Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Xalqaro  huquqda  tan  olish.  Davlatlarni  tan  olish



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

6 -§ .  Xalqaro  huquqda  tan  olish.  Davlatlarni  tan  olish
Xalqaro  huquqda  tan  olish  bu  xalqaro  munosabatlardagi  yangi  vo- 
qelik:  yuridik  fakt  va  vaziyat,  harakatga  rozilik  akti,  demakdir.  Tan 
olishning  barcha  turlari  ichida  davlatlar va  hukumatlarni  tan  olish  alo­
hida  ahamiyatga  egadir.
Xalqaro  maydonga  yangi  davlatning  kirib  kelishi  munosabati  bilan 
davlatni  tan  olish  masalasi  kun tartibidan  o'rin oladi.  Yangi  davlatni  tan 
olar ekan,  xalqaro  hamjamiyat  a ’zolari  u  bilan  xalqaro-huquqiy  m uno- 
sabatlarga  kirishishga  rozilik  bildiradi.
Davlatlarni  tan  olish  muayyan  xalqaro  huquq  normalari  yig'indisi 
bo'lib,  xalqaro  huquqning yangi  subyektlarini  xalqaro  maydonga  chiqi­
shi  bilan  bog'liq  bo'lgan  munosabatlarni  tartibga  soladi.  H ar  qanday 
yangi  davlatni  tan  olish  siyosiy  va  muayyan  huquqiy  oqibatlarga  olib 
keladi.  Shu  m a’noda davlatlarni  tan olish odatdagi  informativ akt emas, 
balki  xalqaro  hayotda  tegishli  o'zgarishlarga  olib  keluvchi  qadamdir. 
Boshqacha so'z bilan aytganda, tan olish degani yangi davlat bilan xalqaro 
aloqalar  olib  borishga  tayyor  ekanligini  ko'rsatuvchi  yuridik  holatdir.
Yangi  davlat  uchun  tan olishning yuridik ahamiyati  borasida ikki  xil
—  konstituitiv va deklarativ  nazariyalar mavjud.  Konstituitiv  nazariyaga 
ko'ra,  tan  olish  davlatning  xalqaro  subyektlilik  huquqini  ta ’kidlaydi, 
ya’ni  faktik  holatni  yuridik  holatga  aylantiradi.  Deklarativ  nazariyaga 
binoan  esa,  davlat  tashkil  etilganidayoq,  tan  olinishidan  mustaqil  ra­
vishda  subyektlilik  huquqiga  ega  bo'ladi.
Rasmiy-yuridik jihatdan  har  qanday  davlat  tashkil  topishining  aso­
sida  xalq  irodasi  yotadi.  Davlat  aynan  shu  xalqning suvereniteti  sifatida 
dunyoga  keladi.  Shunday qilib,  Amerika  Davlatlari  tashkiloti  N izom ida 
qayd  etilganidek,  «Davlatning  siyosiy jihatdan  mavjudligi  uning boshqa 
davlatlar  tom onidan  tan  olinishiga  bog'liq  emas.  H atto  tan  olinishiga
www.ziyouz.com kutubxonasi


qadar ham davlat  o 'z yaxlitligi va  mustaqilligini  himoya qilish,  o ‘z xavf­
sizligi  va  farovonligini  ta’minlash  huquqiga  egadir»  (9-m odda).
Ayni  chog'da,  o 'z  huquqlaridan  amalda  foydalanish  masalasi  yangi 
davlatning boshqa  davlatlar tom onidan  xalqaro  huquq  subyekti  sifatida 
tan  olinishiga  bog'liq  ekanini  ham  hisobga  olmaslik  mumkin  emas.
Sobiq  SSSR  respublikalarining  yangi  mustaqil  davlatlarga  aylanishi 
bilan  bog'liq  voqealar  shuni  ko'rsatmoqdaki,  davlatlar  tan  olish  aktiga 
alohida e ’tibor bermoqda.  Hozirgi kunda mustaqil  O'zbekistonni  dunyo- 
ning  131  davlati  tan  olgan.
Huquqiy adabiyotlarda  va xalqaro  amaliyotda  keng  tarqalgan  fikrga 
ko'ra,  tan  olish  to'laligicha  tan  oluvchi  davlatning  irodasiga  bog'liqdir.
SSSRning  tarqalib  ketishi  munosabati  bilan  Bryusselda  Yevropa 
hamjamiyati  Kengashining  tashqi  ishlar  vazirlari  ishtirokidagi  majlisi 
bo'lib  o'tgan.  Bu  majlisda  «Yevropa  hamjamiyatining  Sharqiy  Yev­
ropa  va  Sovet  Ittifoqi  hududidagi  yangi  davlatlarni  tan  olish  bo'yicha 
m ezonlari»  qabul  qilingan.  Y evropa  ham jam iyati  a ’zo lari  M D H  
tarkibiga  kiruvchi «mazkur respublikalar tom onidan talablami bajarishga 
shay ekanliklari  haqida  kafolat  olinishi  bilanoq»  u la rb u   respublikalar- 
ni  tan  olishlarini  m a’lum  qilganlar.  M DH ga  a ’zo  davlatlarning  biron- 
tasi  Yevropa  ham jam iyatining  bunday  harakatlariga  qarshi  e ’tiro z 
bildirmagan.
Xalqaro  huquqda  tan  olishning  ikki  turi  bor:  de-yure  va  de-fakto. 
Um um iy  qoidaga  binoan,  davlatni  tan  olish  to'liq  va  uzil-kesil  bo'ladi. 
Bunday  tan  olish  «de-yure»  tan  olish,  deb  ataladi.
Ba’zan  davlatning  shakllanishi  uzoq  davom  etadigan jarayonga  ay­
lanadi.  Bunday hollarda vaqtincha, to'liqsiz tan olishdan ham foydalanish 
mumkin  va  bu  «de-fakto»  tan  olish,  deyiladi.  U,  odatda,  yuridik  rasmi- 
yatchiliksiz  yarim  rasmiy  munosabatlarni  anglatadi.  M azkur  tan  olish 
ko'lam i  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  o'zgarib  turadi.
Xalqaro  huquqda  davlatlarni  tan  olishning  ikki  turi  bir-biridan  ular 
keltirib chiqaradigan  huquqiy oqibatlaming hajmi bilan farqlanadi. Agar 
de-fakto tan olish vaqtincha xususiyatga ega bo'lib, konsullik va ko'pincha 
savdo  aloqalarini  o'rnatishga  yo'l  ochsa,  de-yure  tan  olish  esa  doimiy 
xarakterga  ega  bo'lib,  o'zaro  diplomatik  aloqalar  o'rnatish  va  xalqaro 
shartnom alar  tuzishga  yo'l  ochadi.  Hozirgi  amaliyotda  tan  olishning 
de-fakto  turi  deyarli  uchramaydi.
Shuningdek,  ad  hoc  tan  olish,  ya’ni  muayyan  holatda  tan  olish  akti 
ham  mavjud.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish