Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Suveren  tenglik  prinsipi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3-§.  Suveren  tenglik  prinsipi
BMT  Ustavining  prinsiplar  to'g'risidagi  inoddasining  ilk  bandida: 
«tashkilot  barcha  a ’zolarining  suveren  tengligi  prinsipi  asosida  tuzil­
gan»,  deb  qayd  etilgan.  Bu  prinsip  nafaqat  BMT,  balki  butun  xalqaro 
m unosabatlar  boshqaruvi  tizimlari  negizida  yotadi.  Xalqaro  huquqning 
o'ziga  xos  alohida jihatlari,  aw alam bor,  uning subyektlari  suveren  teng 
davlatlar  ekani  bilan  belgilanadi.
Suveren  tenglik  prinsipining  asosiy  mazmuni  quyidagicha:  davlatlar 
bir-birlarining suveren tengligi va o'ziga xosligini, shuningdek, suverenitetga 
mansub  barcha  huquqlarni  hurmat  qilishlari  shart.  Barcha  davlatlarning 
teng ravishda asosiy huquq va majburiyatlari  mavjud.  Har bir davlat xalqaro 
tashkilotlar va  shartnomalarda  ishtirok  etish  huquqiga  egadir.
Davlatning suveren  hokimiyati  boshqa  davlatlarning aynan  shunday
www.ziyouz.com kutubxonasi


hokimiyati  bilan  cheklangan  bo'ladi,  chunki  ular  teng  suverendir.  Bir 
davlatning «mutlaq suvereniteti»  boshqalarining suverenitetiga mos kel- 
maydi.  Suverenitet  xalqaro  huquq  doirasida  amalga  oshiriladi,  aks  hol­
da  u  o'zboshim chalikni  bildirgan  bo'lur edi.  Suverenitet  ta’sir  doirasini 
aniq  belgilash  xalqaro  huquqning  asosiy  vazifalaridan  biridir.
Davlatlarning  huquqiy  maqomi  tengligi  xalqaro  huquqning  barcha 
normalari  ularga  nisbatan  bir xil  qo'llanilishini,  teng  kuchga  ega  ekani- 
ni  bildiradi.
BM Tning  1970-yildagi  Ustaviga  muvofiq,  davlatlar  o'rtasidagi 
do'stona  m unosabatlar va o'zaro  hamkorlikka doir xalqaro  huquq  prin­
siplari  to'g'risidagi  deklaratsiyaga  ko'ra,  «suveren  tenglik»  tushunchasi 
aniq  mazmunga  ega  bo'lib,  quyidagilarni  qamrab  oladi:
—  barcha  davlatlar yuridik jihatdan  teng;
—  har  bir  davlat  to 'la   suverenitetga  xos  bo'lgan  huquqlardan  foy­
dalanadi;
—  har bir davlat boshqa davlatlarning huquq subyektiga mansubligini 
hurmat  qilishga  majbur;
—  davlatlarning  hududiy  yaxlitligi  va  siyosiy  mustaqilligi  daxlsiz;
—  har  bir  davlat  o'zining  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy 
tuzumlarini  erkin  tanlash  hamda  rivojlantirish  huquqiga  ega;
—  har  bir  davlat  o'zining  xalqaro  majburiyatlarini  to'liq  va  sidqidil- 
dan  bajarish  hamda boshqa davlatlar bilan tinch-totuv yashashga majbur.
1975-yildagi Yevropa Xavfsizlik va  Hamkorlik Kengashi Yakunlovchi 
hujjatida ta ’kidlanishicha, davlatlarning suveren tengligi  prinsipi doirasida 
davlatlar  bir-birining  o 'z  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  tizim - 
larini erkin tanlash hamda rivojlantirish huquqini, shuningdek,  o 'z qonun­
lari  va  m a’muriy  qoidalarini  belgilash  huquqini  ham  hurmat  qiladilar; 
ular  xalqaro  huquqqa  muvofiq  bir-birining  boshqa  davlatlar  bilan  mu- 
nosabatlarini  belgilash  va  amalga  oshirish  huquqini  hurmat  qiladilar. 
Ushbu prinsipga xos elementlar qatoriga xalqaro tashkilotlarga a’zo bo'lish 
yoki  bo'lmaslik,  ikki  tom onlam a  va  ko'p  tom onlam a shartnom alar ish- 
tirokchisi  bo'lish  yoki  bo'lmaslik,  shuningdek,  betaraf qolish  (neytra- 
litet)  huquqlari  kiradi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish