Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Zamonaviy xalqaro  huquq  amaliyoti



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

6
-§.  Zamonaviy xalqaro  huquq  amaliyoti
Xalqaro huquqning shakllanish  davrida olimlarning  ishlaridan am a­
liyotda  keng  foydalanilganligini  xalqaro  huquqdagi  bo'shliqlar  bilan 
izohlash  mumkin.  Olimlar amaliyot  materiallarini  o'z  faoliyatlari  davo­
mida  q o ‘llayotib,  xalqaro  huquqqa  oid  m a’lum  bir  normalarni  yarat- 
ganlar.  Bu jarayonga  liberal  falsafa juda  katta ta ’sir ko‘rsatgan.  N azari­
yotchi  olimlarning  asarlari  natijasida  xalqaro  huquq  rivojlanib borm oq­
da.  Amaliyotda xalqaro  huquqning eskirgan  normalaridan  voz  kechilib, 
dolzarb  huquqiy  normalar  ishlab  chiqilmoqda.
Hozirgi  kunga  kelib  xalqaro  huquq  fanining  roli  tubdan  o ‘zgardi.  U 
awalgidek  amaliy  tajribalarni  um umlashtirm oqda.  Bu  tajribalami  esa 
olimlar tom onidan  ilmiy tahlil etish o ‘ta murakkab vazifa bo'lib,  u olim - 
dan  juda  katta  tajribani  talab  etadi.  Ayniqsa,  xalqaro  huquq  tizimini 
nazariy  o'rganish  dolzarb  bo'lib  turibdi.
Xalqaro huquq fani va amaliyoti  nufuzining ortishiga yadroviy urush 
xavfi  ham  m a’lum  m a’noda  ta ’sir  ko'rsatm oqda.  Bunday  vaziyatda  in­
soniyat  xavfsizligini  saqlashda  xalqaro  huquq  juda  ham  muhim  o 'rin  
tutadi.  Bundan  tashqari,  jahon  urushlari  va  uzluksiz  davom  etayotgan 
mintaqaviy  m ojarolar  ham  xalqaro  huquqqa  nisbatan  talab  va  ehtiyojni 
oshirmoqda.  Xalqaro  huquq  normalarisiz  tinchlikni  saqlab  bo'lmasligi 
bugungi  kunda  har bir insonga  ayon  bo'ldi.  Bu  haqda  ispan  huquqshu- 
nosi  Leonard  Amselem  shunday  yozadi:  «Ikki  jahon  urushi  insoniyat- 
ning  ko'p  orzularini  chippakka  chiqardi.  Shu  bilan  birga,  ular  huquq 
uchun  kurashning  yangi  davrini  boshlab  berdi»1.
Shu  munosabat  bilan  xalqaro  huquq  asta-sekinlik bilan  diplom atiya 
doirasidan  chiqib,  xalqaro-huquqiy  ongni  shakllantirishga  xizmat  qil- 
moqda,  ijtimoiy  fikrni  shakllantirmoqda.  Bu  esa,  o'z  navbatida,  xalqaro 
huquqning  rivojiga juda  katta  ta ’sir  ko'rsatmoqda.
Hozirgi  zam onda tashqi siyosat  arboblari xalqaro huquqni  am aliyot- 
dagi  o'rni  haqida juda  ko'p gapirmoqdalar.  «Shu  paytgacha Tashqi  ish­
lar vazirligi  va  xalqaro  huquqshunos  olim lar bilan  bu  darajada yaqindan 
suhbatlashilmagan.  Bu  jahon  miqyosida  xalqaro  huquq  rolining  oshib 
borayotganligidan  dalolat  beradi»,  degan  edi  Rossiyaning  sobiq  tashqi 
ishlar  vaziri  I.S.  Ivanov2.  Sobiq  AQSH  davlat  kotibi  D.  Rask  Jorjiya 
shtati  Universitetida  nutq  so'zlayotib:  «AQSH  hukumati  xalqaro  huquq 
fanidan  xalqaro  maydonda  turgan  muam molarni  hal  etishni  kutm oq- 
da»,  —  deb  ta ’kidlagan  edi3.
Shunga qaramasdan, xalqaro huquq amaliyoti  va nazariyasi o'rtasidagi
1  L eo n ard   у  A m selem ,  A.  Investigaciyan  c ie n tifica   у  d e rec h o   in ern acio n al.  M ad rid , 
1981  P .7 3 - 7 4 .
;  Р о с с и й с к и й   е ж е го д н и к   м еж д у н ар о д н о го   п р а в а,  2002.  С П б ,  2002.  С.  16.
5  Britin  В,  Watson  L.  In tern a tio n a l  Law  for  S eagoin  O fficers.  A nnapolis,  1973.  P.  15.
www.ziyouz.com kutubxonasi


munosabatlarda  hozircha  tub  o'zgarishlar  yuz  bergani  y o 'q 1.  Xalqaro 
huquq  bo'yicha  huquqshunos  olimlar  m uhim   tashqi  siyosat  masala- 
larini  hal  etishda  siyosatdonlar  ular  bilan  kam  maslahatlashishlarini 
aytishadi  va  buning  sabablarini  aniqlashga  harakat  qilishadi.  Buning 
yorqin  misoli  sifatida  amerikalik  taniqli  huquqshunos  M.  Rizmanning 
asarini keltirish mumkin2.  U bu asarida yuqoridagi holatlaming bir qancha 
sabablariga  to'xtalib  o'tadi.
Keltirilayotgan holatlami xalqaro huquq nazariyasining amaliyotga ta’siri 
past  darajada  ekanligiga  izoh,  deb  bo'lmaydi.  R.  Folk  bu  haqda  quyida­
gicha yozadi: «Afsuski, Qo'shma shtatlardagi xalqaro huquqshunoslar xalqaro 
huquq fani  rivojining istiqbollarini yetarli darajada ishlab chiqmadilar.  Ular 
AQSHning  tashqi  siyosatini  oqlash  bilangina  ovora  bo'lishdi»3.
Prezident  J.  Bush  davrida  bu  muammolar  yana  ham  kuchayib  ketdi. 
Uning  m a’muriyati  xalqaro  huquq  asoslarini  shubha  ostiga  qo'ydi.  J. 
Bush:  «Biz  hech  qachon  kuch  ishlatish  bo'yicha  umumiy  rozilikka  eri- 
shishga harakat qilmaymiz.  Keskin harakatlar ijobiy natijalar beradi, qarshi 
davlat  va  rahbarlami  o'z  ortidan  ergashtiradigan  oqimni  yaratadi»4.
Bu  borada  bir  necha  huquqshunoslar  AQSH  Prezidenti  J.  Bushga 
yordam  berishga  shoshilishdi.  AQSHning  Kosovo  va  lroqdagi  harakat- 
larini  nazarda tutgan holda Taft  Universiteti professori  M.  Glenon shun­
day  yozadi:  «ВМТ  Ustavidagi  kuch  ishlatishni  tartibga  soluvchi  qoi- 
dalar endi  xalqaro huquqda  majburiy  norm alar hisoblanmaydi.  Shuning 
uchun  Qo'shma  Shtatlar  Xavfsizlik  Kengashi  m a’qullamasa  ham  Iroq- 
da urushni boshlashi  mumkin va bu huquqqa zid bo'lmaydi5.  Bu professor 
kuch  ishlatishni  tartibga  soluvchi  yangi  norm alar ishlab  chiqishni  lozim 
deb  hisoblaydi.  Shuni  alohida  ta ’kidlash  lozimki,  milliy tashqi  siyosatni 
oqlash  amaliyoti  boshqa  davlatlar xalqaro  huquqiga  ham  tegishli.  Lekin 
bu  holat  fanning  amaliyotga  yetarlicha  ta ’siri  haqidagi  savolga  to'liq 
javob  bermaydi.
Bu  borada  M.  Rizmanning  «har  qanday  sharoitda  «huquqiy»  deb 
hisoblangan muammo xalqaro tizim  qanday bo'lishidan qat’i  nazar paydo 
b o'ladi  va  hal  qilish  zarurati  yuzaga  keladi»  degan  fikri  diqqatga 
sazovordir6.  Huquqiy  m uammolarning  ko'payishi  natijasida  davlatlar
1  F o reg n   Policy  and  the  G o v ern m en t  Legal  A dviser  / /   G e o rg ia   Ju rn a l  o f   In tern atio n al 
an d   C o m p arativ e  Law.  1972.  Vjol.  2.  Suppl.2.
2  Reisman  M.  In tern atio n al  In c id en s:  In tro d u ctio n   to  a  New  G e n re   in  the  Study  o f 
In te rn a tio n a l  Law  / /   Yale  Jo u rn a l  o f  In te rn a tio n a l  Law.  Vol.  10.  1984.  P .l.e t  seq.
1  Falk  R.  Revitalizing  In tern a tio n a l  Law.  A m es,  1988.  P.  91.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish