4-§. Davlat mulki bo'yicha huquqiy vorislik
1983-yiIdagi Vena konvensiyasi faqatgina awalgi davlatning davlat
mulkiga taalluqlidir. Huquqiy vorislik rejimi jismoniy va yuridik shaxslar
ning mol-mulkiga ta ’sir etmaydi. «Awalgi davlatning davlat mulki» d e
ganda, «awalgi davlatning ichki huquqiga binoan, huquqiy vorislik pay
tida unga tegishli hisoblangan m ol-mulk, huquq va manfaatlar» tush u
niladi (8-m odda).
Davlat mulkining aniq obyektlari tarkibi ichki huquq tom onidan
belgilanadi. Aksariyat hollarda, davlat mulkining negizi rasmiy m aqsad-
larda ishlatiladigan m ol-mulk, davlat binolari, aloqa vositalari, muzey-
lar, harbiy bazalar va boshqalardan tashkil topadi.
Sotsialistik davlatlarda davlat mulki ko'lam i ancha keng bo'lganini
kuzatish mumkin. Butun iqtisodiyot, moliya va boshqalar amalda dav
lat mulki hisoblangan. Shu bois huquqiy vorislik doirasi ham juda keng.
Ukrainaning 1990-yildagi Mustaqillik to'g'risidagi deklaratsiyasiga m u
vofiq, «Ukraina hududida tashkil topgan jami iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
salohiyat uning xalqiga tegishli mulk hisoblanadi». Shu yo'l bilan SSSR-
ning mulk huquqi haqidagi qonunlari bekor qilingan. Ukraina hududi-
dan tashqaridagi mol-mulkgina umumittifoqqa mansub bo'lib, um umiy
mulk sifatida tan olingan. Belorussiya SSR yemi, uning boyliklarini,
BSSR hududida joylashgan boshqa tabiiy zaxiralami xalq mulki, deb
e'lon qilgan. RSFSRning Davlat suvereniteti to'g'risidagi deklaratsiya-
sida xalqning Rossiya milliy boyliklariga nisbatan huquqi xususida so'z
borgan.
Huquqiy vorislik masalalari davlatlar birlashganda nisbatan oson
hal etiladi. Birlashayotgan davlatlar mulki birlashgan davlat ixtiyoriga
o'tadi. Vaziyat nisbatan murakkab bo'lgan holatlarda esa, Vena kon-
vensiyasidagi o'zaro bitim huquqiy vorislik muammosini hal etishning
asosiy vositasi sifatida ko'rsatiladi va bitim mavjud bo'lm agan hollar-
dagina uning o 'z qoidalari taklif etiladi.
Davlat hududiga tegishli qismning topshirilishida huquqiy vorislik
obyekti sanalgan awalgi davlatga qarashli ko'chmas mulk voris davlat
hisobiga o'tadi. Xuddi shunday toifadagi awalgi davlatga qarashli ko'char
mulk ham, agar u awalgi davlatning topshirilayotgan hudud faoliyatiga
aloqador bo'lgan bo'lsa, voris davlat hisobiga o'tadi (14-modda). B un
day ko'char m ulklar qatoriga tem ir yo'llam ing harakatdagi tarkiblari,
samolyotlar, avtomobillar va topshirilayotgan hududga bog'liq bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqa transport vositalari kiradi. Tegishli qurol-yarog‘lar ham ana shu
toifaga mansubdir.
Ushbu qoidalar quyidagi holatlarga nisbatan: hududning bir qismi
ajralib chiqib, alohida davlatni tashkil etganida, shuningdek, davlat
bo'linganida ham qo'llanilishi mumkin. Bunda m uam m olar maxsus
bitim lar orqali hal etiladi. Masalan, 1993-yilda SSSRning sobiq ittifoq
dosh respublikalari o'rtasida sobiq SSSR tem ir yo'llar vazirligiga qa
rashli yuk vagonlari va konteynerlaming inventar parklarini o'zaro taqsim-
lash ham da ulardan birgalikda foydalanish to'g'risida bitim imzolan-
gandi.
Davlat bo'linishi hollarida awalgi davlatning chet eldagi ko'char va
ko'chm as mulkiga nisbatan huquqiy vorislik masalasi yuzaga keladi.
Bunday mulk «adolatli ulushlarda» voris davlat hisobiga o'tadi (18-
m odda). Shuningdek, adolatli kompensatsiya imkoniyati ham nazarda
tutiladi.
M DH mamlakatlari 1992-yilning mart oyida sobiq SSSR shart
nom alari, davlat arxivlari, davlat mulki, qarzlari va aktivlariga nisbatan
huquqiy vorislik bo'yicha komissiya tuzgandi. 1992-yil iyulida sobiq
SSSRning chet eldagi barcha mol-mulkini taqsimlash haqidagi bitim
loyihasi ishlab chiqilgan va unda ana shu mulkning M DH davlatlaridan
har biriga taqsimlanishi ko'zda tutilgan foizlardagi ulushlar belgilangan
edi. Keyinchalik mazkur masala yuzasidan M DH barcha mamlakatlari
o'rtasida yagona bir bitimga erishish mumkin emasligi oydinlashdi va
Komissiya tarqatib yuborildi, SSSRning chet eldagi mulkiga nisbatan
huquqiy vorislik masalasi esa hal etilmay qoldi.
Rossiyaning chet eldagi mulkini huquqiy jihatdan ta ’minlash maqsa
dida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1993-yil 8-fevraldagi «Sobiq
SSSRning chet eldagi davlat mulki to'g'risida»gi farmoniga muvofiq,
Rossiya SSSRning davomchi davlati sifatida sobiq SSSRning chet elda
joylashgan ko'chmas va ko'char mulki yuzasidan barcha huquqlami,
shuningdek, mazkur mulkdan foydalanish bilan bog'liq barcha majburi
yatlarning bajarilishini o 'z zimmasiga olishi belgilangandi.
Bunday qarorga tezlikda munosabat bildirildi. Ukraina Tashqi ish
lar vazirligi o'z maqomini SSSR davomchisi sifatida belgilash borasi
dagi har qanday bir tom onlam a qarorlar xalqaro huquq normalariga zid
ekani va sobiq SSSR subyektlari hisoblangan boshqa davlatlar huquq
lari buzilishiga sabab bo'lishi haqida bayonot berdi.
Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, bu boradagi eng to'g'ri
yo'l vorislik huquqi to'g'risida har bir holatning alohida o'ziga xos ji-
hatlarini hisobga olish imkonini beradigan ikki tomonlam a bitimlar tuzi-
lishidir. Bunday bitimlarning ahamiyati Vorislik to'g'risidagi Vena kon-
vensiyasida alohida ta ’kidlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |