Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquqning  universal  manbalari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

-§.  Xalqaro  huquqning  universal  manbalari
Shartnoma  —  xalqaro  huquq  manbai.
Shartnoma  xalqaro  huquq  normalarining  amaldagi  yozma  shaklidir. 
Xalqaro  shartnoma  ikki  yoki  undan  ortiq  xalqaro  huquq  subyektlari 
o'rtasidagi bitimdir. Xalqaro shartnoma mustaqil  davlatlarning ixtiyoriylik 
va  suveren  tenglik  asosida  kelishilgan  irodasi  hisoblanadi.  Zamonaviy 
xalqaro  huquqning  aksariyat  normalari  shartnom a  xususiyatiga  ega.
O 'tm ishda  ham ,  h o zir  ham   qog'ozda  qayd  etilgan  norm alarni 
qo'llashdagi  aniqlik  va  qulaylik  tufayli,  xalqaro  shartnom alar juda  om - 
mabop  hisoblanadi.  Xalqaro-huquqiy  tartibga  solish  vazifalarining  mu- 
rakkablashib borishi  natijasida xalqaro  shartnom alarning  mavqei  tobora 
ortib  bormoqda.
Hozirgi zamon xalqaro huquqiga xos eng  muhim jihat  ko'p tom onla­
m a shartnomalar soni va mavqeining ortib borayotganidir.  Birgina  M DH 
doirasida  200  tadan  ziyod  shunday  shartnoma  tuzilgan.  Bu  jarayon  is- 
tiqbolda yanada rivojlanib borishini taxmin  etish  uchun asoslar yetarlidir.
K o'p tom onlam a shartnom alar soni  va  mavqeining  ortishi  dunyoda 
faqat  davlatlarning  hamjihatlikdagi  sa’y-harakatlari  bilangina  tartibga 
solish  mumkin  bo'lgan  global  m uam m olar  soni  ko'payib  ketayotgani 
bilan  izohlanadi.  Barcha  davlatlar uchun  um umiy  prinsiplar va  norm a­
lar asosida  umumjahon  tartibotini  saqlab turish  zarurati  ham  xuddi  shu 
yo'nalishga  qaratilgandir.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro-huquqiy  shartnoma  deganda, 
xalqaro  huquqning  asosiy  va  muhim  manbalaridan  biri  tushuniladi.  Bu 
BMT Ustavida hamda BMT Xalqaro sudi statutida ham o'z aksini topgan.
1969-yildagi  Xalqaro  shartnomalar huquqi  to'g'risidagi  Vena  konven- 
siyasi hamda  1986-yildagi  Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shart­
nomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasining 2-moddasiga muvofiq, 
xalqaro  shartnoma —  xalqaro  huquq  tomonidan  tartibga  solinadigan  dav­
latlar va  xalqaro  huquqning  boshqa  subyektlari  o'rtasidagi  bitimdir.
Shartnoma  xalqaro  huquq  subyektlari  o'rtasida  ular  uchun  yuridik 
majburiy  bo'lgan  qoidalar —  ulam ing  o'zaro  huquq  va  majburiyatlarini 
belgilash,  o'zgartirish  yoki  bekor qilishga  doir  xalqaro-huquqiy  norm a­
larni  yaratish  to'g'risidagi  bitimni  nisbatan  aniq  va  muayyan  shaklda 
ifoda etadi.  Xalqaro  huquq  normalarining  ko'pchiligi  shartnomaviy  xu- 
susiyatga  egadir.
Xalqaro  shartnomada  xalqaro  huquq  manbayi  sifatida  ko'p  marta 
qo'llashga  mo'ljallangan  um umiy  normalar  ham da  aniq  holatlar uchun
www.ziyouz.com kutubxonasi


ilova  qilinadigan  individual  norm alar,  ya’ni  universal  va  partikulyar 
norm alar  ifodalangan  bo'lishi  mumkin.
Xalqaro huquq  manbalari  sirasiga davlatlararo shartnomalami  ham, 
shuningdek,  xalqaro  shartnom alar ishtirokidagi  shartnomalami  ham  ki­
ritish  qabul  qilingan.  Unda  barcha  xalqaro  shartnomalar,  ularda  ishti­
rok  etuvchilar  sonidan  qat’i  nazar,  xalqaro  huquqning  u  yoki  bu  sub­
yektlari  uchun  xalqaro  huquq  manbalari  hisoblanishini  ham  ta ’kidlash 
lozim.  Ularga  umumiy talablar qo'yiladi.  Huquqiy asosli  shartnom alar- 
gina xalqaro huquqning asl  manbalariga mansub hisoblanadi,  ya’ni bun­
day  shartnom alar  sirasiga  faqat  ixtiyoriy  teng  huquqli  xohish-iroda  si­
fatida  xalqaro  huquqning  um um e’tirof  etilgan  prinsiplariga  muvofiq, 
kuch  ishlatmasdan  va  kuch  ishlatish  bilan  tahdid  qilmasdan  tuzilgan 
shartnom alar  kiradi.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro  shartnomalarning  xalqaro  hu­
quq  manbalari  sifatidagi  turli  qirralari  qayd  etiladi.  Ayniqsa,  davlat 
manfaatlarini  ifodalovchi  va  har qanday  davlat  qo'shilishi  uchun  ochiq 
bo'lgan  universal  shartnom alar  muhim  o 'rin   tutadi.  Ular orasida  BMT 
Ustavi xalqaro shartnomalar ichida oliy yuridik kuchga ega bo'lib, xalqaro 
huquqning  asosiy  manbayi  sifatida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish