Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


l l - § .   Inson  huquqlarini  hurmat  qilish  prinsipi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

l l - § .   Inson  huquqlarini  hurmat  qilish  prinsipi
BMT  Ustavida  urush  talafotlaridan  xalos  bo'lish  vazifasidan  keyin 
«asosiy  inson  huquqlariga  ishonchni  qaytadan  tasdiqlash»  ikkinchi  eng
www.ziyouz.com kutubxonasi


muhim  vazifa  sifatida  belgilangan.  Inson  huquqlarini  hurmat  qilishni 
rag‘batlantirish  BMT  maqsadlari  qatorining  uchinchi  bandidan joy  o l­
gan.  Shunga qaramay,  1970-yilgi  Xalqaro  huquq  prinsiplari  Deklaratsi- 
yasida  u  mustaqil  prinsip  sifatida  ko'rsatilmagan.  Unda  teng  huquqlilik 
va  o ‘z  taqdirini  o'zi  belgilash,  shuningdek,  hamkorlik  prinsiplarini  ba- 
yon  etishdagina  inson  huquqlarini  hurmat  qilish  haqida  so‘z  boradi.
BMT  Ustavini  rivojlantirish  yo'lida  1948-yili  Bosh  Assambleya  In­
son  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasini  bir  ovozdan  qabul  qildi.  Bu 
hujjatda  asosiy  fuqaroviy  va  siyosiy,  shuningdek,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 
madaniy  huquqlar  o 'z  aksini  topgan.  Inson  huquqlarini  hurmat  qilish 
prinsipi  1975-yildagi  YXHK  Yakunlovchi  aktida davlat huquqlariga doir 
prinsiplar  bayonidan  keyin  yettinchi  o'rinda  qayd  etilgan  bo'lsa-da, 
mazkur  hujjatda  u  ilk  bor  xalqaro  huquqning  mustaqil  prinsipi  sifatida 
ifoda  etildi.
Hozirgi  zamon  xalqaro  huquqida  mazkur  prinsip  konsepsiyasining 
o'zi  ham  o'zgarib  bormoqda.  Ilgari  u  davlat  ichkarisida  sodir  bo'lgan 
barcha  hodisalarga  daxldor  sanalar  edi.  Endilikda  ushbu  prinsipning 
mazmun-mohiyati  har  bir  davlatning  uni  o'z  ichki  huquqida  mujas- 
samlashtirish  borasidagi  m as’uliyatini  ko'zda  tutadi.  Inson  huquqlariga 
nisbatan hurmat davlatlarning xalqaro  majburiyatidir,  ayni chog'da ushbu 
majburiyat  faqat  milliy  doiradagina  ro'yobga  chiqishi  mumkin.  Aksari- 
yat  m am lak atlar,  shu  ju m la d a n   O 'z b e k isto n d a   inson  huquqlari 
to'g'risidagi  um um e’tirof etilgan  xalqaro  normalar  konstitutsiyaviy  tar­
tibda  m ustahkam lab  qo'yilgan.  O 'zbekiston  K onstitutsiyasining  II 
bo'lim ida  um um e’tirof etilgan  inson  va  fuqarolarning  huquq  va  erkin­
liklari  mustahkamlangan.  Ushbu  huquq  va  erkinliklar  xalqaro  huquq­
ning  um um e’tirof etilgan  prinsipi  va  normalariga binoan  tan  olingan  va 
kafolatlangandir.
Xalqaro  aktlar  tahlili  inson  huquqlarini  hurmat  qilish  prinsipining 
quyidagi  eng  muhim  qoidalarini  qayd  etish  imkonini  berdi:
birinchidan,  insoniyatga  bo'lgan  qadr-qimm at,  shuningdek,  erkin- 
lik,  adolat  va  yalpi  tinchlik  ulam ing  teng va  ajralmas,  daxlsiz  huquqlari 
sifatida  tan  olinishi  kerak;
ikkinchidan,  har  bir  davlat  birgalikda  va  mustaqil  sa’y-harakatlar 
ko'rsatish  yo'li  bilan  BMT  Ustavida  ko'zda  tutilgan  inson  huquqlari  va 
asosiy  erkinliklarini  yalpi  hurm at  qilish  borasida  ko'maklashishi  shart;
uchinchidan,  inson huquqlarini qonun chiqaruvchi hokimiyat  muho­
faza  qilishi  kerakki,  bu  milliy  tinch-totuvlik  va  huquqiy  tartibotni 
ta ’minlaydi,  inson  so'nggi  vosita  sifatida  zulm  va  zo'ravonlikka  qarshi 
bosh  ko'tarishga  majbur bo'lm aydi;
to 'rtin ch id an ,  davlat  o 'z  yurisdiksiyasi  doirasida  bo'lgan  barcha 
shaxslarning  xalqaro  huquq  tan   olgan  huquq  va  erkinliklarini  hurmat
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilishga  va  ularni  ana  shu  huquq  va  erkinliklar bilan  ta ’minlashga  maj­
bur;
beshinchidan,  har bir inson  boshqa  kishilar va  o ‘zi  mansub jamiyat 
va  davlat  oldida  muayyan  majburiyatga  egadir;
oltinchidan,  davlat  insonning  o ‘z  huquqlarini  bilish  va  shu  huquq 
bo'yicha  ish  ko'rish  borasidagi  huquqini  ta ’minlash  zarur.
Xalqaro huquqning ushbu prinsipi  BMT Ustavida qayd etilgan payt- 
dan  boshlab  yuzaga  kelgani  va  uni  um um e’tirof  etilgani  bugun  hech 
kimda  shubha  uyg'otmaydi.  Uning  m azm uni,  aw alo,  barcha  davlat­
larning  o'z  yurisdiksiyasi  doirasida  asosiy,  ya’ni  individlarning  huquqiy 
maqomi tavsifi  uchun muhim va xos jihatlarni  —  inson huquq  va erkin­
liklarini  himoyalashni  ta ’min  etish  majburiyatini  ko'zda  tutadi.  Bu  hu- 
quqlar  davlatlarning  ichki  huquqida  qanday  shaklda  mustahkamlanadi 
va  ularga  rioya  etilishi  qaysi  vositalar  orqali  ta ’minlanadi  —  bu  masala 
har  bir  davlatning  ichki  vakolatiga  taalluqlidir.  Inson  huquqlarini  ijti­
moiy to'ldirib berish, ta ’minlash va ro'yobga chiqarish borasidagi izchillik 
davlatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  qurilishiga  bog'liqdir.
Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini bevosita reglamentatsiya qilish 
va  himoyalash  hali  ham  to'liq  har  bir  davlatning  ichki  ishi  bo'lib  qol- 
moqda,  inson  huquqlariga  doir  xalqaro  normalarning  aksariyatini  esa, 
bevosita davlatlar hududida qo'llab bo'lmaydi va bu muayyan  implemen- 
tatsiya jarayonlarini  taqozo  etadi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish