Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

birinchidan,
  so'zsiz  huquqiy  vorislik,  ya’ni  awalgi  davlatga  tegishli 
bo'lgan  barcha  huquq  va  majburiyatlarni  hech  qanday  shartlarsiz  o 'z 
zimmasiga  olish;
ikkinchidan,
  tabula  rasa  (toza  qog'oz)  prinsipi  bo'yicha  huquqiy 
vorislik,  ya’ni  awalgi  davlatga  tegishli  bo'lgan  barcha  huquq  va  maj- 
buriyatlami  to'laligicha  qaytadan  ko'rib  chiqish.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Odatda,  xalqaro-huquqiy  amaliyotda  h ar  ikki  usul  aralash  holda 
qo'llaniladi.
2 -§ .  Xalqaro  shartnomalar  bo‘yicha  huquqiy  vorislik
Huquqiy  vorislikning  mazkur sohasi  xalqaro  shartnom alar  hal  qilu­
vchi  ahamiyat  kasb  etadigan  davlatlararo  m unosabatlaming  barcha  ji- 
hatlariga  taalluqlidir.
1978-yildagi  Vena  konvensiyasida  aytilganidek,  huquqiy vorislik chega- 
ralar  va  ulaming  rejimini  o'matgan  xalqaro  shartnomalarga  daxl  qilmaydi. 
Bu  yangi  tashkil  topgan  davlat  huquqiy  vorislikni  qabul  qilayotgan  paytida 
chegaralar  va  ulaming  rejimlarini  awalgi  davlatda  qanday  bo'lgan  bo'lsa, 
shundayligicha tan olishga  majbur,  deganidir.  Agar uning chegaralar yuzasi­
dan  noroziligi  bo'lsa,  kelgusida  mazkur  sohaga  oid  xalqaro-huquqiy  qoi- 
dalaming barchasiga to'liq  amal  qilgan holdagina bu  masalaning ko'rib chi- 
qilishini talab etishi  mumkin.  Masalan,  sobiq  SSSR hududida yangi  musta­
qil  davlatlar  tashkil  topishi  jarayonida  ittifoqdosh  respublikalar  o'rtasidagi 
chegaralarni  qayta  ko'rib  chiqish  hollari  kuzatilmagan.
Davlatlar  biriashishi  holatida  ularga  tegishli  barcha  shartnom alar 
o'z  kuchida  qoladi,  amm o  ular  huquqiy  vorislikni  qabul  qilish  paytida 
qaysi  hududda  kuchda  bo'lgan  bo'lsa,  birlashgan  davlatning  o'sha  qis- 
midagina  qo'llaniladi.  Masalan,  Suriya  va  Misming  Birlashgan  Arab 
Respublikasiga  birlashishida  ushbu  qoida  BARning  1958-yildagi  Mu- 
vaqqat  konstitutsiyasida  quyidagicha  mustahkamlangandi:  «Bitimlar  va 
shartnom alar  ularni  ratifikatsiya  qilish  paytida  amal  qilishi  belgilangan 
mintaqaviy  doiralarda  o'z  kuchini  saqlab  qoladi».
Yuqoridagi  qoidalar  bir  davlatning  o 'z  subyektlik  huquqini  saqlab 
qolgan  boshqa  davlatga  qo'shilishi  holatiga  ham  tegishlidir.  Bu  borada
1990-yili Germaniya Demokratik  Respublikasining Germaniya Federativ 
Respublikasi  tarkibiga  kirishi  ayniqsa  m uhim   voqea  bo'lgandi.  Mazkur 
mamlakatlarning  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy  tizimlari  hamda  ularning 
xalqaro  majburiyatlari  bir-biridan  keskin  farq  qilar  edi.  Boshqa  man- 
faatdor  davlatlar bilan  kelishuvga  muvofiq,  quyidagi  qoida  qabul  qilin­
gan  edi:  G D R   shartnomalari  uning  sheriklari  bilan  birgalikda  ishti- 
rokchi  davlatlar  ishonchini,  m anfaatlarini,  G F R ning  shartnom aviy 
majburiyatlarini ta ’minlash nuqtayi nazaridan, shuningdek, Yevropa ham ­
jamiyati  vakolatlarini  hisobga  olgan  holda  (chunki  G D R   Hamjamiyat- 
ning  tarkibiy  qismiga  aylanishi  kerak  edi)  ko'rib  chiqilishi  zarur.  G F R  
shartnomalariga  kelganda,  ular o 'z  kuchida  qoldi  va  sobiq  G D R   hudu­
dida  ham  ta ’sir  kuchiga  ega  bo'ldi.  Ana  shu  qoidalar  1990-yilda  G D R 
va  G F R   o'rtasida  tuzilgan  yagona  G erm aniya  davlatini  barpo  etish 
to'g'risidagi  shartnom ada  qayd  etilgan.
Agar  davlatlar  bo'linishi  holatida  muayyan  bir  qismi  awalgi  davlat
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida  mavjud  bo ‘lib  tursa,  u  holda  ana  shu  qismning  shartnomaviy 
munosabatlarida  o'zgarishlar  yuz  bermaydi.  Ajralib  chiqqan  hududga 
bevosita daxldor bo'lgan shartnom alar bundan  mustasno.  Bular BMTga 
a ’zolikka  ham  tegishlidir.  Ajralib  chiqqan  hududda tashkil  topgan  dav­
lat  haqida to'xtaladigan bo'Isak,  bu boradagi amaliyot turlichadir.  1947- 
yilda  Hindiston  tarkibidan  Pokiston  ajralib  chiqqan.  Shu  munosabat 
bilan  BMT  Kotibiyati  m ana  bunday  nuqtayi  nazarni  ilgari  surgan: 
«Hindistonning  xalqaro  m aqom ida  o'zgarish  yuz  bermagan.  Ajralib 
chiqqan hudud  —  Pokiston yangi davlat  hisoblanadi;  u awalgi davlatning 
huquq  va  majburiyatlariga  egalik  qilmaydi».
Yugoslaviya  parchalanib  ketganidan  keyin  «Yugoslaviya»  nomini 
2003-yil  aprel  oyiga  qadar  ikki  respublika  —  Serbiya  va  Chemogoriya 
federatsiyasi  o'zida  saqlab  qolgan  edi.  M azkur  federatsiya  hududi  va 
aholisi  soni  sobiq Yugoslaviya  hududi  va aholisi  sonining  qariyb  yarmi- 
gagina  tengdir.  Belgrad  Yugoslaviyaning  BMTdagi  o'rnini  egallash  hu­
quqi  borligi  haqida  bayonot  bergan.  Bu  borada  BM T  Xavfsizlik  Ken- 
gashining  1992-yiI  30-maydagi  rezolyutsiyasida  aytiladiki,  «Yugoslaviya 
Federativ  Respublikasining  (Serbiya  va  Chem ogoriya)  sobiq  YUSFR- 
ning  BMTdagi  a ’zoligini  to'g'ridan  to'g'ri  davom  ettirishi  yuzasidan 
d a ’vosini  umum  qabul  qilmagan».
BMT  amaliyotida  davlat  ajralib  chiqqanida  uning  a ’zoligini  tiklash 
tajribasi  ham  m a’lum.  1961-yilda  Suriya  1958-yilda tashkil  topgan  Bir­
lashgan  Arab  Respublikasi  tarkibidan  ajralib  chiqqan  va  uning  BMTga 
a  zoligi  hech  qanday  qiyinchiliklarsiz  tiklangan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish