Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquq  nazariyasining  shakllanishi.  Tabiiy  huquq  va



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

1-§.  Xalqaro  huquq  nazariyasining  shakllanishi.  Tabiiy  huquq  va 
pozitiv  huquq  nazariyalari
2-§.  Xalqaro  huquq  nazariyasi  ijtimoiy  fanlar  tizimida
3-§.  Xalqaro  huquq  amaliyotiga  tabiiy  fanlar  ta’siri
4-§.  Xalqaro  huquq  va  tashqi  siyosatning  o ‘zaro  nisbati
5-§.  Zamonaviy  xalqaro  huquq  fanining  ahvoli
6-§.  Zamonaviy  xalqaro  huquq  amaliyoti
l- § .  Xalqaro  huquq  nazariyasining  shakllanishi.
Tabiiy huquq  va  pozitiv huquq  nazariyalari
XXI 
asr boshida xalqaro  munosabatlar rolining  kundan-kunga o ‘sib 
borishi  va  ularning  nihoyatda  murakkabligi  munosabati  bilan  xalqaro 
huquq  fani  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Chunki  xalqaro  huquq 
xalqaro  miqyosdagi  nizo  va  kelishmovchiliklami  bartaraf etishda,  tobo- 
ra  globallashib  borayotgan  dunyoning  birligini  va  yaxlitligini  saqlashda 
juda  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Xalqaro  munosabatlar  roli  ortib  borishining 
yaqqol  misoli  sifatida  BMT  Assambleyasi  tomonidan  1990— 1999-yil- 
larni  BMT  «Xalqaro  huquq  o ‘n  yilligi»  deb  e ’lon  qilinishini  ko'rsatish 
mumkin.  0 ‘n  yillikning  asosiy  vazifasi  —  «xalqaro  huquq  prinsiplari- 
ning qabul  qilinishi  va  ularni  hurmat  qilishga yordam ko'rsatish»  b o‘ldi. 
Xalqaro huquq rolining muttasil o ‘sib borishi  va xalqaro-huquqiy m uam - 
molarning  hal  qilinishi  nazariya  va  amaliyotning  uzviy  bog‘liqligini 
ta ’minlashni  taqozo  etadi.  «Xalqaro  huquq  fanining  o ‘n  yilligi»  dastu­
rida xalqaro  huquq  fanini  rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratilgan.  0 ‘n 
yillikning  asosiy  maqsadlaridan  biri  xalqaro  huquqqa  oid  ilmiy  tad- 
qiqotlarni  yanada  rag‘batlantirishdan  iborat  bo‘ldi.  Davlatning  yuqori 
malakali  mutaxassislar  tom onidan  amalga  oshirilgan  xalqaro  huquqqa 
oid  ishlarni  rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiqdir.  0 ‘n yillik yakun- 
lari  bo'yicha  BM T  Bosh  Assambleyasi  Rezolyutsiyasida  «davlatlar  va 
xalqaro  tashkilotlar  xalqaro  huquq  bo'yicha  risola  va  boshqa  material- 
lam i  nashr  etish n i,  xalqaro  huquqni  om m alashtirish  m aqsadida 
o'tkaziladigan simpozium,  konferensiya, seminar va boshqa yig‘ilishlarni 
rag'batlantirishi  maqsadga  muvofiq»1—  deyiladi.
Xalqaro  huquq  fani  ahamiyati  va  rolining  o'sib  borishi,  o 'z  nav-
;  Qarang:  Резолю ция  54/28  от  17  ноября  1999г.//  Резолюции  и  реш ении,  п р и н я ­
тые  Генеральной  Ассамблеей  на  пятьдесят  четвертой  сессии  I.  -  Н ью -Й орк,  О ОН, 
2 00 0
.
www.ziyouz.com kutubxonasi


batida, tashqi siyosatda ilm-fanning muhim ahamiyat kasb etishini, ya’ni 
nazariy omilni  ta ’minlaydi. Shu bilan  birga,  boshqa fanlar singari  xalqaro 
huquq nazariyasi va amaliyotining chambarchas aloqalarini ta ’minlaydi. 
Bu  esa  xalqaro  huquq  normalarining  puxta  shakllanishi  va  rivojlanishi 
uchun  muhim  omil  vazifasini  bajaradi.
Tarixiy  manbalarda  keltirilishicha,  xalqaro  huquq  g'oyasining  o‘zi 
dastlab olim va mutafakkirlarning «miyasida»  shakllangan bo'lib, so'ngra 
bu  g'oya  davlatlar amaliyotida  qo'llanishigacha  ancha  vaqt  o'tgan.  Shu 
m a’noda  xalqaro  huquq  tarixi  milliy  huquq  tarixidan  farqlanadi.  Dav­
latlar  faoliyati  natijasida  xalqaro  huquq  tizimi  paydo  bo'lgan.
N azariyotchi  huquqshunoslarning  qonun  ijodkorligi  jarayonida 
to'g'ridan  to 'g 'ri  ishtirok  etishining  yaqqol  misoli  sifatida  Yustinian 
«Digestlar»ini  keltirish  m um kin1.  533-yilda  Rim  imperatori  Yustinian 
«Rim  odil  sudlovining  ramzi»  sifatida  «Digest»lar  haqidagi  farmonini 
e ’lon  qilgan.  Digestlar miloddan  oldingi  I  asr —  milodning  IV asrlarida 
yashab o'tgan  Rim  huquqshunoslarining  fikrlarini  o'zida  mujassamlash- 
tirgan.  «Digestlar»ga  iqtibos  olinayotgan  mualliflaming  nomlari  va  ular 
asarlarining  ro'yxati  ham  ilova  qilingan.  Keyinchalik,  «Digestlar»  yu­
ridik  amaliyot  uchun  zarur  bo'lgan  normalarni  o'zida  aks  ettirgan  de­
gan  sababga  ko'ra,  yuqoridagi  adabiyotlardan  foydalanish  taqiqlangan. 
Tegishli  iqtiboslarni  tanlash  maxsus  komissiya  tom onidan  amalga oshi- 
rilgan.  Bu  komissiya  6  nafar  a’zodan  iborat  bo'lib,  shundan  4  nafari 
huquqshunos olim bo'lgan.  Biroq tegishli  qoidalami tanlab olishda asosiy 
rolni  komissiya raisi,  imperator devonxonasining boshlig'i  hamda tajribali 
huquqshunos  Tribonian  bajargan.  Bularning  hammasi  Digestlar  faqat 
nazariyotchi  huquqshunoslarning  g'oyasi  emasligidan  dalolat  beradi. 
Ularning  asarlaridan  davlat  hokimiyat  talablariga  mos  ayrim  qoidalar 
olingan,  xolos.
T o 'g 'ri,  tabiiy  huquq  nazariyasi  ko'pgina  tarafdorlarining  fikrlariga 
ko'ra,  davlat  pozitiv  huquqni  yaratadi,  tabiiy  huquq  mazmunini  aniq­
lashda  esa  olimlarga  katta  o'rin  beriladi.  Shu  munosabat  bilan  fransuz 
klassik  huquqshunosi  L.  Dyugining  «obyektiv  huquq»  (droit  objetif) 
konsepsiyasini  eslab  o'tish joizdir.  Obyektiv  huquq  —  «inson  his  qiluv­
chi  narsalami o'zida  mujassamlashtirgan, olim lar esa uni  shakllantiradi, 
xolos»2.  Bu  konsepsiyada  muhim  qoida  o'z  aksini  topgan  bo'lib,  uning 
mohiyati  shundan  iboratki,  davlat tom onidan  qabul  qilinadigan  qonun- 
lar har doim jamiyat  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  holda  qabul  qilinmaydi. 
Bunga  qonunlar  obyektiv  borliqdan  kelib  chiqqan  holda  tuzish  uchun 
ko'pgina  sabablar,  xususan,  qonunshunosning  yuqori  malakaga  ega 
bo'lmasligi  sabab bo'lishi  mumkin.  Jamiyat  hayoti  uchun  zarur bo'lgan
1  Qarang:  Дигесты  Ю стиниана.  —  М.,  1983.
2  Duguit  L  L  Etat,  le  droit  objectif et  la  loi.  —  Paris,  1901.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qonunlar «obyektiv qonunlar»  hisoblanadi va uni  mazmunan  shakllant- 
irishda  huquqshunoslik  fani  muhim  o ‘rin  tutadi.
Xalqaro  huquq  nazariyasi  o ‘z  tarixi  davomida bu  huquqning  shakl- 
lanishida  va  ko'pchilik  tom onidan  tan  olinishida  muhim  omil  bo'lib 
xizmat  qilgan.  Ba’zan  uni  «olimlar  huquqi»  («professorona  huquq») 
deb  ham  atashgan.  Bu  jihatlar biror  marta  ham  mutaxassislar tom oni­
dan  qayd  etilmagan.  Professor  L.A.  Kamarovskiyning  yozishicha,  Ilm- 
fan  xalqaro  huquqni  yaratgan,  rivojlantiigan  va  u  haqdagi  ta’limotlarni 
har doim  m ustahkam lagan1.  Haqiqatan  ham  bunda  xalqaro  huquqning 
quyidagi  ikki  vazifasi:  birinchidan,  xalqaro  huquq  normalarining  am ali­
yotda  tasdiqlanishiga  va,  ikkinchidan,  xalqaro-huquqiy  ongning  rivoj- 
lanishiga  ta ’sir  ko'rsatishi  to'g'ri  qayd  etilgan.
«Xalqaro  huquqning  otasi»  sifatida golland  huquqshunosi  va  diplo- 
mati Gugo Grotsiy (1583—1654)  tan olingan bo'lib,  u  «Urush va tin c h ­
lik  huquqi  haqida»  nomli  asarida  (1625)  xalqlar va  ularning  hukum at- 
lari  o'rtasidagi  munosabatni  tartibga  soluvchi  huquq  mavjudligini  asos- 
lab  bergan2.  H aqiqatan  ham  o'sha  zamonda  shunday  buyuk  va  ulu 
g'oyaning  bir  inson  boshida  paydo  bo'lishi  uchun  tegishli  moddiy  va 
intellektual  om illar  mavjud  bo'lgan.
Rim  imperiyasi  qulab,  papa  hokimiyati  kuchsizlanganidan  keyin 
G 'arbiy  Yevropada  tartibsizlik  boshlanib  uzluksiz  urushlar  hukm  sura 
boshlagan.  K.  Van  Vollenxovenning  yozishicha,  XVI  asrning  oxirida 
«dzaxiy  hayot  sharoitlari»  yuzaga  kelgan.  O 'ttiz  yillik  urush  mobay- 
nida  (1618—1648)  katolik  va  protestant  davlatlarning  o'zaro  holsizla- 
nishi  natijasida  Vestfal  tinchlik  shartnomasi  tuzilgan.  Ushbu  Tinchlik 
shartnomasi  G 'arbiy Yevropada  xalqaro  munosabatlarni  yangi  bosqich- 
ga  ko'targan  va  mustaqil  davlatlar  o'rtasidagi  xalqaro  munosabatlarni 
tartibga  soluvchi  tizimni  yaratgandi.  Bunday  sharoitda  huquq  yorda­
mida  davlatlararo  munosabatlarda  o'zboshimchalikni  cheklash  va  ol­
dini  olish  g'oyasi  ilgari  surilgan.
Bu g'oyaning  amalga oshishida  ichki  siyosiy tajriba  ham  muhim  rol 
o'ynagan.  G 'arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  buijuaziya  munosabatlari- 
ning  mustahkamlanishi  (XVI—XVII  asrlar)  uning  qirol  hokimiyatiga 
ta’sirini oshirgan.  Bu, o 'z  navbatida, buijuaziya sinfi manfaatlarini himoya 
qilgan.  Bu  ittifoq  feodallarni  qisqartirish  im konini  bergan.  Tartib 
o'm atishda  huquq juda  muhim  ahamiyat  kasb  etgan  va  o'zi  ham  rivoj- 
lanib  borgan.  Bu  xalqaro  m unosabatlarda  xalqaro  huquqni  qo'llash 
amaliyotiga  ijobiy  ta ’sir  etgan.
G.  Grotsiy  asarining  asosiy  mazmuni  o'sha  davrdagi  buyuk  faylasuf
1  Комаровский Л.А.  О сновны е  вопросы  науки  международного  права.  —  М,  1895. 
С.  63.
2  Гроций  Г.  О  праве  войны   и  мира.  Три  книги.  —  М,  1956.  С.  44.
www.ziyouz.com kutubxonasi


va huquqshunos olimlarning asarlaridan olingan edi.  Faylasuflar xalqaro 
munosabatlarda oddiy tartibni asoslashga uringanlar.  G.  Grotsiyga  Foma 
Akvinskiyning (1225— 1274) «Grad bojiy» asari juda katta ta’sir o'tkazgan. 
Bu  asarda  muallif G 'arbiy  Yevropa  mamlakatlari  hukmdorlarini  papa 
boshchiligida  birlashishga  chaqirgan.  Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,
F.  Akvinskiy  huquqqa  alohida  e ’tibor qaratgan, jumladan,  xalqaro  m u­
nosabatlarni  tartibga  solish  maqsadida  u  Qadimgi  Rimning  jus  gen­
tium  —  «xalqlar huquqi»  —  tushunchasini  kengaytirgan.  Huquqshunos- 
lar haqida gap ketganda,  albatta,  Grotsiydan oldin yashab o'tgan  yurist- 
olim lam ing  ham  xizmatini  alohida  ta ’kidlash  lozim.  Xalqaro  huquq 
tarixi  bilan  shug'ullanuvchi  ayrim  olimlarning  fikricha,  xalqaro  huquq­
ning  haqiqiy  «otalari»  F.  Vitoria  (1483—1546)  va  A.  Jentili  (1552— 
1608)  bo'lgan1.
Haqiqatan  ham  G.  Grotsiy  ularning  fikrlaridan,  ayniqsa  A.  Jentili 
asarlaridan  keng  foydalangan.  Shu  bilan  birga  faqat  G.  Grotsiygina 
xalqaro  huquq  nazariyasini  ishonarli tarzda asoslagan va xalqaro huquq­
ning  asosiy  qoidalarini  qayd  etib  o'tgan.
Asosiy  qiyinchilik  huquqning  aniq  normalarini  ishlab  chiqishda 
bo'lgan.  Sababi  davlatlar  amaliyotida  deyarli  qo'llanilmagan qoidalarni 
yaratish  lozim bo'lgan.  Shuning uchun G. Grotsiy o'zidan oldingi olimlar 
singari  huquq normalarini  tabiiy  huquqdan,  diniy  matnlardan  va  axloq- 
dan  qidirgan.  Tabiiy  huquq  normalarini  aniqlashda  «aql  huquqi»  va 
Rim  huquqi  muhim  ahamiyat  kasb  etgan.  Shu  bilan  birga,  G.  Grotsiy 
« u m u m e ’tir o f   etila d ig a n   h u q u q   b arc h a   d av latlarn in g   yoki  ular 
ko'pchiligining  kelishuvi  bilan  paydo  bo'lishi  mumkin»2  deb  hisobla- 
gan.
Bundan  shu  narsa  ayon  bo'ladiki,  gap  asosan  huquq  haqida  emas, 
balki  ko'proq  falsafiy g'oyalar  haqida  borgan.  Ushbu  falsafa  real  hayot- 
dan  ancha  uzoq  bo'lib,  utopik  xususiyatga  ega  bo'lgan.  Shunga  qara- 
masdan,  bu  «utopik  xayollar»  faqatgina  orzular  bo'libgina  qolmasdan, 
balki  xalqaro hayotning  real  ehtiyojlarini  ifodalagan.  Bu omillar xalqaro 
huquq  nazariyasining  yanada  rivojlanishiga  ta ’sir etgan.  Bu,  o 'z  navba­
tida,  o'sha paytda  fantastika sifatida qaralayotgan xalqaro huquq prinsip- 
lari  va  qoidalarining  ommalashishiga  sabab  bo'lgan.  Shunga  qaramas- 
dan,  bu  «utopik xayollar»  faqatgina  orzular bo'libgina qolmasdan,  balki 
xalqaro  hayotning  real  ehtiyojlarini  ifodalagan  edi.
Bu  om illar xalqaro  huquq  nazariyasining yanada  rivojlanishiga ta ’sir 
etgan.  Bu,  o'z  navbatida,  o'sha  paytda  fantastika  sifatida  qaralayotgan 
xalqaro huquq prinsiplari va qoidalarining ommalashishiga sabab bo'lgan.
1  Qarang:  Scott  J.The  Spanish  Origin  o f International  Law.  N.Y.,1928.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish