Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  tashkilot  xalqaro  huquqning  subyekti  sifatida



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3-§.  Xalqaro  tashkilot  xalqaro  huquqning  subyekti  sifatida
Xalqaro  tashkilot o 'z ahamiyati jihatidan xalqaro  huquqning ikkinchi 
subyekti  hisoblanadi.  Xalqaro tashkilotlar son jihatidan davlatlarga qara- 
ganda anchagina ko'p bo‘lsa-da,  lekin  huquqiy layoqati  bo'yicha ularga 
nisbatan  orqaroqda  turadi.  Xalqaro  tashkilotlarning  subyektlik  huquqi 
davlatlar  ularga  bergan  vakolatlardan  kelib  chiqadi.  Xalqaro  tashkilot­
larning  vakolatlari  ularning  maqsadi  va  vazifalari  doirasi  bilan  cheklan-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gandir.  Shu  bois,  xalqaro  tashkilotlarning  subyektlik  huquqi  davlatlar­
ning subyektlik huquqi  hosilasi va maxsus,  ya’ni  mazkur xalqaro tashkilot 
nizom ida  belgilangan  m aqsadlar  va  vakolatlar  bilan  chegaralangan 
hisoblanadi.
O lz  a’zolari  o'rtasida  yuz  berishi  mumkin  bo'lgan  ziddiyatlardan 
qat’i  nazar, xalqaro tashkilotlar muayyan  umumiy manfaatlaming tashuv- 
chilari  sanaladi  va  ana  shu  m anfaatlar himoyasi  uchun  safarbar etilgan- 
dir.  Buning  natijasi  o'laroq,  ular ta ’sis  hujjatlari  va  nizomda belgilangan 
doiralarda  mustaqil  faoliyat  ko'rsatish  erkinligidan  foydalanadi.
Davlatlararo tashkilotlarning xalqaro subyektlik huquqi bugungi  kunda 
bir qator xalqaro  hujjatlarda  mustahkamlangan.  Bu  boradagi  o'ziga  xos 
jihatlarga  BMT  Xalqaro  sudi  ham jiddiy  e’tibor qaratadi.  U,  jumladan, 
xalqaro  tashkilot  xalqaro  huquq  subyekti  sifatida  xalqaro  huquqning 
o'ziga  tegishli  qoidalaridan  kelib  chiqadigan  muayyan  majburiyatlarga 
bog'liq  ekanini  belgilab  bergan.  Demak,  xalqaro  tashkilot  uchun  dav­
latlar  tomonidan  va  tashkilot  ishtirokisiz  yaratilgan  umumiy  xalqaro 
huquq  normalari  ham  majburiydir.  BMT  Xalqaro  sudining  belgilashi- 
cha,  xalqaro  tashkilotlarning  biron-bir  jihati  ularga  «davlatdan  ustun 
turuvchi»  qandaydir  tuzilm a  sifatida  yondashish  uchun  asos  bo'la  ol­
maydi.  Xalqaro  tashkilot  davlatlar  ustidan  turuvchi  hokimiyat  emas, 
balki davlatlarning hamkorlik organidir.  BMT Bosh Assambleyasi  munta- 
zam  ta ’kidlab  kelayotganidek,  BMTning  kuch-qudrati  unga  a’zo  dav­
latlarning  o'zaro  hamkorligiga  bog'liq.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  «xalqaro  huquq  subyekti»  tushunchasi 
tuzuvchi  davlatlardan  tashkil  topgan  klassik  hukum atlararo  tashkilotlar 
(BM T va  boshqalar)ni,  shuningdek,  a ’zolari  shaxsiy  sifati  asosida  faoli­
yat  yuritadigan  (xalqaro  arbitrajlar,  qo'm italar,  ekspertlar  guruhlari  va 
hokazolar)  davlatlararo  mexanizmlar  va  organlarni  qamrab  oladi.  Bun­
dan  tashqari,  hukum atlararo  konferensiyalar  xalqaro  huquqning  mu- 
vaqqat  subyekti  sifatida  tan  olinadi.
Xalqaro  huquqning  o'rganilayotgan  subyektlarining  xalqaro  huquq 
subyektliligi ana shu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari  —  ustav yoki  bitimda 
(keng m a’noda — shartnomada) belgilab qo'yiladi. Shunday qilib,  xalqaro 
tashkilotlarning huquq  vakolatlarining  ko'lamini  ta ’sis  etuvchi  davlatlar 
belgilaydi.  Shartnom ada  subyektning  muayyan  huquqiy  layoqat,  ya’ni 
xalqaro  m unosabatlarda o 'z   nomidan  ish  ko'rish:  davlatlar va  hukum at­
lararo tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish, o'z nomidan qarorlar 
(masalan,  o 'z  nizomi  va  tartib-qoidalarini,  konferensiya  rezolyutsiya­
larini,  xalqaro  arbitraj  qarorlar)ini  qabul  qilish  huquqi  ko'zda  tutiladi. 
O 'z  nom idan  ish  ko'ruvchi  xalqaro  tashkilotlarning  qarorlarini  shu 
tashkilot  tom onidan  xalqaro  subyekt  huquqiga  xoslikning  namoyon 
bo'lishi  sifatida  tushunish  lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish