Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


Partikulyar  yoki  mahalliy  xalqaro-huquqiy  normalar  son  jihatidan



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)


Partikulyar  yoki  mahalliy  xalqaro-huquqiy  normalar  son  jihatidan 
universal  normalardan  juda  ko'pdir  va  ularning  ta ’siri  ishtirokchilar- 
ning cheklangan,  aksariyat  hollarda ikki tomonlama munosabatlar doira­
sida  bo'ladi.
3.  Xalqaro  huquq  normalari  yuridik  kuchga  egaligi  bo'yicha  im- 
perativ  va  dispozitiv  normalarga  bo'linadi.
Imperativ norm alar (jus cogens  —  imperativ huquq)  alohida yuridik 
kuchga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Alohida  davlatlar  o'rtasidagi  m uno­
sabatlarda jus  cogens  normalaridan  bu  davlatlarning  o'zaro  bitimi  aso­
sida  chekinish  mumkin  emas.
Imperativ  normalarga zid  keluvchi  xalqaro urf-odat  yoki  shartnom a 
haqiqiy  hisoblanmaydi.  Ushbu  normalar buzilgan  hollarda  xalqaro-hu­
quqiy  javobgarlikning  alohida  qonuniy  munosabatlari  yuzaga  keladi: 
nafaqat bevosita jabrlangan,  balki  boshqa  har qanday davlat  ham huquq- 
buzam ing  javobgarligiga  taalluqli  yuridik  javobgarlik  masalasini  ilgari 
surishga  haqli  hisoblanadi.
Imperativ  normalarni  buzish javobgarligining  alohida  shakli  —  dav­
lat  organlaridagi  mansabdor  shaxslarni  jinoiy  javobgarlikka  tortish.  Bu 
yerda  xalqaro  jinoyatlar  hisoblanadigan  huquqbuzarliklar  haqida  gap 
bormoqda.  Imperativ  normalarga  yaqqol  misol  sifatida  xalqaro  huquq­
ning umumiy prinsiplarini  ko'rsatish mumkin.  Shu bilan birga,  ta ’kidlash
www.ziyouz.com kutubxonasi


joizki,  hozirgi  kunga  qadar  xalqaro  huquqning  imperativ  normalari  va 
prinsiplari  ro'yxati  biror-bir xalqaro  hujjatda  to'liq  keltirilmagan.
Dispozitiv  normalar xalqaro  huquq  subyektlarining  o'zaro  kelishuvi 
asosida  ularning  hamjihatlikdagi  munosabatlarida  muayyan  chegarada- 
gi  chekinishlarga yo'l  qo'yilishini  ko'zda  tutuvchi  normalardir.  Xalqaro 
huquq  norm alarining  aksariyati  dispozitiv  norm alar  sirasiga  kiradi. 
Xalqaro huquqning dispozitiv normalariga bir misol.  Zamonaviy xalqaro 
huquq  hududiy  suvlarni  davlatlar  hududining  ajralmas  tarkibiy  qismi 
deb  hisoblaydi  va  bu  suvlarda  chet  davlatlarning  baliq  ovlash  bilan 
shug'ullanishi  taqiqlanadi.  Lekin  ikki  davlat  o'zaro  shartnoma  tuzishi 
mumkin  va  shu  shartnoma  normalari  asosida  bir  davlat  o'z  hududiy 
suvlarida  ikkinchi  chet  davlatga  baliq  ovlash  bilan  shug'ullanishga  rux­
sat  berishi  mumkin.
4. 
Xalqaro-huquqiy  tizimdagi  vazifasi  bo'yicha  xalqaro  huquq  nor­
malari  moddiy  va  protsessual  normalarga  bo'linadi.
Moddiy  normalar  bevosita  xalqaro  munosabatlarni  tartibga  soladi. 
Protsessual  normalar  esa,  xalqaro  huquqni  yaratish  va  amalga  oshirish 
jarayonlarini  tartibga  solishga  xizmat  qiladi.  Amaldagi  har  bir  xalqaro 
shartnoma o'zining protsessual  normalariga ega bo'ladi.  Protsessual huquq 
yuksak  darajadagi  dispozitivligi  bilan  ajralib  turadi.  U  protsessual  faoli- 
yatning  umumiy jihatlarinigina  belgilab  beradi.
Xalqaro  huquq  norm alari  o 'zin in g   yaratilish  usuli  va  mavjud 
bo'ladigan shakli,  ya’ni  manbayi bo'yicha  — odat,  shartnomaviy,  xalqaro 
tashkilotlarning  qarorlari  normalariga  bo'linadi.
Xalqaro  huquq  normalari  boshqa  nisbatan  ahamiyati  kamroq  me- 
zonlar  bilan  tasniflanishi  mumkin.  Bular  —  taqiqlovchi,  majburlovchi, 
vakolat  beruvchi  normalar;  boshqa  normalarda,  aktlarda  mavjud  qoi- 
dalarni  qo'llashga  majbur etadigan  havola qiluvchi  normalar;  tabiat,  fan 
va  texnika  qonunlari  talablariga  yuridik  kuch  beradigan  xalqaro  huquq 
normalari texnik  normalar qatoriga  kiradi;  dasturiy va tavsiyaviy xalqaro 
huquq  normalariga  bo'lish  mumkin.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish