Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  «Davlat  yurisdiksiyasi»  tushunchasi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3-§.  «Davlat  yurisdiksiyasi»  tushunchasi
Davlat  suverenitetini  ro'yobga  chiqarishda  yurisdiksiya  tushunchasi 
katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Davlat  yurisdiksiyasi  suverenitetning  nam o­
yon  bo'lishi  sifatida  davlat  hokimiyati,  uning  hajmi  (ko'lami)  va  faoli­
yat  sohasini  bildiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Davlat  yurisdiksiyasi  turli  mezonlarga ko'ra har xil  ko‘lam va shakl­
da amalga oshiriladi.  Odatda,  ko'lami bo'yicha davlat yurisdiksiyasi to'liq 
va cheklangan,  faoliyat sohasi bo'yicha hududiy va eksterritorial,  hokimi­
yat  mazmun-mohiyatiga  ko'ra  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 
yurisdiksiyalariga  bo'linadi.
Davlat  hududiy  ustunlik  ta ’siri  o'laroq,  o'z  hududi  doirasida  to'liq 
yurisdiksiyani  amalga  oshiradi.
Shaxsan  ustunlikning ta ’siri  natijasida  u  chet  eldagi  o 'z fuqarolariga 
nisbatan  cheklangan  yurisdiksiyani  amalga  oshiradi.  Bunda  mamlakat 
huquqi  ustunlik  kuchiga  ega  bo'ladi.  Xorijiy  davlat  mahalliy  huquq  ta- 
qiqlagan  xulq-atvorni  tayin  eta  olmaydi.
Xorijiy mamlakat  hududida davlat  o'z  hokimiyatining ayrim vakolat- 
larini  amalga  oshirishi  ham  mumkin.  Uning  organlari  chet  elda  davlat, 
uning  fuqarolari  va  tashkilotlari  manfaatlarini  himoya  etadi,  m a’lum  bir 
m e’yorda  ulaming  faoliyatini  nazorat  qiladi.  Diplomatik  vakolatxonalar 
va  konsullar tegishli  fuqarolar va  yuridik  shaxslar o'z  davlati qonunlariga 
amal  qilishini,  shuningdek,  ushbu  subyektlar  o'z  huquqlaridan  foydala- 
nishda  kamsitilmasligini  kuzatib  boradi,  xizmat  o'tilayotgan  mamlakat 
bilan  o'z  davlatlari  o'rtasidagi  xalqaro  shartnomalaming bajarilishini  na­
zorat  qiladi,  harbiy xizmatga majburlarning hisob-kitobini  yuritadi,  nizo- 
siz  yurisdiksiya  aktlarini  (fuqarolik  holati  aktlari,  notarial  harakatlar  va 
boshqalami)  amalga  oshiradi.  Jumladan,  1993-yildagi  MDH  mamlakat - 
larida fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam to'g'risidagi 
ko'p tomonlama konvensiyaning  12-moddasi 2-bandiga muvofiq, tomonlar 
«o'z  fuqarolarini  o'zlarining  diplomatik  vakolatxonalari  va  konsullik 
muassasalari  orqali  so'roq  qilish»  huquqiga  egadir.
D avlat  hu d udida  chet  el  qurolli  kuch larinin g  jo y lashtirilishi 
to'g'risidagi  bitimlar  ayniqsa  o'ziga  xos  ahamiyatga  ega  bo'lib,  bunda 
mamlakat  hududining  muayyan  qismida  xorijiy  davlat  yurisdiksiyasi 
deyarli  to'liq  ravishda  amal  qiladi.
O'zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksiga  chet  el  fuqarolari 
O'zbekiston  hududidan  tashqarida  sodir  etgan  jinoyatlari  uchun,  agar 
bu  jinoyatlar  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi,  jamiyati  yoki  davlat 
manfaatlariga  qarshi  qaratilgan  bo'lsa,  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi 
mumkinligini  ko'zda  tutuvchi  qoida  ham  kiritilgan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish