Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Chegaralarning  buzilmasligi  prinsipi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

12-§.  Chegaralarning  buzilmasligi  prinsipi
Chegaralarning  buzilmasligi  prinsipi  1975-yildagi  YXHK  Yakun- 
lovchi  aktida  mustaqil  prinsip  sifatida  mustahkamlangan.  Ushbu  prin­
sip Yevropadagi  barcha davlatlar chegaralari  buzilmasligining tan  olini­
shi  majburiyatini  ko'zda  tutadi.  G ap shundaki,  Ikkinchi jahon  urushida 
g'olib  chiqqan  davlatlar  urushdan  keyin  o'rnatilgan  chegaralarni  doim 
ham   tan  olavermasdilar  va  bu  hoi  xalqaro  munosabatlarni  murakkab- 
lashtirardi.  XX  asming  70-yillari  boshida  xalqaro  m unosabatlardagi 
keskinlik biroz  susayishi  munosabati  bilan  Ikkinchi jahon  urushi  yakun- 
larini  yuridik  rasmiylashtirish  amalga  oshirildi:  amaldagi  chegaralarning 
tan  olinishini  mustahkamlovchi  bir nechta  ikki  tom onlam a  b itim la rtu - 
zildi.
A'zo  davlatlar nafaqat  kuch  bilan  ta’minlangan,  balki  boshqa  davlat­
lar  hududlarini  to'liq  yoki  qisman  bosib  olishga  qaratilgan  har  qanday 
talab  yoxud  xatti-harakatlardan  tiyilish  majburiyatini  o'z  zimmalariga 
otdilar.  Shu  bilan  birga,  xalqaro  huquqqa  muvofiq,  tinch  yo'l  bilan  va 
bitim  asosida  chegaralarni  o'zgartirish  imkoniyati  ham  nazarda  tutildi.
Yevropa  davlatlari  xavfsizligining  eng  muhim  negizlaridan  biri  dav­
latlar  chegaralarining  buzilmasligi  prinsipidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu  prinsipning  asosiy  mazmuni  quyidagi  uchta  unsur  misolida 
namoyon  bo'ladi:
birinchidan,  mavjud  chegarani  xalqaro  huquqqa  muvofiq  yuridik 
jihatdan  o'rnatilgan  deb  tan  olish;
ikkinchidan,  ayni  paytda  va  kelgusida  ham  hududga  doir qandaydir 
da’volardan  voz  kechish;
uchinchidan,  ushbu  chegaralarga  har  qanday  yo‘1  bilan,  shu jum la­
dan  kuch  ishlatish  yoki  uni  ishlatish  tahdidi  bilan  tajovuz  qilishdan  voz 
kechish.
Davlatlar chegaralarining  buzilmasligi  prinsiplari  1975-yildagi  Yev­
ropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Kengashi  Yakunlovchi  hujjatida  bir 
qadar to'liq   shaklda  bayon  etilgan:  «Ishtirok  etuvchi  davlatlar  har  biri­
ning chegaralarini,  shu jumladan Yevropadagi barcha davlatlarning che­
garalarini  buzilmas deb biladilar va shu bois,  ular endilikda ham da kela­
jakda  bu  chegaralarga  nisbatan  har  qanday tajovuzlardan  o'zlarini  tiyib 
turadilar»1.
BMT  Ustaviga  muvofiq davlatlar o'rtasidagi  do'stona  m unosabatlar 
va  o'zaro  hamkorlikka doir xalqaro  huquq  prinsiplari  to'g'risidagi  Dek- 
laratsiyada  (1970-yil)  ushbu  prinsip  mazmuni  kuch  ishlatmaslik  prin­
sipi  bilan  uyg'un  holda keladi:  «Har bir davlat  boshqa davlatning mavjud 
xalqaro chegaralarini buzish  maqsadida yoki xalqaro  nizolarni,  shu ju m ­
ladan  hududga  doir  hamda  davlatlar  chegaralariga  taalluqli  nizolarni 
hal  etish  vositasi  sifatida  kuch  ishlatishdan  yoxud  kuch  ishlatish  tah- 
dididan  tiyilib  turishga  majbur».

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish