Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  va  xalqaro



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

13-§.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  va  xalqaro 
huquqning  asosiy  prinsiplari
Xalqaro huquqning um um e’tirof etilgan prinsiplari zamonaviy xalqaro 
huquqning asosiy  mohiyatini  namoyon etuvchi,  ustun  bo'lgan  universal 
normalardir.  U  xalqaro  hamjamiyat  qabul  qiladigan  va  tegishli  xalqaro- 
huquqiy  hujjatlarda  um um e’tirof etilgan  norm alar sifatida  e ’tirof etila­
di.  Ushbu normalar,  birinchidan,  umumiy tinchlik va xalqaro xavfsizlikni 
ta ’minlab  berishning;  ikkinchidan,  xalqlar  ozodligi  va  mustaqilligini 
ta ’minlab  berishning;  uchinchidan,  davlatlar  orasidagi  ijobiy  aloqalar- 
ning;  o'zaro  umumiy  manfaatlarni  va  ishonchni  ta ’minlashning  huqu­
qiy asosi  hisoblanadi.  Umum e’tirof etilgan prinsiplar va normalar ahami­
yati  va  o'rnining  oshib  borishi  hozirgi  zamonaviy  huquqning  xususiyat- 
laridan  biridir.
Xalqaro  huquqning  ko'pgina  prinsiplari  BM T  Ustavining  2-mod-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dasida o 'z aksini topgan.  1970-yilda qabul  qilingan  Xalqaro huquq prin­
siplari  to'g'risidagi  Deklaratsiyada  ushbu  prinsiplar  kengroq  berilgan. 
Bundan tashqari,  BMT  Ustavi  hamda Yevropada Xavfsizlik va  Hamkorlik 
Kengashining  1975-yilgi  Yakunlovchi  aktida  ham  ular  chuqur  talqin 
etilgan.
Xalqaro  huquqning  u  yoki  bu  shaklda  um um e’tirof etilgan  prinsip­
lari  va  normalari  zamonaviy  davlatlarning  Konstitutsiyasiga  kiritilgan 
bo'lib,  qonunchilik  hamda  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatining  faoliyati 
ushbu  prinsiplarga  mos  kelishi  lozim.  Ular  O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  IV  bobida  ham  o'z  aksini  topgan.
O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  mustahkamlangan 
suveren  tenglik  prinsipi  davlatlarning  o'ziga  xosligi,  mustaqilligini  hur­
mat  qilish,  huquq va erkinliklarni  kafolatlash,  o'zining siyosiy,  iqtisodiy 
va  madaniy  tizimini  erkin  tanlashi,  mustaqil  ravishda  o'zining  q on un ­
lari  va  m a’muriy  qoidalarini  o'm atishni  bildiradi.
O'zbekiston  Konstitutsiyasida  xalqaro  munosabatlarda  xalqaro  h u­
quqning  ustuvor  prinsiplari  bo'lishi  xalqlarning  o'z  taqdirini  o'zi  belgi- 
lashlari  huquqi  to'g'risida  gap  boradi.  Shu  narsani  ta’kidlash  lozimki, 
ushbu  p rin sip la r  d av la tla rn in g   xalqaro  m u n o sa b a tla rd a   faoliyat 
ko'rsatishining  tartib  qoidalaridir.
Xalqaro  munosabatlarda  suveren  tenglik  prinsipi  har  bir  davlatni 
boshqa  davlatlar  bilan  mustaqil  ravishda  va  o 'z  xohishiga  ko'ra  alo- 
qalarga  kirishishini  bildiradi,  ya’ni  muayyan  davlat  xalqaro  huquq  ta­
lablariga  binoan  xalqaro  tashkilotlarga  a ’zo  bo'lishi,  ko'p  tom onlam a, 
xususan  ittifoqdosh  shartnomalarda  qatnashishi,  betaraf bo'lish  huqu­
qiga  ega  bo'lishi  demakdir.  Ushbu  prinsipdan  kelib chiqib,  O'zbekiston 
xalqaro  munosabatlaming ko'pgina, ayniqsa  mintaqaviy xavfsizlik  muam- 
molarini  hal  etishda  o'zaro  teng  ravishda  ishtirok  etmoqda.
Kuch  ishlatmaslik va  kuch  bilan  tahdid  solmaslikning konstitutsiya­
viy  prinsipi  boshqa  davlatga  nisbatan  bevosita  yoki  bilvosita  ravishda 
kuch  ishlatishga  qaratilgan  turli  harakatlardan  o'zlarini  tiyishni  angla- 
tadi.  BMT  Ustavida  (2-m oddaning  4-bandi)  «kuch»  tushunchasi  faqat 
qurolli  kuchlami  emas,  balki  majbur  etishning  boshqa  shakllarini  ham 
bildiradi.
1970-yilda qabul  qilingan  Xalqaro huquqning  prinsiplari  to'g'risidagi 
Deklaratsiyaning  muqaddimasida  davlatlarning  kuch  ishlatishga  yoki 
kuch  bilan  tahdid solishga  qaratilgan  barcha  harakatlari  man  etiladi  deb 
ochiqdan-ochiq  yozib  qo'yilgan.  Hech  qanday  sabablar  kuch  ishlatish­
ga  yoki  kuch  bilan  tahdid  solishga  asos  bo'la  olmaydi.  Deklaratsiya 
ushbu  prinsipning  mohiyatiga  yangi  mazmun  kiritib,  uning  harakat 
doirasini  kengaytiradi.  Unda  boshqa  a’zo  davlatga  nisbatan  kuch  ishla- 
rish  yoki  kuch  bilan  tahdid  solmaslik  to'g'risidagi  holatlar  o 'z  aksini
www.ziyouz.com kutubxonasi


topgan.  Deklaratsiyada  boshqa  a ’zo  davlatga  nisbatan  kuch  ishlatish, 
uning  suveren  huquqlarini  cheklashga  bo'lgan  harakatlar,  qandaydir 
repressaliylarga  tortish  man  etiladi  deb  yozib  qo'yilgan.
Z am onaviy  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplari  «O 'zbekiston 
Respublikasi  tashqi  siyosiy  faoliyatining  asosiy  prinsiplari  to ‘g‘risida»gi 
qonunda  mustahkamlab  qo'yilgan1.
O'zbekiston  Respublikasi o'z  tashqi siyosiy faoliyatida quyidagi  asosiy 
prinsiplarga  tayanadi:
birinchidan,  O'zbekiston  Respublikasining  tashqi  siyosati  va  xalq­
aro  faoliyati  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  normalari  va 
prinsiplariga,  «O 'zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnom alari 
to'g'risida»gi  qonunga,  «Mudofaa  to'g'risida»gi  O'zbekiston  Respubli­
kasi qonuniga, O'zbekiston  Respublikasining  Harbiy doktrinasiga,  boshqa 
qonunlarga,  Birlashgan  Millatlar Tashkilotining  prinsiplari  va  maqsad- 
lariga,  shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  ratifikatsiya 
qilgan  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  va  bitim- 
laridan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarga  asoslanadi;
ikkinchidan,  O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  m u­
vofiq,  O'zbekiston  Respublikasi  davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari, 
farovonligi  va  xavfsizligini  ta ’minlash  m aqsadida  ittifoqlar  tuzishi, 
hamdo'stliklarga  va  boshqa  davlatlararo  tuzilm alarga  kirishi  va  ulardan 
ajralib  chiqishi  mumkin;
uchinchidan,  O'zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlarga  aralashish, 
mustaqillik  va  suverenitetni  kamsitish  ham da  davlatlararo  m unosabat­
larni  mafkuralashtirishning  har  qanday  ehtim olini  istisno  etuvchi  teng 
huquqli  va  o'zaro  foydali  munosabatlarni  barcha  davlatlar  bilan  yo'lga 
qo'yadi;
to'rtinchidan,  Birlashgan  Millatlar Tashkiloti,  Yevropa  Xavsizlik  va 
Hamkorlik Tashkiloti  hamda boshqa xalqaro tashkilotlar ishida faol  ish­
tirok  etish,  Yevropa,  Osiyo  va jahon  xavfsizlik  tuzilmalariga  integratsi- 
yalashuv O 'zbekiston  Respublikasi tegishli tuzilm alarining tashqi siyosiy 
faoliyatidagi  eng  muhim  vazifa  hisoblanadi;
beshinchidan,  O'zbekiston  Respublikasi  mamlakatning barqarorligini, 
sobitqadam   rivojlanishi  va  milliy  xavfsizligini  ta ’minlash  imkonini  be­
radigan,  O'zbekiston  Respublikasining jahon xo'jaligi  aloqalariga axborot, 
texnologiya  va  kommunikatsiya  jihatidan  kirib  borishiga  ko'm akla- 
shadigan  davlatlararo tuzilmalarga,  shu jum ladan  iqtisodiy tuzilmalarga 
ustuvor  ahamiyat  beradi;
1  « O 'z b e k is to n   R e sp u b lik a si  ta sh q i  siyosiy  fa o liy a tin in g   a so siy   p rin s ip la ri  t o ‘g ‘risida»gi 
0 ‘z b e k is tc n   R e sp u b lik a si  q o n u n i,  1996-yil  2 6 -d e k a b r d a   q a b u l  q ilin g a n   / /   0 ‘z b e k isto n  
R e sp u b lik a si  O liy   M a jlisin in g   a x b o ro tn o m a s i.  1997.  №   2  — 3 5 -m .
www.ziyouz.com kutubxonasi


oltinchidan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi­
ning xalqaro shartnomalari to ‘g‘risida»gi qonunga va O'zbekiston Respub­
likasining  Harbiy doktrinasiga  muvofiq  harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok 
etmaydi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  har qanday davlatlararo tuzilm adan, 
bu  tuzilma  harbiy-siyosiy  blokka  aylantirilgan  taqdirda,  chiqish  huqu­
qini  o ‘zida  saqlab  qoladi;
yettinchidan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  mintaqadagi  hamda  undan 
tashqaridagi  m ojarolarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf etish  m aqsa­
dida  hukum atlararo  va  hukumatga  qarashli  bo‘lmagan  tuzilmalarning 
ishida  faol  qatnashadi1.
B E S H IN C H I  MAVZU. 
XALQARO  H U Q U Q   SUBYEKTLARI

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish