* W oodward B. Bush at W ar. N Y ., 2002.
5 Glenon M. T h e Rule o f Law is B reaking D ow n / / In te rn a tio n a l H erald T rib u n e, 2002.
N ov. 22.
6 S in clair J. T h e Practice o f In te rn a tio n a l Law / / In te rn a tio n a l Law: T eaching and
P ractice. L o n d o n , 1982.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'z idoralarida va tashqi siyosat xodimlari orasida huquqshunoslarga
oddiy xizmatchi xodim sifatida qarash shakllanib qolgan. Qachonki,
Britaniya Tashqi ishlar vaziri R. Kuk AQSH davlat kotibi M. Olbraytga
BMT Xavfsizlik Kengashining ruxsatisiz Yugoslaviyaga nisbatan kuch
ishlatishda o'z huquqshunoslari bilan muammo paydo bo'lganini ayt-
ganda, M. Olbrayt: «Yangi huquqshunos mutaxassislarni to ‘plang», —
deb javob bergan edi1.
Obyektivlik nuqtayi nazaridan shuni alohida ta ’kidlash lozimki, hu
quqshunoslar orasida xalqaro huquq nazariyasining amaliyotga ta ’sirini
yuqori baholaydiganlari ham bor. Amerikalik professor L. Sonning
fikricha, «Diplomatlar hali ham huquq ijodkorlari hisoblanishsa, tashqi
ishlar muassasalari huquqshunoslari va buyuk huquqshunos professor-
lar qaysi normalar xalqaro odat huquqi bo'lishini belgilab beruvchi
mutaxassislardir»2.
Shuni ta’kidlash lozimki, AQSHda huquqshunoslarning dunyoga
mashhur jamoalari shakllandi. Ularning katta qismini boshqa davlat-
lardan kelgan olimlar tashkil qiladi. AQSH xalqaro huquqshunoslar soni,
ularning ilmiy darajasi, moddiy ta ’minoti jihatidan boshqa davlatlardan
oldinda turadi. Natijada Amerika xalqaro huquq nazariyasi jahon xalqaro
huquq doktrinasiga ham o'z ta ’sirini o'tkazm oqda. Shu bilan birga, u
m a’lum darajada g'arb mamlakatlarining nazariya va amaliyotiga asos-
langan holda bir tom onlam a bo'lib bormoqda.
So'nggi yillarda yuqoridagi holatlar sharq mamlakatlari olimlari to
monidan tanqid qilinmoqda. Tokio Universiteti professori Onum a Ya-
suaki Amerika xalqaro huquqshunoslari uyushmasida so'zga chiqib,
amerikalik huquqshunoslami siyosiy plyuralizmga salbiy munosabatda
ekanligini ta’kidladi3.
Ayrim amerikalik olimlarni o'z mamlakatining tashqi siyosatiga nis
batan tanqidiy funksiya bajarishini ta ’kidlashyapti. R.Folkning yozishicha:
«Markaziy tashkilotlarning xalqaro masalalardagi kuchsizligini berkitish
yo'llaridan biri bu olimlarning mustaqil hakam bo'lib, o'z davlati xatti-
harakatlarining huquqiyligini baholashidir»4.
Fanning amaliyotga ta ’sir etishida asosiy rolni xalqaro huquq mu-
taxassislarining xalqaro jam oat birlashmalari amalga oshiradi. XIX asr
o'rtalaridanoq xalqaro huquq bo'yicha jamoat birlashmasiga ehtiyoj sezila
boshlangan. 1859-yili London yuristlar hamjamiyatida m a’ruza bilan
1 Q arang: In tern a tio n a l H erald T rib u n e , 2002. N ov 22.
1 T h eo ry o f In tern atio n al Law at th e T h resh o ld o f the 21 st C en tu ry . T he H ag u e, 1996.
P.554.
' A m erican S orilty o f In tern a tio n a l Law. P rocudings o f the 75 th A nnual m eetin g , 1981,
P. 1 6 4 -1 6 7 .
4 Falk R. T he S tatu s o f Law in In te rn a tio n a l Socicty. P rin c eto n , 1970. P. 12.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishtirok etgan Xarkov universitetining professori D.I. Kachenovskiy
xalqaro olimlar hamjamiyatiga xalqaro huquqni kodifikatsiya qilish zarur-
ligini asoslab bergan. Bu fikr 1873-yili ko'pgina davlatlar olimlari ishti-
rokida Xalqaro huquq instituti ochilganligi bilan o 'z mantiqiy yakunini
topgan. O 'sha yili Xalqaro huquq uyushmasi tuzilgan.
Xalqaro huquq fanining roli oshganini xalqaro huquqning prog-
ressiv rivojlanishi va kodifikatsiyasida yaqqol ko'rish mumkin. Bu bo
rada markaziy o'rinni BMT ning Xalqaro huquq Komissiyasi egallaydi.
Komissiya haqidagi Nizomda xalqaro huquq fanining alohida roli
belgilangan. Uning maqsadi «xalqaro huquqni progressiv rivojlantirish
va uni kodifikatsiya qilishga yordam berishdir». «Progressiv rivojlanti
rish» deganda, xalqaro huquq tom onidan tartibga solingan yoki davlat
amaliyotida yetarli darajada rivojlanmagan m uam molar bo'yicha kon-
vensiyalar loyihalarini tayyorlashni tushunish kerak. Shundan ko'rinib
turibdiki, gap bevosita qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etish haqi
da boryapti. Keyinchalik Komissiya va Bosh Assambleya bir necha bor
shuni ta ’kidlaganidek, xalqaro huquqni kodifikatsiya qilish va uning
progressiv rivojlanishi o'zaro bog'liqdir.
Albatta, xalqaro huquqning bunday qiyin masalalarni yechishi uchun
jiddiy ilmiy tahlil kerak. Komissiya faoliyati davlatlarning amaliyotiga
tayanadi. Bu amaliyot ikkiga bo'linadi. Birinchisi, bu davlat aytayotga-
ni, ikkinchisi, bu davlat qilayotgani. Afsuski, davlatlar har doim o'z
faoliyati davomida rasmiy qabul qilingan qoidalarga rioya qilmaydilar.
Shuning uchun ham yuristlar davlatning vakillari aytganidan ko'ra
uni real xulq-atvori muhimroq, deb ta ’kidlashadi. Xalqaro sudning so
biq raisi, amerikalik huquqshunos S. Shvebelning aytishicha: «Dav
latning qilayotgan ishi, uni gapirayotgan gapidan muhimroqdir»1.
Bunday sharoitda «guruchni» «kurmakdan» ajratish oson ish emas.
Komissiya ko'proq olimlarning asarlaridan foydalanadi, davlatlarning
rasmiy vakillari chiqishlariga havola qilishdan qochadi.
Shunday qilib, amaliyot xalqaro huquqning rivojlanishi uchun juda
muhim. Xalqaro huquqning o 'n yilligi bo'yicha dastur shuni ko'zda
tutgan ediki, davlatlar xalqaro huquq bo'yicha chop etilayotgan materi-
allarni rag'batlantirishi lozim. Afsuski, O 'zbekistonda bu boradagi chop
etish ishlarini ko'ngildagidek deb bo'lmaydi.
Xalqaro huquq Komissiyasinining hay’ati tarkibiga «xalqaro huquq
da nom qo2ongan shaxslar» saylanadi. Komissiya faoliyati davomida
unga dunyoda m ashhur ko'plab xalqaro huquq mutaxassislari a ’zo
bo'lganlar.
1 Schw ebel S. The E ffect o f the U N G e n era l A ssem bly on C ustom ary In tern a tio n a l Law
/ / AS1L. P ro ceed in g s 1979. P. 304.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Komissiya faoliyati BMTning Bosh Assambleyasida bir necha bor
yuqori baholangan. Komissiyaning 50-yilligi munosabati bilan BMT
kollokviumida BMT Bosh kotibi K. Ananning aytishicha: «Oxirgi 50-
yil davomida Xalqaro huquq Komissiyasi jahon hamjamiyati oldida
xalqaro huquq yo'nalishida paydo bo'lgan muammolarni hal etishda
oldingi qatorlarda turgan. Xalqaro huquqning ustuvor yo'nalishlarida
asosiy normalarni o'rnatishga erisha olgan»1.
Kollokvium davomida Komissiya tomonidan qabul qilingan loyihalar
va ularga sharhlar nafaqat Xalqaro sud va boshqa xalqaro sudlov organ
lari tomonidan, balki milliy sudlar va arbitrajlar tomonidan ham keng
qo'llanilgani aytib o'tildi. Komissiya ishida olimlar va ilmiy muassasa-
larning ishtiroki va o'rni alohida takidlandi. Bugungi kunda xalqaro
huquqning rivojlanishiga Xalqaro sud ham katta hissa qo'shmoqda. Sudya
V.S. Veresheten fikricha, Xalqaro sud «zamonaviy xalqaro huquqning
ko'p soha va institutlariga katta ta ’sir ko'rsatm oqda»2. Haqiqatan ham
xalqaro sud tarkibida dunyoda ko'zga ko'ringan ko'plab olimlar bor.
Xalqaro sud tajribasi shuni ko'rsatdiki, u o 'z faoliyati davomida
olimlarning asarlaridan foydalanmaslikka harakat qiladi. Xalqaro hu
quq Komissiyasi esa xalqaro huquqning umumiy normalarini shakllan-
tirishdagina olimlarning asarlaridan foydalanishga harakat qiladi.
Fanning xalqaro huquqqa ta ’sir yo'nalishlaridan biri bu ta ’lim orqa-
lidir. 1995-yili BMTning Kongressida bu masalaga jiddiy ahamiyat berildi.
Unda hatto aholining aksariyat qismi xalqaro huquq borligi haqida
m a’lumotga ega emasligi ko'rsatib o'tilgan. Hatto ba’zi Tashqi ishlar
vaziri ham ayrim holatlarda xalqaro huquq normalarini inkor etishlari
ham ta ’kidlangan.
Xalqaro huquq fanini o'qitishning ahamiyati BMTning «Xalqaro
huquq o 'n yilligi Dasturi»da ham o'z aksini topgan bo'lib, xalqaro hu
quq fani ta ’limi va uni aholi o'rtasida ommalashtirish ustuvor vazifa
sifatida belgilangan. Bu vazifa quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:
birinchidan, BMTning xalqaro huquq fanini uzluksiz o'qitish das-
turini to'la amalga oshirish va xalqaro huquqni aholi o'rtasida yanada
ommalashtirish;
ikkinchidan, xalqaro huquq fanini o'qitishga yordam ko'rsatish va
bu sohada xalqaro hamkorlik olib borish;
uchinchidan, xalqaro huquq bo'yicha mintaqaviy anjuman, semi
nar, simpoziumlar tashkil etish;
1 M aking B eter In te rn a tio n a l Law: T he In te rn a tio n a l Law C om m ission at 50. N .Y .,
1998.P. VI.
2 Q arang: В ер ещ ети н B.C. М е ж д у н ар о д н ы й Суд О О Н на н овом эт ап е / / Р о с с и й
с к и й еж его д н и к м еж д у н ар о д н о го п р ава, 2002. С. 25.
www.ziyouz.com kutubxonasi
to ‘rtinchidan, xalqaro huquqshunoslar va davlat xizmatchilarining
malakasini uzluksiz oshirib borish.
Xalqaro huquq o ‘n yilligi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasi
xalqaro huquqni o ‘qitish va uni ommalashtirish maqsadida maxsus das-
tur qabul qildi1. Buning natijasida xalqaro huquq bilimlarini o ‘qitish va
keng om m a orasida targ'ib qilish davlatlar majburiyatiga aylandi. Chunki
hanuzgacha ko'pgina davlatlarda xalqaro huquq fani majburiy emas, bu
fan bo'yicha dasturlar qoniqarli emas. Shuning uchun xalqaro huquq
fanini o ‘qitish XXI asr talablari darajasida b o ‘lmog‘i zarur.
U C H IN C H I MAVZU.
XALQARO H U Q U Q N O RM A LA RI VA MANBALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |