Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquq  institutlari va  sohalari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

4-§.  Xalqaro  huquq  institutlari va  sohalari
Xalqaro-huquqiy  institut  deganda,  bir  turdagi  xalqaro  m unosabat- 
lami  tartibga  soluvchi  huquq  normalarining  guruhi  tushuniladi,  ular 
ana  shu  munosabatlaming  um umiy  obyekti  bilan  o'zaro  cham barchas 
bog'liqlik  kasb  etadi.  Misol  tariqasida,  huquqbuzarlik  uchun  xalqaro 
javobgarlik  institutini  keltirish  mumkin.
Huquqiy  normalar va  institutlar,  o 'z  navbatida,  xalqaro  huquq  so­
halariga birlashadi.  Bir turdagi xalqaro  munosabatlaming jam i  majmuyi, 
masalan,  xalqaro  shartnom alar tuzishga  doir (xalqaro shartnom alar hu ­
quqi),  xalqaro  tashkilotlar  faoliyati  bilan  bog'liq  (xalqaro  tashkilotlar 
huquqi)  va  shu  kabilar soha  obyekti  hisoblanadi.  Ayrim  sohalar  (m asa­
lan,  xalqaro  dengiz  huquqi  va  diplom atik  huquq)  azaldan  mavjud, 
boshqalari  (misol  uchun,  xalqaro  atom   huquqi  va  xalqaro  kosmik  hu ­
quqi)  nisbatan  yaqinda  paydo  bo'lgan.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro  huquq  sohasi  deganda,  xalqaro 
hayotning  muayyan  jabhasidagi  xalqaro  huquq  subyektlari  o'rtasidagi 
munosabatlarni  tartibga  soluvchi  yuridik  norma  va  prinsiplar  majmuyi 
tushuniladi,  u xalqaro huquqning o'ziga xos predmeti sanaladi va xalqaro 
huquqning  har  bir sohasiga  doir  norm alar  va  prinsiplar,  keng  m a’noda 
xalqaro  huquqning  to'liq  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Sohaviy  norm a  va 
prinsiplar  xalqaro  huquqning  umumiy  prinsiplariga  asoslanadi  va  ular 
huquqiy  munosabatlaming  muayyan  sohasiga  tatbiqan  aniqlashtiriladi, 
ular  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplariga  zid  bo'lm asliklari  shart. 
Xalqaro  huquq  nazariyasida  har  qaysi  xalqaro  huquq  sohasining  pred­
meti  va obyektining  o'ziga  xosligi  bilan  belgilanadigan,  normalari  ham ­
da  prinsiplarining  aynan  shu  o'ziga  xosligi  xalqaro  huquqda  uning  alo­
hida  sohalarini  farqlash  uchun  muhim  mezon  hisoblanadi.
Xalqaro  huquqni  sohalarga  ajratish  borasida xalqaro  huquq  nazariya­
sida  yagona  fikr yo'q.  Bu boradagi  konsepsiyalardan  biriga  ko'ra.  xalqaro 
huquq  sohalari  faqatgina  xalqaro  huquq  normalari  va  prinsiplarini  ilmiy 
jihatdan tizimlashtirish  uchun  mavjud,  shuningdek,  ular xalqaro  huquqni 
o'rganish  va  unda  ta ’lim  berishda  qulaylik  yaratish  maqsadida  ajratiladi. 
Boshqa  bir  nuqtayi  nazarga  muvofiq,  xalqaro  huquq  sohalari  xalqaro 
munosabatlaming muayyan sohalaridagi huquqiy munosabatlaming o'ziga 
xosligini  aks  ettiruvchi  obyektiv  kategoriya  sifatida  mavjuddir.
Shuningdek,  xalqaro  huquqning  sohalarga  bo'linish  mezonlari  ha-
www.ziyouz.com kutubxonasi


qida bir necha xil  nuqtayi  nazarlar bayon etiladi.  Shunday nuqtayi  nazar- 
lardan  biriga  qaraganda,  xalqaro  huquq  sohasi  huquqiy  tartibga  solish 
predm etining  ichki  yaxlitligiga  ega  bo'lishi  ham da  bunday  tartibga  so­
lishning  o'ziga  xos  uslubidan  foydalanishi  zarur.  Boshqa  bir  nuqtayi 
nazarga  ko'ra,  xalqaro  huquq  normalari  va  prinsiplari  guruhini  alohida 
sohaga ajratish  uchun  huquqiy  m unosabatlar predm etining o'ziga xosli­
gi  hamda huquqning maxsus sohaviy prinsiplari birligi kifoyadir.  Xalqaro 
huquq  nazariyasida,  bundan  tashqari  xalqaro  huquq  sohalari  va  kichik 
tarm oqlarni  ham  farqlash  tavsiya  etiladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish