Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqlarning  teng  huquqliligi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

9-§.  Xalqlarning  teng  huquqliligi 
va  o ‘z  taqdirini  o ‘zi  belgilash  prinsipi
Bu  prinsip  BMT  Ustavida:  «Millatlar  o'rtasida  do‘stona  munosa- 
batlami xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi  belgilashi prin­
sipini  hurmat  qilish  asosida  rivojlantirish,  shuningdek,  yalpi  tinchlikni 
mustahkamlash  uchun boshqa tegishli  choralar qo'llash»ni ko'zda tutuv- 
chi  ushbu  Tashkilotga  xos  maqsadlardan  biri  sifatida  ifoda  etilgan  (1- 
moddaning  2-bandi).
Bu  yerda  gap  xalqaro  munosabatlar  haqida  bormoqda,  chunki  Us- 
tavda  «millat»  atam asi  «davlat»1  degan  m azm unda  qoilanilgan.  Bu 
munosabatlar  barcha  xalqlarning  teng  huquqliligi  va  ulardan  har  biri 
o'z  taqdirini  o'zi  belgilash  huquqiga  ega  ekanini  hisobga  olgan  holda 
ro'yobga  chiqarilishi  zarur.
M azkur  prinsip  b irinchi  navbatda  m ustam lakachilikka  qarshi 
yo'naltirilgandir.  Shunday  ekan,  o 'z-o'zidan,  asosiy e ’tibor prinsipning 
tashqi jihatiga  —  chet  el  istibdodi,  zulmidan  ozod  bo'lishga  qaratilgan. 
Bu  borada  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash  huquqini  amalga  oshirish  yo'llari 
ko'rsatib  berilgan.  A w alam bor,  mustaqil  davlat  barpo  etish,  so'ngra 
mustaqil  davlatga  qo'shilish  yoxud  u  bilan  birlashish  yoki  boshqa  har 
qanday  siyosiy  maqom  o'rnatish  ko'zda  tutilgan.
1966-yilgi  Inson  huquqlari  bo'yicha  xalqaro  paktlarning  dastlabki 
moddalarida:  «barcha  xalqlar o 'z  taqdirini  o'zi  belgilash  huquqiga  ega» 
ekani  mustahkamlab  qo'yilishi  bilan  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash  hamda 
inson  huquqlari  o'rtasidagi  bog'liqlik  tasdig'ini  topdi.  Etnik,  diniy va  til 
jihatidan  ozchilikni  tashkil  etuvchilarga  kelsak,  ularga  mansub shaxslar- 
ga  xuddi  shu  guruhlarning  boshqa  a ’zolari  bilan  birgalikda  o 'z  m adani- 
yatidan bahramand bo'lish,  o'z diniga e ’tiqod qilish va shu din  marosim- 
larini  ado  etish,  shuningdek,  ona  tilidan  foydalanishni  taqiqlash  m um ­
kin  emas  (1996-yil  16-dekabrdagi  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 
to'g'risidagi  paktning  27-m oddasi)2.
Ushbu  qoidalar  BMT  Bosh  Assambleyasining  1992-yildagi  Milliy 
yoki  etnik,  diniy  va  til  jihatidan  ozchilikni  tashkil  etuvchi  shaxslar  h u­
quqlari  to'g'risidagi  deklaratsiyada  yanada  rivojlantirilgan.  Davlatlar 
«o'zlariga tegishli  hududlarda» bunday ozchilikning  «mavjudligi va o'ziga 
xosligini» saqlab turishga va ana shu o'ziga xoslikning rivojlanishi uchun 
shart-sharoit  yaratishni  rag'batlantirishga  majburdir.  Shu  bilan  birga 
mazkur  Deklaratsiya  BMT  maqsad  va  prinsiplariga,  shu jumladan  dav­
latning suveren tengligi,  hududiy yaxlitligi  va siyosiy  mustaqil I igiga  mos
!  «Birlashgan  Millatlar Tashkiloti» nomi  «  Birlashgan  Davlatlar Tashkiloti» tarzida taijima 
qilinsa,  to‘g‘riroq  bo‘lur edi.
;  Qarang:  O'zbekiston  Respublikasi  va inson  huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar./ 
/   Mas’ul  muharrir  —  A.X.  Saidov.  —  T.  2002.—64-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


kelmaydigan  biron-bir  xatti-harakatga  yo‘l  qo ‘yadigan  mazmunda  tal- 
qin  etilishi  mumkin  emasligi  yana  bir bor  ta ’kidlanadi.
Yevropada  mustamlakachilik  muammosi  mavjud  emasligidan  kelib 
chiqib,  YXHK  Yakunlovchi  aktida  prinsipning  nom i  quyidagicha 
o ‘zgartirilgan:  «Teng  huquqlilik  va  xalqlarning  o ‘z  taqdirini  o‘zi  belgi­
lash  huquqi».  Unda:  «barcha  xalqlar har doim  to ‘la-to‘kis  erkinlik sha­
roitida  o 'z  ichki  va  tashqi  siyosiy  maqomini  tashqi  aralashuvlarsiz,  qa- 
chon  va  qanday  istaklariga  qarab  belgilash  hamda  o ‘z  xohish-istaklari 
asosida  o'zlarining  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  taraqqiyot 
yo‘lidan  borish  huquqiga  ega»  ekani  belgilab  qo'yilgan  (VIII  prinsip)1.
Xalqlarning teng  huquqliligi  va  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash  huquqiga 
egaligi  prinsipining  hozirgi  davrdagi  norm ativ  mazmuni  xalqlarning 
huquqlari  bilan  birga davlatlarning shunga tegishli  majburiyatlarini  ham 
o'zida  qamrab  oladi.  Aytaylik,  xalqlarning  erkin,  hech  qanday  tashqi 
aralashuvlarsiz o'z siyosiy maqomini belgilash ham da iqtisodiy,  ijtimoiy 
va  madaniy  rivojlanishni  ro'yobga  chiqarish  huquqi  davlatlarning  na­
faqat  ushbu  huquqni  hurmat  qilish,  ayni  chog'da  hamjihatlikdagi  va 
alohida  sa’y-harakatlar  orqali  unga  ko'maklashishdan  iborat  majburi- 
yatlariga  muvofiqdir.
Xalqlarning teng  huquqliligi  va  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash  huquqiga 
egaligi  prinsipi  xalqlarning  huquqi,  amm o  majburiyati  emas.  Ushbu 
huquq  turli  xil  variantlarda  ro'yobga  chiqarilishi  mumkin.  O'z  taqdirini 
o'zi  belgilash ayirmachilik  negizida,  suveren davlatlar hududiy yaxlitligi 
va  siyosiy  hamjihatligiga  ziyon  yetkazadigan  tarzda  amalga  oshirilmas- 
ligi  kerak.  Modomiki,  xalq o'zini  rasmiy jihatdan  namoyon  etadigan va 
ommaviy-huquqiy  vazifalami  bajaradigan  organni  yaratgan  bo'lsa,  u 
holda  o 'z  taqdirini  o'zi  belgilash jarayoniga  tashqaridan  xalal  beruvchi 
har  qanday  tajovuzkorona  xatti-harakat  davlatlarning  ichki  ishlariga 
aralashmaslik  va  suveren  tengligi  prinsiplariga  xilof harakatlar  sifatida 
baholanishi  mumkin.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish