5-§. Zamonaviy xalqaro huquq fanining ahvoli
Zamonaviy xalqaro huquq fani XXI asm ing yuqori talablariga javob
berishi lozim. Xalqaro huquq fanining hozirgi holati bu talablarga qan
day javob beradi, degan tabiiy savol tug'iladi. Xalqaro huquq muam-
m olarining o'ta murakkabli huquqshunoslar uchun muayyan qiyinchi-
lik tug'dirdi. G .I. Tunkinning yozishicha, xalqaro huquqshunoslarning
ko'pchiligi atom asri talablariga javob bermaydi. Ular fil suyagidan bo'lgan
m inorada qolishni va eski yondashuv va urf-odatlarga tayanib harakat
qilishni afzal ko'radilar1.
Oxirgi o 'n yilda chiqqan xorijiy adabiyotlarda zamonaviy xalqaro
huquq fani jiddiy tanqid qilinadi. M asalan, amerikalik huquqshunos
K. Rayt shunday yozgan: «Xalqaro huquq fani inqiroz yoqasida turibdi.
A n’anashunoslar uchun u eskirgan, m odem istlar uchun esa har doim-
gidek bo'lib ko'rinadi»2. Oradan bir necha o 'n yillar o'tsa-da, hamon
shunday tanqidiy qarashlar saqlanib qolmoqda. Bunda ayniqsa xalqaro
huquq umumiy nazariyasining ahvoli keskin tanqid ostiga olinmoqda.
Shvetsiyalik professor I. D etter de Lyupisning ta ’kidlashicha, xalqaro
1 T uncin G. The N uslear Age and a Jurist in an Ivory Tow er / / International Law at the
Tim e o f its Codification. Milano, 1987. P. 544.
- W right Q. T he Study o f International Relations. N.Y. 1955. P. 233.
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquq nazariyasining o ‘zi anarxiya holatida ekanligi kundan kunga oy-
dinlashm oqda1.
Xalqaro huquq fanini ochiqchasiga rad etuvchi, uni faqat siyosat
uchun xizmat qiluvchi soha bo'lishi Iozimligini asos qilib olgan qarash-
lar ham mavjud. Bu b orad a M. K oskenniem ining fikri diqqatga
sazovordir. Uning fikricha, «Xalqaro huquq «nazariyasini» muhokama
qilish ikkinchi darajali m ashg'ulotga aylandi». Bu esa, xalqaro huquq
bir vaqtning o'zida ham «yuridik ilmiy ham siyosat uchun real aham i
yatga ega» bo'la olmasligi bilan izohlanadi2.
Ijtimoiy fanlarning imkoniyatlariga ishonqiramasdan qarash um u
miy xususiyatga ega edi. Dunyoda shu qadar o'zgarishlar bo'ldiki, hatto
ko'pchilik jam iyatshunoslar ham bu yangi muammolarni yetarli dara
jada hal qilishga skeptik m unosabatda bo'lm oqdalar. Bu m uam m o
bo'yicha Kanadalik olim lar R. Makdonald va D. Djonstonlar shunday
deb yozganlar: «Bugungi kunda olimlar o'rtasida ulaming fan sohasi
inqirozga uchraganligini aytish odat tusiga aylangan. Ko'pchilik olimlar
o'zlarining fan sohalari XX asr oxiri talablariga javob bera olmaydi deb
tan olishga tayyor»3.
Xalqaro huquq bo'yicha huquqshunos olimlarning nazariyaga bo'lgan
qiziqishi tushib ketishining m a’lum bir sabablari mavjud. Xalqaro hu
quqda nafaqat amaliyotchi yuristlar, balki nazariyotchi huquqshunos
larning diq q at-e’tiborini o'ziga jalb qilgan yangi o'ziga xos ko'plab
muam molar vujudga keldi. Ko'pgina olimlar, aw alam bor, aniq m uam -
molami hal qilishga asosiy e ’tibom i qaratish lozim, deb hisoblaydilar.
Bu esa, o'z navbatida, xalqaro huquqning nazariy masalalariga bepisandlik
kayfiyatini keltirib chiqaradi. Fan asosan o 'z e ’tiborini yangi vujudga
kelayotgan muammolarga qaratib, ushbu muammolarni hal etishning
umumnazariy asoslarini yaratmadi.
Natijada olimlarning xalqaro huquqning u yoki bu sohalarida tor
ixtisoslashuvi vujudga keldi. Fanda parchalanish yuz berdi. U ning turli
sohalardagi vakillari o'zaro aloqalarni yo'qotdilar. Xalqaro huquq bilan
shug'ullanish fan hisoblanmasdan, balki «kasb-kor»ga aylandi. Aniq
amaliy muammolarni yechishga qaratilgan kuchli diqqat-e’tibor xalqaro
huquq umumiy nazariyasining rivojlanishini susayishiga sabab bo'ldi.
Xalqaro huquqning tor ixtisoslashuvi va parchalanishi um um nazariy
izlanishlarni murakkablashtirdi. Bundan tashqari o'rganish kerak bo'lgan
holatlam ing doirasi kengligi shu bilan birga siyosiy va madaniy omil-
lam ing haddan tashqari ko'p qirraliligi xalqaro huquq um um iy nazari
yasi rivojlanishini qiyinlashtirdi.
1 D etter de Lupis I. The C oncept o f International Law. Stokholm, 1987. P. 17.
! Koskonniemi M. From Apology to Utopia. Helsinki, 1989. P. X III, XV.
5 The Structure and Process o f International Law. The Hague, 1983. P .l.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunga qaramasdan vaqt o'tishi bilan biror-bir fan sohasi tegishli
umumiy nazariyasiz rivojlanishi mumkin emasligi yaqqol namoyon bo'lib
qoldi. Nazariyasiz xalqaro amaliyotning murakkab muammolarini hal
etib bo‘lmasligi ham aniq bo'ldi. Ayniqsa, xalqaro huquqni kodifikatsi-
yalash va rivojlanish jarayonida nazariyaning o ‘mi sezila boshladi. N ati-
jada oxirgi o ‘n yillikda xalqaro huquq nazariyasini rivojlantirishga qara
tilgan sa’y-harakatlar taraqqiy topdi. Professor N. Onaf: «Oxirgi yil-
larda tan q idiy ruhdagi nazariy izlanishlarning ko'paygani ko'zga
tashlanadi. Bu kabi izlanishlarning asosiy predmeti doktrinadir»1 — deb
yozadi. Professor A.D. Amatoning fikricha, «biz xalqaro huquq nazari
yasining qayta tug‘ilishi bo‘sag‘asida turibmiz». Uning ta ’kidlashicha,
oxir-oqibatda davlatlar tom onidan xalqaro huquqqa bo'lgan hurmatning
oshishi shunga boliqdir2.
Xalqaro huquqning rivojlanishi haqida gap ketganda, g‘arblik olim-
lam ing salmoqli hissasiga e ’tiborni qaratm oq lozim. R. M akdonald va
D. Djonston: «Ko‘plab madaniyatlarning xalqaro huquq amaliyotiga
qshgan hissasi sezilarli ekanligiga qaram asdan, nazariy adabiyotlar
yaratish borasida sanoqligina davlatlarning olimlari ajralib turadilar.
Nazariy ta ’sir sanoqli madaniyatlargagina xosligini hisobga oladigan
blsak, bu albatta fan uchun jiddiy salbiy ta ’sirga egadir»3, — deb yo-
zadilar.
Shu munosabat bilan milliy fanning xalqaro nazariya va amaliyot
ning rivojlanishidagi ta ’sirini keskin tushib ketganiga diqqatni qaratish
lozim.
Hozirgi kunda xalqaro huquq nazariyasining rivojiga BM Tning
Xalqaro huquq komissiyasi qo‘shayotgan hissasi salmoqlidir. Uning faoli-
yatida xalqaro huquqni kodifikatsiyalash asosan ingliz va fransuz tilida-
gi adabiyotlar asosida amalga oshirilmoqda. Holbuki, gap ertaga davlat
lar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan va uning muhim m an-
faatlariga zarar yetkazmaydigan xalqaro-huquqiy norm alarni ishlab
chiqish haqida bormoqda. Shu m unosabat bilan, BMTning Xalqaro
huquq komissiyasining faoliyatida o'zbek olimlarining ham ishtiroki
alohida ahamiyat kasb etadi.
Milliy huquqning ko‘p jihatlari xalqaro huquqdan kelib chiqadi.
Xalqaro huquqning umumiy nazariyasiga bag'ishlangan adabiyotlar juda
ham kam nashr qilinmoqda. Hatto ularning ayrimlari xorijiy tillarda
chop etilmaydi.
1 Falk R. T he Status o f Law in International Society. P rinceton. 1970. P. 8.
! D. Amato A. The C oncept o f Custom in International Law. Ithaca. 1971. P. XXI. 6.
J The Structure and Process o f International Law. P. 9.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |