning  obyekti 
davlatlararo  munosabatlar  natijasida  aniqlanadi.  Ularni  o'rganishdagi
Левин Д.Б.  Методология  советской  науки  международного  праиа  / /   Сов.  госу­
дарство  и  право,  1969.  №   9.  С.  63.
www.ziyouz.com kutubxonasi


muvaffaqiyat  xalqaro  huquqning  boshqa  ijtimoiy  fanlar bilan  hamkorli- 
giga  ham   bog'liq.
A n’anaviy falsafa, sotsiologiya,  mantiq, huquq nazariyasi bilan o'zaro 
aloqalardan  tashqari  xalqaro  huquq  fanning  boshqa  sohalari  bilan  ham 
aloqa  o'm atishga  majbur bo'lyapti.  Bunda  ayniqsa  siyosatshunoslik  bi­
lan  hamkorlik  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuningdek,  iqtisodiyot 
bilan  bo'lgan  aloqalarning  ham  ahamiyati  oshib  borm oqda.  Xalqaro 
iqtisodiy  huquq xalqaro ommaviy huquqning  asosiy tarm oqlaridan  biri­
ga  aylanm oqda.  Xalqaro  huquq  fani  sohalarining  rivojlanishi,  ya’ni 
xalqaro  kosmik  va  xalqaro  dengiz  huquqi,  atrof m uhitni  muhofaza  qi­
lish  (ekologiya)  huquqi  va  boshqa  tabiiy  fanlarning  tegishli  tarmoqlari 
bilan  yaqin  hamkorlik  qilishni  taqozo  etmoqda.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish