Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Xalqaro  «yumshoq»  huquq



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

9 -§ .  Xalqaro  «yumshoq»  huquq
Xalqaro  «yumshoq»  huquq  atamasi  ikkita  har  xil  holatni  ifodalash 
uchun  ishlatiladi.
Birinchidan,  xalqaro  «yumshoq»  huquq  aniq  huquq  va  majburiyat- 
lami  yuzaga  keltirmaydigan,  faqatgina  umumiy  yo'nalish  beradigan  va
www.ziyouz.com kutubxonasi


ayni  chog'da  bu  yo'nalishga  subyektlar  amal  qilishi  majburiy  bo'lgan 
xalqaro-huquqiy  normalarning alohida turidir.  Bunday  normalar uchun 
«erishish»,  «intilish»,  «zaruriy  choralar  ko'rish»  va  boshqa  shu  singari 
so'zlar  xosdir.  Ular,  ayniqsa  siyosiy  shartnomalarda  tobora  ko'payib 
bormoqda.
Ikkinchidan,  xalqaro  «yumshoq»  huquq  nohuquqiy  xalqaro  norma- 
larga  nisbatan  ishlatiladi.  U lar nohuquqiy hujjatlarda  —  xalqaro  tashki­
lotlar  rezolyutsiyalarida,  q o 'sh m a  bayonotlarda,  kom m yunikelarda 
mavjud  bo'ladi.  Bu  normalarga  misol  sifatida  Yevropada  Xavfsizlik  va 
Hamkorlik  Tashkiloti  (YXHT)  hujjatlarini1  ko'rsatish  mumkinki,  ular 
Yevropadagi xalqaro m unosabatlar tizimini qayta ko'rishda muhim vosi- 
taga  aylangan.
Xalqaro  «yumshoq»  huquqning ana  shu  har ikkala turi  ham  tom on- 
lar  o'z  zimmalariga  aniq  majburiyatlar  olishga  tayyor  bo'lmagan,  ay­
niqsa tartibga  solish  zarurati  borasida  o'zaro  tushunish  mavjud  bo'lgan, 
amm o  buni  qanday  ko'rinishda  amalga  oshirish  nom a’Ium  bo'lib  tu r­
gan  hollarda  qo'llaniladi.  M asalan,  1948-yili jahon  hamjamiyati  Inson 
huquqlari  umumjahon deklaratsiyasida o'zining inson huquqlari muam- 
molariga  taalluqli  umumiy  qarashlarini  bayon  etgan  bo'lsa,  1966-yilda 
Inson  huquqlari  to'g'risidagi  ikkita  pakt  normalarida  Um um jahon dek- 
laratsiyasi g'oyalarini muayyanlashtirish imkoni tug'ildi2.  Xuddi shu kabi 
M DH  mamlakatlarining  1994-yilgi  erkin  savdo  hududini  tashkil  etish 
to'g'risidagi  bitimida  o'zaro  savdo-sotiqdagi  cheklashlarga  barham  be­
rish  yo'lidagi  umumiy  intilish  ifodalangani  holda,  uning  asosida  qabul 
qilingan  erkin  savdo  to'g'risidagi  ikki  tom onlam a  bitimlarda  tom on- 
laming  bu  boradagi  ikki  tom onlam a  munosabatlarining  o'ziga  xos  ji- 
hatlari  va  kon’yunkturasi  aniq  hisobga  olingan,  aniq  majburiyatlar  ba­
yon  etilgan.  Shu  bois,  xalqaro  «yumshoq»  huquq  normalari  dastlabki, 
huquqqacha  bo'lgan  tartibga  solishlami  ta ’minlaydi  va  huquqqa  yo'l 
ochib  beradi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish