Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

birinchidan, suverenitetning xalqaro-huquqiy jihati deganda, shu narsa 
anglashiladiki,  xalqaro  huquq o 'z subyekti  va xalqaro  m unosabatlar ish- 
tirokchisi  sifatida  davlat  organlarini  yoki  alohida  m ansabdor  shaxslami 
emas,  balki  yaxlit  holda  davlatni  ko'zda  tutadi.  Bunda  davlatning  te ­
gishli  vakolatga  ega  m ansabdor shaxsi  bajargan  barcha  xalqaro-huquqiy 
ahamiyatga  ega  harakatlam i  shu  davlat  bajargan,  deb  hisoblanadi;
ikkinchidan, suverenitetning ichki jihati davlat  hokimiyatining m am ­
lakat  ichkarisida  va  xorijda  hududiy  ustunligi  va  siyosiy  mustaqilligini 
ko'zda  tutadi.
Davlatning  o 'z  suveren  huquqlarini  ro'yobga  chiqarishida  «yuris- 
diksiya»  tushunchasi  suverenitetning  namoyon  bo'lishi  sifatida  katta 
ahamiyat  kasb  etadi.  K o'lam i  jihatidan  —  to'liq  va  cheklangan  yuris- 
diksiya,  faoliyat  sohasi  bo'yicha  —  hududiy  v  ekstrahududiy,  hokimi- 
yatga  xoslik  mazmuniga  ko'ra,  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud 
yurisdiksiyalari  farqlanadi.
Hududiy  ustunlik  mavqeidan  kelib  chiqqan  holda,  davlat  o 'z  hudu­
di doirasida to'liq yurisdiksiyani amalga oshiradi.  Shaxsiy ustunlik mavqei 
nuqtayi nazaridan esa,  xorijda o 'z fuqarolariga nisbatan  cheklangan yuris­
diksiyani  amalga  oshiradi.
Tabiiyki,  yurisdiksiya  xalqaro  huquqda  tan  olingan  im m unitetlarni 
saqlagan holda amalga oshirilishi kerak.  Immunitet suveren tenglik  prin- 
sipidan  kelib  chiqadi.  Ilgari  immunitet  mutlaq  bo'lib,  xorijiy  davlatning 
har qanday  faoliyatiga  va  uning  mulkiga  taalluqli  hisoblanardi.  XIX  asr 
oxirlaridan  boshlab  to  bugunga  qadar cheklangan  im m unitet  konsepsi- 
yasi  keng  e ’tirof etila  boshlandi.  Ushbu  konsepsiyaga  ko'ra,  davlat  su­
veren  hokimiyat  tashuvchisi  (sohibi)  sifatida  o 'z   davlat  hokimiyati 
mavqeidan  kelib chiqib,  sodir etadigan  m unosabatlar doirasi bilan chek- 
lanadi.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  davlatlarning quyidagi  asosiy  huquqlari 
qayd  etiladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


1)  suveren  tenglik;
2)  mustaqillik  va  o'zining  barcha  qonuniy  huquqlarini  ro'yobga 
chiqarish;
3)  o 'z  hududi  va  shu  hududdagi  barcha  shaxslar va  mol-mulk  usti­
dan  (xalqaro  huquqda  tan olingan  immunitetlarga amal  qilingan  holda) 
o 'z  yurisdiksiyasini joriy  etish;
4)  boshqa  ichki  davlatlar  bilan  teng  huquqlilik;
5)  tam om ila  o'zining  ichki  vakolatlariga  kiradigan  masalalami  hal 
etishda  o 'z  mustaqilligini  muhofazalash;
6)  xalqaro  hamjamiyatning  boshqa  a’zolari  bilan  hamkorlik  qilish;
7)  qurolli  hujumga  qarshi  individual  yoki  jam oa  tarzida  o'zini  o'zi 
m udofaa  qilish.
Xalqaro  huquq  nazariyasida  davlatlarning  asosiy  majburiyatlariga 
quyidagilar  kiritiladi:
—  boshqa  davlatlar  suverenitetini  hurmat  qilish;
—  boshqa  davlatlarning  ichki  va  tashqi  ishlariga  aralashishdan  ti- 
yilib  turish;
—  boshqa  davlat  hududida  nizolar  qo'zg'ashdan  tiyilib  turish;
—  inson  huquqlarini  hurm at  qilish;
—  xalqlarning  o 'z   taqdirini  o'zi  belgilash  huquqini  hurmat  qilish;
—  o 'z  hududida  xalqaro  ko'lamdagi  tinchlikka  tahdid  solmaydigan 
shart-sharoit  joriy  etish;
—  boshqa  davlatlar  bilan  ikki  o'rtada  yuzaga  kelgan  nizolarni  va 
o'zi jalb  etilgan  xalqaro  ko'lamdagi  mojaroli  vaziyatlami  tinch  vositalar 
yordamida  hal  etish;
—  boshqa davlatning hududiy daxlsizligiga yoki siyosiy  mustaqilligi- 
ga  qarshi  kuch  ishlatish tahdididan  yoxud  kuch  ishlatishdan yoki xalqaro 
huquqqa  mos  kelmaydigan  boshqa  xatti-harakatlardan  tiyilib  turish;
—  alohida  tartibda  va  boshqa  davlatlar  bilan  hamjihatlikda  xalqaro 
tinchlik  va  xavfsizlikni  qo'llab-quw atlash;
—  boshqa davlatning kuch  ishlatmaslik prinsipiga xilof ravishda ort- 
tirgan  hududlarini  tan  olishdan  tiyilib  turish;
—  o'zining  xalqaro  majburiyatlarini  sidqidildan  bajarish;
—  atrof-m uhit  muhofazasi  borasida  g'am xo'rlik  qilish.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish