Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


Xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari — xalqaro huquqning manbai



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari — xalqaro huquqning manbai.
Ko'pchilik  hollarda  xalqaro  tashkilotlar  o'zlarining  majburiy  yu­
ridik  kuchga  ega  bo'lmagan  rezolyutsiyalarida  keyinchalik  uning  ishti- 
rokchilari  tomonidan  imzolanadigan  shartnomalarda  aks  etishi  ko'zda 
tutilgan  prinsiplar  va  normalarni  belgilaydilar.  Masalan,  BMT  Bosh 
Assambleyasining  rezolyutsiyalari  inson  huquqlari  bo'yicha  shartnom a­
lar  majmuyini  yaratishda  bosh  omil  bo'ldi.  Bu  qarorlar,  shuningdek. 
yadroviy  qurollarni  tarqatm aslik  to 'g 'risid ag i  shartnom a,  Kosmos 
to'g'risidagi  shartnoma  va  boshqa  shu  kabi  xalqaro  shartnomalar  irn- 
zolanishida  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.
Xalqaro  tashkilotlar  o 'z  nizomlariga  muvofiq  rezolyutsiyalar  qabul 
qiladilar.  Bunday rezolyutsiyalamingayrimlari  majburiy bo'lsa,  boshqalari 
tavsiyaviy  xususiyat  kasb  etadi.  Misol  sifatida  BMT  Bosh  Assambleya­
sining rezolyutsiyalarini  keltirish mumkin.  Ularni yuridik kuchi bo'yicha 
uch  guruhga  bo'lish  mumkin.
Birinchi guruh:  BMT Bosh Assambleyasining majburiy yuridik kuchga 
ega  bo'lgan  rezolyutsiyalari.  Bunday  rezolyutsiyalar  qatoriga  BMTga 
yangi  a ’zo  davlatlarni  qabul  qilish  yoki  a ’zolarini  muayyan  huquq  va 
imtiyozlarini  to'xtatish  yoxud  budjet  masalalari  to'g'risidagi  rezolyutsi- 
yalami  kiritish  mumkin.
Ikkinchi  guruh:  davlatlar  harakati  uchun  huquqiy  asos  bo'luvchi 
rezolyutsiyalar.  BMT  Bosh  Assambleyasining  rezolyutsiyalari  a'zo  dav­
latlar uchun  muayyan  huquq  va  majburiyatlar  keltirib  chiqarishi  mum-
www.ziyouz.com kutubxonasi


kin.  BMTning  bunday  rezolyutsiyasi  har  qanday  a ’zoga  rezolyutsiya 
asosida  harakat  qilish  huquqini  bersa,  boshqa  davlatlarga  ushbu  ha- 
rakatlaming  huquqiyligini  tan  olish  majburiyatini  yuklaydi.
Uchinchi  guruh:  BMT  Bosh  Assambleyasining  siyosiy  va  axloqiy 
ahamiyatga  molik  rezolyutsiyalari.  Bunday  rezolyutsiyalar yuridik  maj­
buriy kuchga ega emas va tavsiyaviy xususiyat  kasb etadi.  Shuning uchun 
ular  xalqaro  huquq  normalari  emas.  Albatta,  BMT  Bosh  Assambleya 
rezolyutsiyalarini  bajarmagan  a’zo  davlatlarga  nisbatan  muayyan  cho- 
ralar ko'rishi  mumkin,  ya’ni  davlatlarni  o ‘z  rezolyutsiyalarini bajarishga 
chaqirishi  yoki  maxsus  qo'm ita  (m asalan,  dekolonizatsiya  bo'yicha 
qo'm ita)  tuzishi  mumkin.  BMTning  bunday  choralari  o'z  m azm uni 
jihatidan  yuridik  sanksiyalarga  yaqindir.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish