Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Davlat  qarzlari  bo'yicha  huquqiy  vorislik



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

6-§.  Davlat  qarzlari  bo'yicha  huquqiy  vorislik
1983-yildagi  Vena  konvensiyasi  faqat  awalgi  davlatning  boshqa  bir 
xalqaro  huquq  subyektiga  nisbatan  xalqaro  huquq  bo'yicha  yuzaga  kel­
gan  har  qanday  moliyaviy  majburiyatlariga  doir  davlat  qarzlarigagina 
tegishlidir.  Davlat  moliyaviy  majburiyatlarining  kattagina  qismi,  chet 
eldagi  ham da davlat  hududidagi jismoniy va  yuridik shaxslarga  nisbatan 
davlatning  qarzlari  uning  ta ’sir  doirasidan  tashqarida  qolgan.  Zero,  bu 
kabi  qarzlar  ham  huquqiy  vorislik  predmeti  sanaladi.
Sobiq  SSSRning  ichki  qarzlari  muammosini  hal  etish  asoslari  1992- 
yildagi  maxsus bitim da  belgilangandi.  Uning  ishtirokchilari  har birining 
hududidagi  SSSR jam g'arm a muassasalari balansi hisobida bo'lgan  qarzlar 
qoldig'iga  proportsional  m iqdorda  SSSR  qarzlarini  aholiga  to'lash 
bo'yicha o 'z  zimmalariga  majburiyat  oldilar.  Qarzlarning  qolgan  qismi­
ga  kelsak  (SSSR  Davlat  banki,  Davlat  sug'urtasi  va  boshqalar bo'yicha 
ichki  qarzlar), uni harbirishtirokchi  ishlab chiqargan  milliy daromadning 
tegishli  ulushi  va  ittifoq  budjetidan  foydalangan  sarmoya  qyilmalari 
m iqdoridan  kelib  chiqib,  o'zaro  taqsimlashga  qaror  qilingan.
Vena konvensiyasida umumiy prinsip sifatida ta ’kidlanganidek,  dav­
latlarning  bu  taxlit  huquqiy  vorisligi  kreditorlarning  majburiyatlari  hu ­
quqiga  daxl  qilmaydi  (36-modda).  Boshqacha  aytganda,  huquqiy  voris­
lik  alohida  hollami  istisno  etganda,  kredit  beruvchilaming  huquqlariga 
ziyon  yetkazmaydi.
Huquqiy  vorislikning  barcha  hollari  uchun  quyidagi  umumiy  qoida 
belgilangan:  awalgi davlatning qarzi voris davlatga adolatli ulushda o'tadi, 
ya’ni bu  ulush ana shu davlat  qarzi  munosabati bilan voris davlat  ixtiyo­
riga  o'tadigan  m ol-m ulk,  huquq  va  manfaatlami  hisobga  olgan  holda 
belgilanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sobiq  sovet  respublikalari  o'rtasida SSSR davlat  qarzlariga  nisbatan 
huquqiy  vorislik  yuzasidan  bir qator ko‘p  tom onlam a  va  ikki  tom onla­
ma  bitimlar tuzilgandi.  Ulardan  asosiysi  1991 -yildagi  SSSR tashqi  dav­
lat  qarzlari  va  aktivlariga  nisbatan  huquqiy  vorislik  haqidagi  ko‘p  to ­
monlama  shartnom a  bo'lib,  unda  «tashqi  davlat  qarzlari  va  aktivlari» 
tushunchasi  ochib  berilgan.  Ammo  ushbu  qarzni  proportsional  taqsim- 
lash  asosida  m uammoni  hal  etishning  imkoni  bo'lmagan.
M uammoning tartibga solinmagani xorijiy davlatlar va xalqaro tashki­
lotlar  bilan  moliyaviy  munosabatlaming  rivojlanishiga  salbiy  ta ’sir  qil­
gan.  Shu  bois,  Rossiya  1993-yilda  o'z  qarorini  taklif  etganki,  uning 
prinsiplari  zamirida  ikki  tomonlama  bitimlar  tuzish  g'oyasi  mujassam- 
lashgan edi.  Rossiya hukumatining  1993-yil  17-maydagi qarorida  ushbu 
prinsiplar  quyidagi  tartibda  bayon  etilgan.  Sobiq  Ittifoq  respublikalari- 
ning  qarzlari  1991-yildagi  shartnomani  imzolagan  davlatlarning  sonini 
hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Shu  m a’noda,  ishtirok  etmayotgan 
davlatlarning qarz bo'yicha ulushlari ishtirokchi davlatlar o'rtasida o'zaro 
taqsimlanadi.  Respublikalar  Rossiya  zimmasiga  ana  shu  davlatlar  qarz 
ulushlarini  to'lash  majburiyatini  yuklaydilar.  Kompensatsiya  sifatida 
respublikalar  sobiq  SSSR  aktividagi  o'z  ulushlarini  Rossiya  ixtiyoriga 
topshiradilar.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish