Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§ .  Xalqaro  huquq  amaliyotiga  tabiiy  fanlar  ta’siri



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3-§ .  Xalqaro  huquq  amaliyotiga  tabiiy  fanlar  ta’siri
Ilm -fan  inqilobi  nafaqat  texnik,  balki  boshqa  ijtimoiy  m uam m olar­
ni  yuzaga  keltiradi.  Xalqaro  ijtimoiy  hayotda  katta  o'zgarishlar  ro'y 
berm oqda.  Bu  esa,  xalqaro  huquqqa  qo'yilayotgan  talablarni  yanada 
oshiradi.  Bugungi  kunda  xalqaro  huquq  fani  jamiyat  hayotidagi  tabiiy 
fanlar  va  texnika  o'zgarishlarini  hisobga  olmagan  holda  o'rganilishi 
mumkin  emas.  Borgan  sari  fan-texnika yutuqlarini  insoniyat  uchun  xiz­
mat  qilishini  ta ’minlash  murakkab  kechmoqda.  Bu  m uam m olarni  hal 
etishning  asosiy  vositasi  —  huquqdir.  Polshalik  taniqli  yurist  M.  Lyaxs 
shunday  xulosaga  keladiki,  bu  muammolarni  yechishning  asosiy vosita­
si  bu  faqat  va  faqat  huquqdir  yoki  inson  tom onidan  yaratilgan  xalqaro 
huquqdir.  Insoniyatning  tabiat  qonunlari  ochilishiga  javoban  va  inson 
tomonidan  yaratilgan vositalar —  uni  insoniyat  manfaatlari  uchun oqilona 
foydalanishni  nazorat  qiladigan  kalitdir1.
Hozirgi sharoitda tabiiy fanlarning ko'zga ko’ringan vakillari va texni­
ka sohasidagi mutaxassislar xalqaro huquq  normalarini yaratishda bevosita 
yoki  bilvosita  ishtirok  etishyapti.  Bu  asosan  alohida  fan  sohalariga, 
masalan,  dengiz,  kosmik,  telekommunikatsiya,  atrof-tabiatni  muhofaza 
qilish  huquqlariga  tegishlidir.  Tegishli  norma  loyihalarini  turli  konven- 
siyalarda  ishlab  chiqishda  davlatlarning  delegatsiyasi  tarkibida  tegishli 
bilim  sohasiga  ega  bo ‘lgan  mutaxassislar  qatnashadi.  Texnik  konvensi- 
yalarga tayyorgarlik  ko'rish  paytida  bunday  mutaxassislar ko'pincha bu ­
tun  delegatsiyani  boshqarishadi,  huquqshunoslar  esa  ularda  ekspert  si- 
fatidagina  qatnashadilar.  Ko'pgina  bilim  sohalarini  hamkorlik  qilishga 
undaydigan  holatlar katta  ahamiyat  kasb  etadi. Aksariyat  huquqshunos­
lar  orasida  tarqalgan  fikrga  qarshi  o'laroq,  shuni  alohida  ta ’kidlash  lo-
1  Lachs  M.  Thoughts  on  Science,  Technology  and  World  Law  / /  A m erican  Journal  o f 
International  Law,  1992.No.  4.P.  699.
www.ziyouz.com kutubxonasi


zimki,  xalqaro  huquq xalqaro  munosabatlarni  tartibga soladigan  yagona 
vosita  emas.  Bunday  tartibga  solish  turli  normalar,  xususan,  siyosiy  va 
axloqiy  norm alar  asosida  amalga  oshadi.  Ulam ing  hammasi  bir-birlari 
bilan  chambarchas bog'liq bo'lib,  BMT  Ustavi tom onidan  m ustahkam- 
langan  asosiy prinsiplar bilan birgalikda yagona xalqaro  normativ tizim- 
ni  tashkil  etadi.
Ijtimoiy  va  tabiiy  fanlar  bilan  hamkorlikni  mustahkamlash  nafaqat 
xalqaro  huquq  uchun,  balki  butun  huquqshunoslik  fani  uchun  m uhim - 
dir.  Ayniqsa,  xalqaro  huquq  uchun  bunday  hamkorlik  hayotiy  zarurat- 
dir.  Kanadalik  professor  R.  Makdonald  bu  haqda  quyidagicha  yozgan: 
«Aynan  xalqaro  huquq,  boshqa  huquq  sohalariga  nisbatan  siyosatshu- 
noslik  va  ijtimoiy  fanlar  bilan  doimiy  aloqada  bo'ladi»1.
Asosiy  y o'nalish  —  xalqaro  huquqni  zam onaviy  vositalar  bilan 
ta ’minlashdir.  Buni  yaxshiroq  anglash  uchun  quyidagi  misolni  keltirish 
maqsadga  muvofiq.
Xalqaro  odat  huquqi  davlatlarning  amaliyoti  asosida  shakllanadi. 
Zamonaviy  aloqa  vositalari  yordamida  u  qisqa  m uddat  ichida  keng tar- 
qalmoqda.  Xalqaro  odat  huquqi  normalarining  tarkib  topish  jarayoni 
tobora  o'sib  boryapti.  Bu  esa  xalqaro-huquqiy tartibga  solish  darajasini 
oshirish  uchun  juda  muhimdir.  Bu  jarayonning  imkoniyatlaridan  foy­
dalanish  tegishli  texnik  vositalardan  foydalana  bilishni  talab  etadi.  Bu- 
siz  amaliyotning  ko'p  manbalarini  va  ularning  rivojlanish  tendensiya- 
sini  umumlashtirish  va  tahlil  qilish  mumkin  emas.
Shunday  qilib,  xalqaro  hayotning  murakkablashib  borishi  xalqaro- 
huquqiy tartibga solishning  intellektual  darajasini  oshirishni  talab  etadi. 
Buning birdan  bir yo'li  xalqaro  huquqning  ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan 
hamkorlik  aloqalarini  kengaytirish  va  ta ’minlashdir.  Yuz  berayotgan 
o'zgarishlarning ta ’siri  natijasida,  hatto xalqaro huquq nazariyasida ham 
muayyan  o'zgarishlar  yuz  bermoqda.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish