Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


ll - § .  Xalqaro  huquqni  kodifikatsiya  qilish



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

ll - § .  Xalqaro  huquqni  kodifikatsiya  qilish
Amalda zamonaviy  xalqaro  huquq  normalarini  muayyan bir tizimga 
keltirish  xalqaro  huquqni  kodifikatsiyalash  deyiladi.  Kodifikatsiyalash 
jarayonida  xalqaro  huquq  normalari  aniqlanadi,  rivojlantiriladi  hamda 
yangilari  ishlab chiqiladi.  Xalqaro  huquq  normalari  kodifikatsiyasi  bilan 
BMTning Xalqaro huquq  Komissiyasi  va qator qo'm italari shug'ullanadi. 
Xalqaro  huquq  Komissiyasi  BMTning xalqaro  huquq  normalarini  kodi­
fikatsiya qiluvchi asosiy organidir.  Komissiya  25  a’zo-ekspertdan tashkil 
topgan.  Uning  a’zolari  BMT  Bosh  Assambleyasi  tom onidan  saylanadi. 
Xalqaro  huquq  bo'yicha  Komissiya  1949-yildan  faoliyat  ko'rsatib  kel- 
moqda. O'zining yarim asrdan ortiq faoliyati  davomida komissiya ko'plab 
xalqaro  konvensiya  loyihalarini  ishlab  chiqqan.
Xalqaro huquqning o'ziga  xos jihatlari va  normalarining  shakllanish 
jarayoni  taqozosiga  ko'ra,  xalqaro  huquq  manbalari  ro'yxatini  va  ular 
ta ’rifini  belgilab  beruvchi,  barcha  xalqaro  huquq  subyektlari  tan  olgan 
qandaydir  huquqiy  hujjat  mavjud  emas.
Xalqaro  huquq  normalari  shartnoma  va  odatlarda  mustahkamlab 
qo'yiladi,  shunday  ekan,  faqat  konvensiyalar  (xalqaro  shartnomalar)  va 
xalqaro  odatlar xalqaro  huquq  manbalariga  mansubdir.  Umumiy  xalqaro 
konvensiyalar  deganda,  barcha  davlatlar  ishtirok  etadigan  shartnomalar 
anglanadiki,  ulaming  matni  butun  xalqaro  hamjamiyat  uchun  majburiy 
bo'lgan normalar, ya’ni umumiy xalqaro huquq normalaridan iborat bo'ladi.
Xalqaro  huquqni  kodifikatsiyalash  bilan  bog'liq  izchil  jarayon  da­
vom  etayotganiga  qaramay,  odatlarning  xalqaro  hayotda  tutgan  o'rni 
saqlanib  qolmoqda.  Ba’zi  xalqaro  munosabatlaming  o'zi  ayrim  davlat- 
larda shartnomaviy  norm alar yordamida,  boshqalarida esa  odatlar bilan 
tartibga  solinishi  mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayni  chog'da  (aksariyat  yuristlar  xuddi  shunday  fikrda)  xulq-atvor 
qoidasini  odat sifatida tasniflash  murakkab masala, chunki shartnomaviy 
normalardan  farqli  o'laroq,  odat  qandaydir yaxlit  hujjat  sifatida  yozma 
ko'rinishda  rasmiylashtirmaydi.  Shu  munosabat  bilan odat  mavjudligini 
aniqlash uchun yordamchi vositalar: sud qarorlari va doktrinalar, xalqaro 
tashkilotlar qarorlari,  shuningdek,  davlatlarning  bir tom onlam a  hujjat- 
lari  hamda  xatti-harakatlaridan  foydalaniladi.
Yordamchi  vositalardan  biri  —  sud  qarorlariga  BMT  Xalqaro  sudi, 
shuningdek,  boshqa xalqaro  miqyosdagi  sud va  arbitraj  organlari  qaror­
lari  ham  kiradi.  Nizoni  BMT Xalqaro  sudiga  yoki  boshqa  xalqaro  sud­
lov  organiga  havola  etar ekan,  davlatlar ko'pincha  nizolashayotgan  to- 
monlar uchun  majburiy  hisoblangan  odat  normasi  bor-yo'qligini  aniq­
lab  berishni  so'raydi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish