Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  O'zbekiston  Respublikasi  va  xalqaro  huquq



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

12-§.  O'zbekiston  Respublikasi  va  xalqaro  huquq
«Mustaqillik va  suverenitet jahon  hamjamiyatiga kirib borishimizga, 
barcha  davlatlar  bilan  teng  huquqli  va  o'zaro  manfaatli  munosabatlar 
o'rnatishim izga  imkon  yaratdi»1.
Davlat  mustaqilligiga  qadar sobiq  markaz  barcha xalqaro  aloqalarni 
faqat  o 'z  qo'lida  tutar  edi,  O'zbekistonga  esa,  «gullab-yashnayotgan 
Sovet  Sharqi»ni  xorijiy  mehmonlarga  ko'z-ko'z  qilish  vazifasi  topshiri- 
lar  edi.  O'zbekiston  nomigagina  mustaqil  bo'lib,  boshqa  ittifoqdosh 
respublikalar singari xalqaro hamjamiyatda yuz berayotgan jarayonlardan 
chetlashtirilgan  edi.  Bunday  uzilish,  ayniqsa jahon  iqtisodiy  tizim idan 
chetda  qolish,  O'zbekistonning  milliy  manfaatlariga  zid  edi.
SSSR  tarqab  ketganidan  keyin  O'zbekistonning  xalqaro  hamjami- 
yatdan  uzilib  qolganiga  ham  chek  qo'yildi.  Hozirga  kelib,  O'zbekiston 
Respublikasi  ham  Qoraxoniylar,  Xorazmshohlar,  Amir  T em ur  va  Te- 
muriylar,  o'zbek  xonliklaridek  davlatlar  singari  o'zining  tashqi  siyosa­
tini  mustaqil  ravishda  belgilaydi  va  amalga  oshiradi.
O'zbekiston  mustaqil  rivojlanish  yo'liga  ilk  qadam  qo'ygan  davr- 
danoq,  1990-yil  20-iyundagi  Mustaqillik  deklaratsiyasida  «xalqaro  hu­
quqning  um um e’tirof etilgan  prinsiplariga  sodiqligini»  e ’lon  qilgan  edi. 
Deklaratsiyada  suverenitet  va  inson  huquqlari  munosabatlarining  qu­
yidagi  muhim jihati  aks  ettirilgan:  davlat  suvereniteti  oliy  maqsadlar  — 
inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta ’minlash  yo'lida  xizmat  qiladi.
1  Karimov  I.A.  Hozirgi  bosqichda  dem okratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim 
vazifalari.  —  Т.,  1996.  —  3-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuningdek,  1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida O'zbekiston xalqi: 
«xalqaro  huquqning  umume’tirof etilgan  qoidalari  ustunligini  tan  olgan 
holda»  mazkur  Konstitutsiyani  qabul  qilishi  qayd  etilgan.  Bu  so‘zlaming 
zamirida  ijtimoiy  taraqqiyotga  tamomila  yangicha  yondashuv,  insoniyat 
hayotini  saqlab  qolish  uchun  kurashga  bel  bog‘lashga  mas’ul  hamjamiyat
— jahon  hamjamiyati  bilan  uzviy aloqa bog'lash g‘oyasi  yotadi.
0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasida  uning  negiziga  xalqaro  huquq  qoi­
dalari  ko‘rsatgan  ijobiy  ta ’sir  yaqqol  aks  etib  turibdi,  ya’ni  inson  va 
fuqarolaming  asosiy  huquqlari,  erkinliklari  va burchlari  xalqaro  huquq­
ning  um um e’tirof  etilgan  prinsiplari  va  normalariga  muvofiq  hamda 
m azkur  Konstitutsiyaga  binoan  e ’tiro f etiladi  va  kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning  M uqaddimasida  xalqaro  huquqning  um um e’tirof 
etilgan  qoidalari  milliy  qonunlardan  ustunligining  tan  olinishi  belgilab 
qo'yilgan.  Shuningdek,  Konstitutsiyada,  xalqaro huquq bilan davlatimiz 
huquq  tizimining  o'zaro  aloqalari  belgilangan.  Jum ladan,  O'zbekiston 
qonun  normalari  bilan  xalqaro  shartnoma  qoidalari  o'rtasida  tafovut 
mavjud  boMgan  hollarda  xalqaro  shartnom a  qoidalarining  ustuvor 
qo'IIanilishi  ko‘zda  tutilgan.
O'zbekiston  Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatimiz o'zini 
jahon  hamjamiyati  oldida xalqaro  huquqning  um um e’tirof etilgan  prin­
siplari  va  normalariga  sodiqligini  konstitutsiyaviy  darajada  e ’lon  qilgan. 
Bu  esa  O'zbekistonning  eng  nufuzli  xalqaro  tashkilotlarga  to'laqonli 
a ’zo  sifatida  kirishiga,  suveren  davlatimizning  dunyo  miqyosida  um u­
miy diplomatik tan olinishiga,  ikki tom onlam a va ko'p tom onlam a siyo­
siy,  iqtisodiy,  madaniy  va  huquqiy  aloqalar  o'rnatishiga  ham da  musta­
qil  tashqi  siyosatini  amalga  oshirishiga  imkon  berdi.
O'zbekiston  Respublikasining tashqi siyosati jahon hamjamiyati teng 
huquqli  a’zosining,  boshqa  davlatlar  bilan  hamkorlikda  XXI  asr  huqu­
qiy  tartibotini  yaratayotgan  suveren  davlatning  mustaqil  siyosatidir. 
O 'zbekiston  umumbashariy,  Yevropa  va  Markaziy  Osiyo  miqyosidagi 
yangi  xalqaro-huquqiy  tartibotni  qurishda  faol  ishtirok  etmoqda.
Istiqlol  yillari  davomida  O'zbekiston  Respublikasi  o'zining  siyosiy, 
iqtisodiy,  boy  madaniy va m a’naviy salohiyatiga tayangan  holda xalqaro 
siyosatning  mustaqil  va  obro'li  omiliga  aylandi.  2004-yilning  boshiga 
kelib 0 ‘zbekistonning davlat  mustaqilligini  131  davlat tan oldi,  ulaming 
113  tasi  bilan  diplomatik  munosabatlar  o'm atildi.  Toshkentda  44  dav­
latning  elchixonalari  hamda  20  ta  yirik  xalqaro  tashkilot  vakolatxona- 
lari  faoliyat  ko'rsatmoqda.  0 ‘z  navbatida,  O'zbekiston  xorijiy  m am ­
lakatlarda  o'zining  40  ta  vakolatxonasini  (jumladan  28  tasi  elchixona) 
ochdi.  Bugun O'zbekiston 53 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarning to'laqonli 
a ’zosi  bo'lib,  ularning  faoliyatida  faol  ishtirok  etmoqda.  Shunday  qilib,
XXI  asrda  O'zbekiston  xalqaro  va  mintaqaviy  siyosatning  peshqadam 
markazlaridan  biriga  aylanishi  uchun  barcha  zaminga  egadir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


IK K IN C H I  MAVZU.
XALQARO  H U Q U Q   NAZARIYASI,
FANI  VA AM ALIYOTI  B IR L IG I

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish