Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  «Xalqaro  huquq  subyektlari»  tushunchasi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

1-§.  «Xalqaro  huquq  subyektlari»  tushunchasi
2-§.  Davlat  —  xalqaro  huquqning  asosiy  subyekti
3-§.  Xalqaro  tashkilot  xalqaro  huquqning  subyekti  sifatida
4-§.  Mustaqil  davlat  barpo etish yo‘Iida kurashayotgan xalq,  mil- 
Iat  —  xalqaro  huquq  subyekti
5-§.  Xalqaro  huquqning  noan’anaviy  subyektlari
6-§.  Individ  —  xalqaro  huquq  subyekti
7-§.  Transmilliy  korporatsiyalar  —  xalqaro  huquq  subyekti
8-§.  O'zbekiston  Respublikasi  —  xalqaro  huquq  subyekti
l-§ .  «Xalqaro  huquq  subyektlari»  tushunchasi
Xalqaro  huquq  subyekti  o ‘z  imkoniyatlari  va  yuridik  xususiyatlari 
tufayli  xalqaro  huquq  bo'yicha  muayyan  huquq  va  majburiyatlarga  ega 
bo'lishga  va  uning  normalarini  yaratish  va  amalda  tatbiq  etishda  qat- 
nashishga  qodir mustaqil tuzilmadir.  Subyekt  xalqaro huquqqa bevosita 
bo'ysunishi  va  mustaqil  xalqaro  maqomga  ega  bo'lishi  zarur.  Xalqaro 
huquq  subyektlari  maqom ining  o'ziga  xosligi  shundaki,  ular  nafaqat 
huquq  va  majburiyatlarni  tashuvchi,  balki  xalqaro-huquqiy  norm alarni 
yaratish  va  amalda  tatbiq  etishda  asosiy  ta ’sir  etuvchi  kuch  vazifasini 
ham  o'taydi.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro  huquq  subyektlari  jumlasiga 
xalqaro  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo'lgan  hamda  ularni  xalqaro 
huquq  asosida  va  doirasida  ro'yobga  chiqaradigan  xalqaro  m unosabat­
lar  ishtirokchisini  kiritish  qabul  qilingan.  Xalqaro  huquq  subyekti  —
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zining  imkoniyatlari  va  yuridik  xususiyatlari  evaziga  xalqaro  huquq 
bo'yicha  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo'lishga,  ushbu  normalarni 
yaratish  va  amalga  oshirish  jarayonida  ishtirok  etishga  qodir  mustaqil 
tuzilma.
Xalqaro  huquq  subyektlari  quyidagi  xususiyatlari  bilan  ajralib  tu ra­
di:
birinchidan,  xalqaro  ommaviy  munosabatlar  ishtirokchilari  jam oa- 
viy tuzilm a  hisoblanadi.  Xalqaro  m unosabatlaming  har bir ana  shunday 
ishtirokchisi  tashkilotga  xos  elem entlarga:  davlat—  hokim iyati  va 
boshqaruv  apparatiga;  kurashayotgan  millat  —  mamlakat  ichkarisida  va 
xalqaro  munosabatlarda  uning  vakilligini  namoyon  etadigan  siyosiy  or- 
ganga;  xalqaro tashkilot  —  doimiy  ishlovchi  organga va  hokazolarga ega 
bo'ladi.  Hokimiyat  vakolatlarini  amalga  oshirish  chog'ida  xalqaro  hu ­
quq  subyektlari  nisbatan  mustaqil  va  bir-birining  irodasiga  tobe  emas. 
Ularning  har  biri  mustaqil  xalqaro-huquqiy  maqomga  ega,  xalqaro- 
huquqiy  munosabatlarda  o 'z  nomidan  ish  yuritadi;
ikkinchidan,  barcha subyektlar xalqaro  normalarni  ishlab  chiqish  va 
qabul  qilishda  mustaqil  ishtirok  etish  layoqatiga  ega.  Shartnomaviy- 
huquqiy  layoqatsizlik  xalqaro  huquq  subyektiga  xos  muhim  elem ent- 
lardan  sanaladi.  Xalqaro  huquq  nazariyasida  (aksariyat  davlat  ichki  hu­
quqi  subyektlaridan  farqli  o'laroq)  subyektlar  shunchaki  xalqaro-huqu­
qiy  norm alar  ijodkorlari  emas,  balki  ularni  yaratishda  ishtirok  etuvchi 
shaxslar  hamdir.
Shuni  ta ’kidlash  zarurki,  huquqning  alohida  tizimi  sifatida  xalqaro 
huquq o'ziga xosligi,  xalqaro  huquq subyektiga xosligi va  nihoyat  xalqaro 
huquq  subyektlikning  o'ziga  xos jihatlarini  belgilab  berishi  bilan  ajralib 
turadi.  Xalqaro  huquq subyektligining m azm un-m ohiyatini  bunday sub- 
yektning  xalqaro  huquqiy  normalaridan  kelib  chiqadigan  asosiy  huquq 
va  majburiyatlari  tashkil  etadi.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro  huquq  subyektlik  kelib  chi­
qishiga  ko'ra,  faktik  va  yuridik qismlarga  bo'linadi.  Shunga  mos  ravish­
da,  xalqaro  huquq  subyektlarining  ikki  xil  —  birlamchi  (suveren)  va 
hosila  (nosuveren)  kategoriyalari  farqlanadi.  Shuning  uchun  nazariyot- 
da  xalqaro  huquq  subyektlarini  ikkita  katta  guruhga:  birlamchi  (asosiy) 
va  ikkilamchi  (hosila)  sifatida  tasniflash  qabul  qilingan.
Xalqaro  huquq  barcha  subyektlarining  umumiy  xalqaro-huquqiy 
maqomi  ularning  asosiy  huquq  va  majburiyatlarini  tavsiflab  beradi. 
Muayyan  turdagi  subyektlarga  (davlatlarga,  xalqaro  tashkilotlarga  va 
boshqalarga)  xos  bo'lgan  huquq  va  majburiyatlar ushbu  toifaga  mansub 
subyektlaming  alohida  xalqaro-huquqiy  maqomini  tashkil  etadi.  Aniq 
bir  subyektning  huquq  va  majburiyatlari  mujassamlikda  ana  shu  sub- 
yektning  individual  xalqaro-huquqiy  maqomini  tashkil  etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday  qilib,  turli  xalqaro  huquq  subyektlarining  huquqiy  holati 
bir xil  emas,  chunki  ularga taalluqli  xalqaro  normalarni  qo'llash va,  o'z 
navbatida  ular  ishtirok  etadigan  xalqaro-huquqiy  munosabatlar  doirasi 
turlichadir.
Jismoniy shaxslar va davlat  ichidagi  tashkilotlar (shu jum ladan,  mil- 
latlararo,  savdo-sotiq, sanoat  kompaniyalari va korporatsiyalari)  xalqaro 
huquq  subyektlari  hisoblanadi.  U lar  davlatning  favqulodda  yurisdiksi- 
yasida  bo'ladi  va  ularning  xalqaro  maydondagi  maqomi  ichki  qonun- 
chilikda  belgilab  qo'yiladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish