8-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti
«O'zbekiston — xalqaro munosabatlaming to'laqonli subyekti» d e
gan konstitutsiyaviy qoida O'zbekiston Respublikasining hozirgi dunyoda-
gi o'rnini bildiribgina qolmay, mamlakatimizning haqiqatan ham xalqaro
hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini anglatadi.
Bu esa quyidagilami anglatadi:
birinchidan, O'zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro
huquqning um um e’tiro f etilgan prinsiplari va normalari bilan bog'liq,
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqa majburiyatlar davlatimizning roziligisiz zimmamizga yuklatili-
shi mumkin emas;
ikkinchidan, 0 ‘zbekiston hududida davlat hokimiyati chegaralanmaydi
va xalqaro huquqning hech qaysi bir subyekti aralashish huquqiga ega
emas, o'zining hududidan tashqarida u o ‘z hokimiyatini faqat boshqa
manfaatdor davlat roziligi bo'lgandagina amalga oshirishi mumkin;
uchinchidan, 0 ‘zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan
diplom atik aloqalarni amalga oshirib, ikki tom onlam a va ko‘p tom on
lama xalqaro shartnomalami tuzib, bevosita davlatlararo m unosabat
larda qatnashadi.
Konstitutsiya asosida O'zbekiston Respublikasini xalqaro munosa-
batlarning teng huquqli subyekti ekanini bildiruvchi huquqiy asoslar
yaratildi. 0 ‘zbekistonning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini
ta ’minlab beruvchi davlat organlari shakl 1 a nt i ri Id i. K o‘ppartiyaviylik va
muqobillik asosida hamda butun xalqimizning qatnashuvi natijasida
mamlakatimiz Prezidenti va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat-
lari saylandilar. Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari va faoliyatining
yo'nalishlari tubdan o ‘zgartirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi, tashqi savdo bilan
shug‘ullanuvchi firmalaming maxsus tizimi shakllantirildi, xorijiy fir-
ma, bank va kompaniyalarning vakolatxonalari ochildi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Kon-
stitutsiyamizning 17-moddasida o'zining qonuniy aksini topgan. «Tashqi
siyosat» tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy kursini o'z
ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar ham
da xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro aloqalarini o 'z ichiga oluvchi maqsad
va vazifalarini qamrab oladi.
O 'z b e k isto n Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalari va prinsiplariga
asoslanadi.
Diplomatiya tashqi siyosatni amalga oshirishning o'ta muhim vosi-
tasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazi
falarini, ya’ni tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakllar,
vositalar va usullar, amaliy tadbirlar majmuasini namoyon etadi hamda
belgilab beradi.
O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsadi davlat suverenitetini
himoya qilish, ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga yor
dam beruvchi xalqaro sharoitlarni yaratish, tinchlik, xalqaro va min
taqaviy xavfsizlikni ta ’minlash maqsadida o 'zaro manfaatli hamkorlikni
o ‘rnatishdir.
O'zbekiston Respublikasi o'zining tashqi siyosatini amalga oshirish
da quyidagi ustuvor holatlardan kelib chiqadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |