o'rganishni xalqaro munosabatlaming mustahkam bo'lgan poydevori
asosida o'rganish muammoning yechimi hisoblanadi. Buning uchun
xalqaro huquq nazariyasini real siyosatga yaqinlashtirmoq kerak.
D arhaqiqat, xalqaro huquq nazariyasining real xalqaro m unosabat
lar poydevoriga asoslanishini rad etib bo'lmaydi. Biroq, bu xalqaro hu
quq siyosat bilan omuxtalashib ketsin, degani emas. Huquq so'zsiz dav
latning iroda va manfaatlarini ifoda etadi, biroq shu bilan birga huquq
siyosatga nisbatan muayyan mustaqillikka egadir. Aks xolda, u o'zining
tartibga solish funksiyasini amalga oshira olmaydi. Huquqda o'z aksini
topgan davlatlar irodasi ham shunga yo'naltirilgan, buni ulaming m an-
faatlari ham talab qiladi. Tashqi siyosat va xalqaro huquq o'rtasidagi
o'zaro m unosabatlam ing chuqurlashuvi ular o'rtasidagi munosabatlarda
chegaraning yo'qolishini bildirmaydi. Bu yerda bir-biriga yaqin, biroq
o'xshash bo'lm agan holatlar to'g'risida so'z ketmoqda. Xalqaro huquq
ning tashqi siyosatdagi rolining pasayishi ikkala hodisaga ham zarar
yetkazadi. Siyosat o'zining amalga oshirish uchun qulay bo'lgan das-
tagidan ayrilsa, bir vaqtning o'zida xalqaro huquqning obro'yi ham tusha
di. Formal yuridik yondashuv tashqi siyosat bilan xalqaro huquqning
o'zaro aloqasini inkor qiladi. Natijada haqiqiy hayot bilan aloqa uzila-
di, xalqaro huquqning tabiati buzilib ko'rsatiladi. Ayrim fikrlarga qara-
ganda, xalqaro huquq bilan tashqi siyosatni bir-biriga qarama-qarshi
qo'yish m utlaqo to 'g 'ri kelmaydi. Bunda asosiy vazifa ular o'rtasidagi
maqbul o'zaro munosabatlar nisbatini topishdir.
Xalqaro huquq tashqi siyosatga nisbatan muayyan mustaqillikka ega
dir. G .I. Tunkin: «Milliy huquq singari xalqaro huquq siyosat bilan yaqin
aloqada, biroq siyosatning tarkibiy qismi emas» — deb yozgan1. Xalqaro
huquq har qanday siyosat uchun vosita bo'lib xizmat qila olmaydi. O'ziga
to'g'ri keladigan siyosat uchun xalqaro huquq qo'shim cha imkoniyatlar
ochadi, boshqa tom ondan esa unga qarshi bo'lgan siyosatning imkoni-
yatlarini cheklaydi. Siyosat bu imkoniyat san’ati, shundan kelib chiqib u
xalqaro huquq imkoniyatlari bilan hisoblashmasa bo'lmaydi.
Ijtimoiy hayotning baynalmilallashuvi davlatlar tashqi siyosatining
ham baynalmilallashuvini talab qiladi. Qachonlardir m ashhur bo'lgan
«milliy egoizm» siyosati o'z asoslarini yo'qotib bormoqda. U milliy
manfaatlarni himoya qilish borasida ham samarasiz bo'ladi. Zamonaviy
siyosat imkoniyat darajasida ko'proq davlatlar umumiy manfaatlari va
um um insoniy qadriyatlarni yaqqol nam oyon etishi kerak. Kelajakni
ko'zlagan tashqi siyosat uchun milliylik emas, balki baynalmilallashuv
asos bo'lib xizmat qiladi. Bu umumiy xalqaro huquqni yanada mus-
Lahkamlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: