munosabatlarda hozircha tub o'zgarishlar yuz bergani y o 'q 1. Xalqaro
huquq bo'yicha huquqshunos olimlar m uhim tashqi siyosat masala-
larini hal etishda siyosatdonlar ular bilan kam maslahatlashishlarini
aytishadi va buning sabablarini aniqlashga harakat qilishadi. Buning
yorqin misoli sifatida amerikalik taniqli huquqshunos M. Rizmanning
asarini keltirish mumkin2. U bu asarida yuqoridagi holatlaming bir qancha
sabablariga to'xtalib o'tadi.
Keltirilayotgan holatlami xalqaro huquq nazariyasining amaliyotga ta’siri
past darajada ekanligiga izoh, deb bo'lmaydi. R. Folk bu haqda quyida
gicha yozadi: «Afsuski, Qo'shma shtatlardagi xalqaro huquqshunoslar xalqaro
huquq fani rivojining istiqbollarini yetarli darajada ishlab chiqmadilar. Ular
AQSHning tashqi siyosatini oqlash bilangina ovora bo'lishdi»3.
Prezident J. Bush davrida bu muammolar yana ham kuchayib ketdi.
Uning m a’muriyati xalqaro huquq asoslarini shubha ostiga qo'ydi. J.
Bush: «Biz hech qachon kuch ishlatish bo'yicha umumiy rozilikka eri-
shishga harakat qilmaymiz. Keskin harakatlar ijobiy natijalar beradi, qarshi
davlat va rahbarlami o'z ortidan ergashtiradigan oqimni yaratadi»4.
Bu borada bir necha huquqshunoslar AQSH Prezidenti J. Bushga
yordam berishga shoshilishdi. AQSHning Kosovo va lroqdagi harakat-
larini nazarda tutgan holda Taft Universiteti professori M. Glenon shun
day yozadi: «ВМТ Ustavidagi kuch ishlatishni tartibga soluvchi qoi-
dalar endi xalqaro huquqda majburiy norm alar hisoblanmaydi. Shuning
uchun Qo'shma Shtatlar Xavfsizlik Kengashi m a’qullamasa ham Iroq-
da urushni boshlashi mumkin va bu huquqqa zid bo'lmaydi5. Bu professor
kuch ishlatishni tartibga soluvchi yangi norm alar ishlab chiqishni lozim
deb hisoblaydi. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, milliy tashqi siyosatni
oqlash amaliyoti boshqa davlatlar xalqaro huquqiga ham tegishli. Lekin
bu holat fanning amaliyotga yetarlicha ta ’siri haqidagi savolga to'liq
javob bermaydi.
Bu borada M. Rizmanning «har qanday sharoitda «huquqiy» deb
hisoblangan muammo xalqaro tizim qanday bo'lishidan qat’i nazar paydo
b o'ladi va hal qilish zarurati yuzaga keladi» degan fikri diqqatga
sazovordir6. Huquqiy m uammolarning ko'payishi natijasida davlatlar
1 F o reg n Policy and the G o v ern m en t Legal A dviser / / G e o rg ia Ju rn a l o f In tern atio n al
an d C o m p arativ e Law. 1972. Vjol. 2. Suppl.2.
2
Reisman M. In tern atio n al In c id en s: In tro d u ctio n to a New G e n re in the Study o f
In te rn a tio n a l Law / / Yale Jo u rn a l o f In te rn a tio n a l Law. Vol. 10. 1984. P .l.e t seq.
1
Falk R. Revitalizing In tern a tio n a l Law. A m es, 1988. P. 91.
Do'stlaringiz bilan baham: